O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Baland tog‘larining o‘rta kenglik o‘simliklari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Baland tog‘larining o‘rta kenglik o‘simliklari 
Tog‘larga ko‘tarilib borilgan sari turli balandlik mintaqalaridagi 
o‘simliklar qoplami o‘zgarib boradigan tuproq va iqlimiy sharoitlari bilan 
bog‘liq xolda o‘zgaradi. Balandliklarning ettita mintaqa-lari mavjud. Ulardan 
faqat uchtasi subalp, alp va nival balandtog‘larga xos. Markaziy Evropadagi 
tog‘ mintaqasi uncha baland emas. Bu yerda qoraqayin, oqqayinli o‘rmonlar 
ustunlik qiladi. Ularning tarkibida qoraqayin (Fagus sylvatica) vaoqqayin 
(Acer alba), qoraqarag‘ay (Picea abies), zarang(Acer psendoplatanus), 
qayrag‘och (Ulmus glabra) ham ko‘p uchraydi. Balandtog‘ mintaqasiga yaqin 


98 
joylarda qarag‘ay va uning turlari shunga ko‘ra ninabargli o‘rmonlar keng 
tarqalgan. Bunday tashqari qarag‘aylarni maxsus o‘stirilgani tufayli uning 
tarqalish areali ham kengaygan. Tabiiyki, florasi jihatidan boy tog‘ o‘rmonlari 
ayrim vodiylarda saqlanib qolgan xolos. Tog‘ mintaqasining o‘rmonlar uchun 
deyarli chirimaydigan hazon va anchagina qalin uncha parchalanmagan ancha 
nordon muhitli gumus qavat xarakterli. Shu boisdan bunday o‘rmonlarning 
pastki qavatini florasi tarkibiga ko‘ra oz turlardan iborat. Ular orasida nordon 
muhitda o‘sishga moslashgan atsedofil turlar yoki zamburug‘lar bilan 
simbiozda 
bo‘ladigan 
Monesis 
uniflora, 
Hypopitus 
monotropa
vereskdoshlarning ko‘plab turlari tarqalgan. Alp va Karpat tog‘larida 
dominantlik qiladigan qoraqarag‘ay janubroqda va sharqda YUgoslaviya va 
Bolgariyagacha tarqalgan kavkaz tog‘larida oqqarag‘ay kavkazlik (Abies 
nordmannia) va oqqarag‘ay sharqlik (Picea orientalis) uchraydi. U bilan 
birga zarang sharqlik (Fagus orientalis) doimo birga tarqalgan. Bu erda 1400-
1900 m balandliklarda xali insonning salbiy ta’siriga duch kelmagan 
o‘rmonlar ham bor. Ular Teberdin qo‘riqxonasida boshqalaridan yaxshi 
saqlangan. Sayohatchilarni bu daraxtlarning ko‘rinishidagi qudrati va hayotiy 
kuchi doimo lol qoldiradi. Bo‘yi 50 metrlarga, tanasining ko‘ndalangi 80-120 
sm ga etadigan qarag‘aylar kam emas. Undan qoraqarag‘aylar xech 
qolishmaydi. Qalin ninabargli o‘rmonlarning pastki qavati yorug‘lik 
etishmasligi, nordon tuprog‘ining florasi turlarga boy emas. Bu erda 
Rhododendron luleumvaVaccinium arctostaphylosoz bo‘lsa ham uchraydi. 
Sernam daralarda soqolsimon ko‘rinishli lishaynik Usnea barbata epifit xolda 
keng tarqalgan. Toqqa ko‘tarilib borgan sari qoraqayin sharqlik kamayib 
boradi. Balandlik 1600 metrdan boshlab o‘rmonlarning tarkibiga yana bir tur 
zarang trautvetter (Acer trautvetter) qo‘shilib uning areali o‘rmonlarni 
tarqalish chegarasigacha boradi. 
Shimoliy 
Amerikaning 
sharqida, 
Appalachi 
tog‘larini 
shu 
balandliklarda ham qalin ninabargli o‘rmonlar o‘sadi. Ularga qarag‘ayni qizili 
(Picea rubra) xarakterli bo‘lib, kengyaproqli daraxtlar bilan uchraydi. Soyasiz 


99 
joylardagi nordon tuproqlar rododendron va boshqa doimoyashil boshqa buta 
o‘simliklar bilan band. Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi balandtog‘larda 
ninabargli daraxtlarning turlari ko‘p. Qoyali tog‘larning katta balandliklarida 
janubiy qismini 2800 va 3600, shimolida 1400 va 3200 m oraliqlarida 
o‘rmonlar qarag‘ayning Engelman turi oqqarag‘aydan (Abies lasiocarpa
iborat. Ularning ostida vereskdoshlarning turlari ayniqsa Vaccinium turkumi 
o‘simliklari o‘sadi. Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi o‘rmonlarda uning 
shimoliy chegaralariga etadigan joylarida qarag‘ayning (Pinus aristata
ayrimlarini yoshi 4900 yildan ko‘proq bo‘lib u kurrai zaminimizdagi eng 
umrboqiy o‘simliklardan biri hisoblanadi. 
Ximoloyning shimoliy-g‘arbida o‘rta kengliklar deb hisoblanadigan 
2000-3400 m balandliklardagi vodiylarning shimoliy yonbag‘irliklarida ham 
namli ninabargli o‘rmonlar uchraydi. Juda baland bo‘yli qarag‘ay Roksburg 
(Pinus roxburghii)va ximoloylik veymut (P.excelsa) bilan birga sarvqomat 
zarnab Ximoloylik (Cedrus deodara) uchraydi. Bu o‘rmonlarning chegarasini 
oqqarag‘ay ximoloylik (Abies spectabilis) belgilaydi. Balandlik dengiz 
sathidan3400-3800 metrlarda o‘rmonning tarkibi oqqayinlar (Betula utilis
bilan almashadi. Bu ham balandlik ko‘tarila borgan sari tol, archali (Juniperus 
nanavaJ.squamata)butalar bilan almashadi. Janubiy yonbag‘irliklarda 
o‘rmonlar yo‘q. Bu erlarda sahro va chalasahro o‘simliklar jamoasiga shuvoq 
(Artemisia) mansub. 
Biz qisqacha ta’riflagan tog‘lardagi ermonli balandlik mintaqa oxirgisi. 
Uning chegarasi o‘rmonlarning tarqalish chegarasi bilan mos keladi. Bu 
yerdan Alp mintaqasi boshlanadi. Bu chegara boreal mintaqadagi tayga va 
tundra chegarasiga mos keladi. Bir kunlik o‘rtacha harorat 10
0
S dan kam 
bo‘lmaydi, bir yilda 3 oydan kam davom etmaydi. Bu esa mazkur joylarda 
daraxtlarni alohida xolida va o‘rmon ko‘rinishida bo‘lishi uchun imkon 
beradi. Vegetatsiya davri qisqaligidan yangi hosil bo‘layotgan nina 
ko‘rinishidagi barg to‘la faoliyatda bo‘laolmaydi u qurib qoladi, noqulay 
sharoit omillariga bardosh beraolmaydi. Bu hududdagi oqqarag‘ay -40
0



100 
haroratda ham zarar ko‘rmay chidayoladi. O‘rmonlarning mavjudligi faqat 
iqlimiy omillar bilangina emas balandtog‘larning relefi bilan ham belgilanadi. 
Mana shu joylarda o‘rmonlarning tarqalish chegarasi o‘tadi. O‘rmonlarning 
tarqalish chegarasiga odamlarning aralashuvini ham doimo esda tutish lozim. 
Balandtog‘lardagi o‘rmonlarning chegaralari turli balandliklardan o‘tadi alp 
tog‘larida 1650-2300 m Alpning shimolida sernam va salqinroqlarida pastroq, 
quruq va iliq Markaziy Alpda yuqoriroqdan o‘tadi. Karpatning g‘arbida 
o‘rmonlarning tarqalish chegarasi 1500 metrda joylashgan. Alpning 
Transilvaniyasida, ya’ni Karpatdan pastroqda bu chegara 1800 metrlarga 
ko‘tariladi. Kavkaz tog‘larining sharqida Kaspiy dengiz yaqinida bu chegara 
2400 m balandlikka to‘g‘ri keladi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling