O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
А-yopishqoq lishaynik,
Б-bargsimon lishaynik, В,Г,Д-butasimon lishaynik, E- lishaynikning ichki tuzilishi, Ж-sorediya. Ko‘pikka va bargga o‘xshash lishayniklar toshga, daraxtlarning po‘stlog‘iga yoki biror narsaga yopishgan xolda gorizontal o‘sadi. Shoxlanib 120 o‘sadigan lishaynik esa, vertikal o‘sadi. Lishayniklarning anatomiyasi ham 2 xil tipda bo‘ladi. Lishayniklar tanasining tashqi tomonini zamburug‘ giflari o‘rab olgan. Ichki tomonida suv o‘ti xujayralari joylashgan bo‘ladi: Lishayniklarning tanasining ma’lum bir joyida suv o‘ti xujayralari bo‘lsa, suv o‘ti qavatini gonidiya qabat deyiladi. Lishaynikning o‘zini geteromer deyiladi. Lishaynikda suv o‘t xujayralari tarqoq xolda joylashgan bo‘lsa, gomeomer deyiladi. Lishayniklar 3 xil yo‘lda ko‘payadi: a) VEGETATIV b) JINSSIZ v) JINSLI Vegetaiv ko‘payishda tanasi bo‘linib ko‘payadi yoki tanasida o‘simtalar xosil bo‘ladi. Sordiya - bu koptoksimon (tugunsi-mon) bo‘lib suv o‘tlarini zamburug‘lar o‘rab oladi. (1 ta yoki 2 ta suv o‘tlarini).Sordiya yetilgandan keyin lishaynikni tanasi bosim ta’sirida yoriladi va sordiya shamol yordamida uchib ketadi va qulay sharoitda nam yerda o‘sib, ko‘payadi. Izidiya-lishaynik tanasida yonidan o‘sib chiqan o‘simlik bo‘lib, shuni yordamida uzilib qulay yerga tushib ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida bo‘ladi. Zamburug‘ bilan suv o‘ti birgalikda sordiya yoki izidiya hosil qilib ko‘payishi mumkin. Sordiya suv o‘ti xujayrasi bilan zamburug‘ giflari. Suv o‘ti qaysi suv o‘tidan tashkil topgan bo‘lsa, shu bo‘yicha ko‘payadi. Zamburug‘lar ham shunday. Ikkalasi ham o‘z xolicha ko‘payadi. Lishayniklarning ba’zi birlari odamlar tomonidan ovqatga ishlatiladi. Mas: Islandiya li-shaynigi. Ba’zi lishayniklardan lakmus bo‘yoq olinadi. Tundrada o‘suvchi lishaynik bug‘ular uchun ovqat. Lishayniklar juda sekin o‘sadi. Mas: Tundrada o‘suvchi lishayniklar 1 yilda 3,5 sm o‘sishi mumkin. Ba’zi bir lishayniklardan efir moyi olinadi. Ba’zi bir lishayniklar zaharli bo‘lgani uchun ovchilar bo‘rilarni zaharlash uchun ishlatadilar. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling