O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Yozgi yashil bargli o‘rmonlardan keyingi o‘simliklarning jamoalari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Yozgi yashil bargli o‘rmonlardan keyingi o‘simliklarning jamoalari 
Markaziy Yevropaning katta maydonlarini o‘simliklar qoplami asl 
fitotsenozlar bilan qoplangan. Bu jarayon ko‘p asrlar davomida kishilarni 
tabiiy muhitga ta’siri tufayli yuzaga kelgan. O‘rmonsiz, faqat o‘tlar bilan 
qoplangan maydonlar aynan shunday o‘simliklar jamoalaridan iborat. 
Quruq va mo‘tadil quruq o‘tloqlar shunday jamoalardan biri. 
Bunday jamoalar yuzlab yillar davomida odamlarni bunday hududlarda qo‘y 
boqishi tufayli yuzaga kelgan. O‘rtayer dengizoldi quruq va mo‘tadil quruq 
issiqsevar, sovuqqa yo‘q va florasining tarkibi juda boy o‘simliklarning 
jamoalari tuprog‘i o‘rtacha unumdorli joylarda tarqalgan. Bunday 
o‘tloqzorlarda taroqbosh (Bromur erectus), ko‘kgulli marmarak (Salvia 
pratensis), tekinxo‘r-chirmoviq (Orobancha), pulsatilla (Pulsatilla vulgaris), 
globulariya 
(Globularia
tarqalgan. 
Mo‘tadil quruq o‘tloqzorlarda 
taroqboshlar bilan birga O‘rtaer dengizoldida keng tarqalganlarning orasida 
orxidlar ham o‘sadi. Bu joylar ularning shimoliy chegaralari bo‘lib, qishning 
sovug‘ida ko‘pchiligi qurib qoladi. Ular orasida orfis (Orphys), 
gimantoglossum 
(Hymantoglossum 
hircinum), 
solab 
(Orchis
turkumidanO.purpurea, O.militarisvaO.tridentata) keng tarqalgan. Janubiy-
g‘arbdagina O.simia o‘sadi. Kontinental quruq yoki cho‘llashgan o‘tloqlar 
Markaziy Evropagacha boradi. Bu issiqsevar sovuq, quruq qishga chidamli 
o‘simliklarning jamoalari unumdor qora tuproqlarda tarqalgan. Bu jamoalar 
uchun juda chiroyli ko‘rinishli kovullar (Stipa joannis, S.stenophyllava 
boshqalar), sariq gulli g‘ozpanja (Potentella arenaria), galatella (Galatella 
linosyris), sigirquyruq (Verbascum phoeniceum) xos. Soyabonguldoshlar 
oilasidan ko‘kgul (Eryngium compestre) qurigan sharsimon tanasini shamol 
yumalatib ketishidan ruslar “perekatipole” deb atashadigani ko‘p o‘sadi. 
Bahorda bu quruq o‘tloqlar gulizardakning (Adonis vernalis) va pulsatillaning 


86 
(Pulsatilla pratensis) gullari bilan bezanadi. Quruq o‘tloqlarda tarqalgan 
ko‘pchilik o‘t o‘simliklarning ildizlari ancha chuqurga kirib boradi. Masalan, 
astragalning (Astragalus exscapus) va seseli (Seseli hippomarathrum) ildizlari 
bir yarim metr chuqurliklargacha boradi. Bir yillik o‘simliklarning hammasi 
yozni boshlariga kelib quriydi, qurg‘oqchilik davrida ularning urug‘lari qoladi 
xolos. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling