O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Qo'ng'ir suvo'tlar. 
1-lessoniya, Б-barmoqsimon 
laminariya, B-shirin 
laminariya, Г-makrosista. 
Suv o‘tlaridan olingan Algin preparati yengil ich yumshatuvchi ta’siriga 
ega(Alginat natriy). Sariq suv o‘tlarini qoldiqlarini "trepel" deb ataladi. Bu 
modda dinamit tayyorlashda va binokorlikda toshlarni pardozlashda 
ishlatiladi. Shuning uchun uzoq vaqt chirimaydi. Ko‘k-yashil suv o‘tlarining 
ba’zi turlari havodagi N
2
ni yutish xususiyatiga ega. Ular xavodagi N
2
ni 
yutib, yerni N li birikma bilan boyitadi. Ko‘k-yashil suv o‘tlari, yashil suv 
o‘tlari, sariq suv o‘tlari dengizlarda organik cho‘kmalar xosil qiladi. Bu 
organik cho‘kmalarni SAPROPEL deyiladi. Sapropel oziq modda va o‘g‘it 
sifatida katta ahamiyatga egadir. Suv o‘tlarining ba’zi birlaridan xlorella deb 
atalgan antibiotik dori olinadi. Xlorella oshqozon kasali, singa, buqoq, 
gipertoniya kasaliklariga davo. Sporaning xipchini bo‘lmaydi, xarakatsiz, 
zoosporaniki xarakatchan bo‘ladi. 
2. Mavzu: O`simliklarning hilma hilliklari. Zamburug`lar. 
Zamburug‘lar yer yuzida juda ko‘p tarqalgan o‘simlik bo‘lib hozirgi kunda 
70.000 xil turi ma’lum. Zamburug‘lar asosan quruqlikda, ba’zilari esa suvda 
yashaydi. Zamburug‘lar oziqlanishi jixatidan geterotrof organizmdir. 
Geteratrof oziqlanish o‘z galida 2 ga bo‘linadi. 
1.Parazit xolda ovqatlanish 
2.Saprofit xolda ovqatlanish 
Parazit xolda ovqatlanish tirik oganizm xisobiga, saprofit xolda 
oziqlanish o‘lik organizm xisobiga bo‘ladi. Zamburug‘larda xlorofil 
donachasi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘zlariga o‘zi ovqat tayyorlay
olmaydi. Zamburug‘larning tanasi GIF deb ataladi. Giflar bir xujayrali yoki 
ko‘p xujayrali tarmoqlashgan yoki tarmoqlanmagan bo‘ladi. Giflarning eni 1-
15 mm,bo‘yi esa bir necha metrgacha bo‘lishi mumkin. Giflar asosan 
monopodial, qisman simpodial o‘sadi. Giflarning xujayra po‘sti xitin
moddasidan tuzilgan. Xujayralari 1 ta yadroli yoki ko‘p yadroli bo‘ladi. 
Xujayrada oziqli modda sifatida glikogen va yog‘ tomchilari to‘planadi. 
Giflarning yig‘indisi mitselliy deb yuritiladi. Zamburug‘larning tanasi yoki 
mitseliyasi ochiq yoki yopiq yerda taraqqiy etadi. Ochiq yerda taraqqiy etsa, 
ekzogen, yopiq joylarda taraqqiy etsa endogen deyiladi. Zamburug‘larda 
qoplovchi, o‘tkazuvchi to‘qimalari bo‘lmaydi. Ularda faqat chiqaruvchi 
to‘qima, ba’zilarida sutli naylar bo‘ladi. Chiqaruvchi to‘qimada oshlovchi 


117 
modda-dubil, hamda smolaga o‘xshash modda chiqarilib turadi. Sutli 
naylarida zaharli modda-alkaloidlar va boshqa moddalarni uchratish 
mumkin. Zamburug‘lar 1 yillik, 2 yillik, hamda ko‘p yillik bo‘ladi. 
Zamburug‘larning ko‘pchiligi 2 yillikdir. 
Zamburug‘lar 3 xil yo‘lda ko‘payadi: 
1.vegetativ 
2.jinssiz 
3.jinsiy 
Vegetativ ko‘payishi Oidio kurtaklanib va Xlamdosporalar yordamida 
bo‘ladi. Ba’zi bir zamburug‘larda vegetativ ko‘payishda kurtaklanib 
ko‘payadi. Bunga achitqi zamburug‘ini misol qilish mumkin. 
Jinssiz ko‘payish sporalar yoki zoosporalar yordamida bo‘ladi. Suvda 
yashaydigan zamburug‘lar zoospora tuzib ko‘paya-di. Quruqlikda 
yashaydiganlari esa, spora xosil qilib ko‘payadi. Sporalari nixoyatda 
mayda,quruq va ko‘p miqdorida tayyorlanadi. Mas: SHAMPINION deb 
atalgan zamburug‘ 2 sutkada 2 mlrd. spora hosil qiladi. Yong‘oqning tanasida 
uchraydigan Pukok parazit zamburug‘ida 1 yilda 10 mlrd spora tayyorlanadi.
Jinsli urchishi 2 xil usulda bo‘ladi: 
a) Oogamiya 
b) Konyugatsiya 
Yuqori murakkab tuzilgan zamburug‘larning jinsiy urchishi bir oz
soddalashgan bo‘ladi. Ularda fiziologik jixatidan har xil bo‘lgan 2 ta (xujayra) 
sporalar qo‘shilib ko‘payadi. Bu sporalarni bipolyar sporalar,ya’ni 2 qutbli 
sporalar deyiladi. Bittasi "---", 2-si "+" qutbli bo‘ladi. Zamburug‘-lari tipi 
5 sinfga bo‘linadi. 
1.Qadimgi zamburug‘lar- Archimycetes 
2.Suv o‘tlariga o‘xshash zamburug‘lar- Phycomycetes 
3.Xaltachali zamburug‘lar- Ascomycetes 
4.Murakkab bazidial zamburug‘lar- Basidiomycetes 
5.Aniqlanmagan zamburug‘lar- Fungi imperfect. 
Zamburug‘larni ba’zi birlari mas: qo‘ziqorinlar oqsil va N li moddalarga 
boy bo‘ladi. Shuning uchun odamlar tomonidan ular iste’mol qilinadi: 
Shamshinon, Smorchok, Djodevik, Belыy grib va boshqalar. Zamburug‘lar 
qishloq xo‘jaligida ham ahamiyatga ega. O‘simliklar ildizida miko-rizalar 
bo‘ladi. Grekcha: miks-ildiz, ridza-zamb. Zamburug‘lar ildizning tashqi 
tomonida joylashgan bo‘lsa ektotrof, il-dizining ichki organlarida joylashgan 
bo‘lsa, endotrof mikoriza deyiladi. Mikorizalarning ahamiyatini 1881 yil-da 
rus olimi Kamenskiy aniqlagan. Mikorizalar o‘simlik-lar ildizini vitaminlar 
bilan, mas: V
1
bilan ta’minlab turadi. V
1
vitamin o‘simlik ildizining o‘sishiga 
yordam beradi. Mikorizalar erimaydigan moddalarni eriydigan xolga 
keltiradi. Ularning ba’zi birlari xavodagi erkin N ni yutish xususiyatiga ega. 
Shu bilan o‘simlikni azot bilan ta’minlab, yerni N bilan boyitadi. 
Zamburug‘larning sanoatda ahamiyati kattadir. Mas: achitqi zamburug‘i 
Sacsharomycetes glukozani etil spirtiga aylantiriladi. Zamburug‘larning 
meditsinada ham ahamiyati kattadir. Mas: shoxkuya (qora mug‘) Claviceps 


118 
purpurea - Sporgniya. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling