O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Avstraliya viloyat qattiq bargli o‘simliklari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Avstraliya viloyat qattiq bargli o‘simliklari 
Qishi yomg‘irli o‘tadigan hududlar Avstraliyada ham bor, u 
Adeloidadan janubi-g‘arbiy va janubida. Bu hudud juda qadimda 
ajralganligidan o‘ziga xos flora shakllangan. Uni Kap viloyati florasi bilan 
 
 


71 
restionlar va proteylar orqali yaqinligi ham bor. Bu hududning hamma 
joylarida daraxtlar avvalo evkalipt (Eucalypts) turkumining turlari keng 
tarqalgan. Proteylar esa butalardan iborat qavatni tashkil qiladi. 
Liliyadoshlardan 
Xanthorrhoeaturkumining 
o‘simliklari, 
ochiqurug‘li 
o‘simliklardan Macrozamia va arqonsimon to‘qilganday ko‘rinishli o‘tsimon 
daraxtlarda kauzarinlar (Causarinia) keng tarqalgan. Tuproqlari Kap 
viloyatidagi kabi nordon, iqlimi o‘xshash. Bu hudud sarhadi bo‘ylab 
qattiqbargli o‘simliklarning materikni ichki qismidan aniq farqlash qiyin zero, 
hamma joyda evkaliptlarning turlari keng tarqalgan. Avstraliyaning 
qattiqbargli o‘simliklari tarqalgan viloyatning iqlimi O‘rtaer dengiz iqlimiga 
to‘la mos keladi. Bu hududlar “yarra” o‘rmonlari bilan egallangan, unda 
bo‘yi 20 metrdan oshmaydigan evkalipt (Eucalyptus marginata) asosini 
tashkil etgan. Namli janubiy hududlarda aksincha “Karrao‘rmonlari” ning 
asosiysini bo‘yi 85 metrlargacha etadigan turli bargli evkalipt (Eucalyptus 
diversicola) tashkil etadi. ancha qurg‘oq “Vanduo‘rmonlari” tarkibida ikki 
ilmoqli evkalipt (E. redunca) bo‘lib, materikning ichki qismidagi sklerofill 
jamoalarga tutashadi. Bu o‘rmonlar hozir ayrim joylardagina “qo‘l 
tegmaganday” saqlanib qolgan xolos. Bu hududda juda katta maydonlar 
tashlandiq xolda bo‘lib ular proteydoshlar oilasiga mansub bo‘yi 1 metrdan 
oshmaydigan o‘simliklar bilan qoplangan, hasharotxo‘r o‘simliklar ham keng 
tarqalgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling