O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet15/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

Ma’noviy omil deganda so’zlarning bog’lanishi uchun muhim sanalgan lug’aviy ma’nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi. Lug’aviy ma’no ayon bo’lib, so’zning grammatik ma’noviy xususiyatiga bir oz sharh berish lozim. So’zlarning muayyan turkumga xosligi keng ko’lamli tushuncha, mustaqil so’z turkumlari doirasida narsa-predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe’l), holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumlik ma’nolarini qamrab oladi. Bu ma’nolar so’z turkumi (masalan, ot), uning ichki bo’linishlari (masalan, modda-ma’dan oti, o’rin-joy oti kabi) bilan bog’liq. SHuning uchun tosh ko’prik birikmasida (tosh) so’zining ot turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi, (ko’prik) so’zining ma’lum bir harakatning mahsuli bo’lmish predmetni ifodalashi, so’rida yotmoq birikmasida esa (so’ri) so’zining joy nomini atab kelishi, (yotmoq) fe’lining o’timsizligi kabilar ma’noviy omilni tashkil etadi.
SHakliy omil deganda so’zlarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari tushuniladi. Morfologik shakl birikmadagi qaysi a’zoni shakllantirishiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1) tobega xos (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko’rsatkichi va ko’makchi);
2) hokimga xos (egalik, nisbat, kesimlik ko’rsatkichi).
Joylashuv omili so’zlarning erkin joylashuvi (1) va birikma tarkibida jipslashuvidan (2) iborat.
O’zbek tilining me’yoriy nutqida tartib qat’iy, tobe a’zo oldin, hokim keyin keladi. Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a’zoni bir-biridan ajratish, «uzish», ular orasiga boshqa bo’laklarni kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda tutiladi. Masalan, kecha kelmoq, kitobni o’qimoq, shahrimizning ko’chalari kabi SBda erkin joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va hokim a’zoni bir-biridan ajratish, «uzish» (Kecha uyga keldi, kitobni tez o’qidi, shahrimizning keng ko’chalari), hatto teskari joylashtirish (kelmoq kecha, ko’chalari shahrimizning) mumkin. Jipslashuv deganda tobe va hokim a’zoni bir-biridan «uzish» mumkin emasligi tushuniladi. Bunga tosh ko’prik, oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o’qimoq birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko’prik birikmasidagi so’zlarning o’rni almashtirilsa, birikma mohiyati o’zgarib ketadi: Ko’prik – tosh. Demak, bu so’zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustuvor ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa kuchliligini bildiradi.
Har qanday SBda so’zning mavjud imkoniyati yuzaga chiqadi. Bunda har bir a’zodagi mazkur (M, J, SH) omillar o’zaro va boshqa a’zodagi shunday omillar bilan muvofiqlashadi. So’zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omilning kuchsizlanishi evaziga sodir bo’ladi. Buni uchburchak burchaklariga qiyoslash mumkin. Uchburchak burchaklarining yig’indisi 180 gradusga teng. Bir burchak kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy yig’indisi 180 gradusga teng bo’lib turaveradi. Xuddi shuningdek, tobe yoki hokim so’zdagi bir omil kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo’ladi. CHunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to’la voqelanishiga yo’l qo’ymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: [SHMJ+SHMJ]. CHunki har ikki a’zo ham - biriktiruvchi-tobe a’zo tobega xos, hokim a’zo hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim va tobeligini ana shu shakllar ko’rsatib turibdi. SHuning uchun har ikkala a’zoda ham shakliy omil ustuvor. Birikma a’zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), teskari joylashtirish (egasi uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta’sir qilmaydi. Bu esa joylashuv omilining o’ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma’noviy omil esa shakliy va joylashuv omillari oralig’ida bo’ladi. shoshilib gapirmoq birikmasidagi a’zolarning birikuv omillari quyidagicha: [SHMJ-MSHJ]. Birinchi uzvda shakliy omilning oldingi o’ringa chiqishi uning ravishdosh shaklidaligi sababli. Ravishdosh shakli shoshilib so’zshaklining tobeligini ta’minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a’zoda ham oxirgi o’ringa o’tishi esa tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning mavjudligi. Ikkinchi a’zo (o’qimoq) da ma’noviy omilning kuchayishi uning hokimlik grammatik shakliga ega emasligi va joylashuv omilining kuchsizligi evaziga. Mart oyi birikmasidagi a’zolarning birikuv omillari munosabati esa quyidagicha: JMSH+SHMJ. SB a’zolarida ma’noviy omilning oxirgi o’ringa o’tishi mumkin emas. CHunki SB uchun dastlabki talab – a’zolarning ma’noviy muvofiqligi.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling