O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Hokim a’zoning ifodalanishiga ko’ra SBning turlari
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’lli birikma
Hokim a’zoning ifodalanishiga ko’ra SBning turlari. SB o’z tarkibidagi hokim a’zoning qaysi so’z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko’rinishlarga ega bo’ladi.
Ismli birikmada hokim a’zo ot, sifat, son, olmosh turkumidan ifodalanadi: keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), odamlarning biri (son), o’quvchilarning hammasi (olmosh). Fe’lli birikmada hokim a’zo fe’ldan bo’ladi: vazifani bajarmoq, tez o’qish, uyalgani uyalgan. SB va sintagma. Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari nutq jarayonida qisqa to’xtam bilan ajraladi. Bunday parchalar sintagma deyiladi. Masalan: A’lochi o’quvchilar barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdilar gapi uchta sintagmaga bo’linadi: 1)a’lochi o’quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat bilan topshirdilar. Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisqa to’xtamdan so’ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan kattaroq pauza bilan ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar undan kichikroq bo’ladi. Sintagma – grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik butunlik. Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo’lishi mumkin. Sintagma ba’zan bir so’zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha so’zli bo’lganda, ko’pincha, yetakchi va unga tobe so’zdan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim-tobelik SBdagi hokim-tobelik munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim so’z keyingi sintagma uchun tobe bo’lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi a’lochi o’quvchilar sintagmasidagi hokim a’zo (o’quvchilar) barcha so’ziga ga tobe bo’lolmaydi. Lekin SBning tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar so’ziga tobelanadi. Sintagma SBga teng bo’lishi ham mumkin. Bunda SBdagi yonma-yon kelgan tobe va hokim a’zolar sintagma hosil qila oladi: a’lochi o’quvchilar birikuvi ham SB, ham sintagma. O’quvchilar topshirdilar birikmasi erkin birikuv bo’lsa-da, sintagma emas, chunki a’zolari bir pauza bilan birlashtirilmagan. Sintagmaning SBdan farqli yana bir xususiyati shuki, uning unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin SBning uzvlari orasida nutqda bu SBga daxldor bo’lmagan boshqa SB uzvlari joylashgan bo’lishi mumkin: kitobni kecha o’qidim gapidagi kitobni o’qimoq SB orasida unga daxli bo’lmagan kecha so’zi joylashgan. Sintagmalanishning o’ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-yon kelgan aniqlovchi va aniqlanmish, to’ldiruvchi va to’ldirilmish, hol va hollanmish bir sintagmani hosil qiladi. So’zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo’lishda muhim rolь o’ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo’lib, har bir so’zlovchi bir gapni turlicha sintagmaga bo’lishi mumkin. Masalan: Halim shofyor akamning o’rtog’i gapini quyidagicha sintagmalash va uni turlicha tushunish mumkin; 1.Halim – shofyor akamning o’rtog’i. 2.Halim shofyor – akamning o’rtog’i. Demak, gapning lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBning qaysi SB LSQi hosilasi ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling