O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


-MAVZU:GAP VA UNING QURILISH TURLARI


Download 329.72 Kb.
bet21/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

3-MAVZU:GAP VA UNING QURILISH TURLARI.
Reja:

  1. Sodda gap va uning lisoniy va nutqiy xususiyatlari.

  2. Sodda gap qolipi va uning turlari.

  3. Gap bo’laklari. Gap bo’laklarida darajalanish.

  4. Gap markazi. Gap va so’z kengaytiruvchilari.

  5. Sodda gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.

  6. Sodda gapning lisoniy belgilar asosidagi turlari: yig’iq va yoyiq gap, bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gap. Sodda gap qoliplari.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondaShuv, muammoli ta’lim, klaster, pinbord, aqliy hujum.

Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iborat. Bu esa gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo’ladi.


Gap – kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko’rinishi. U so’zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi.
Kishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchaning shakli sanalgan so’z va so’z birikmalaridan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari – so’z (ibora ham), grammatik shakl va so’z birikmalari.
Tilning asosiy vazifasi – kishilar muloqotida vosita bo’lib xizmat qilish. Axborot uzatish va qabul qilish vositasi bo’lish – tilning kommunikativ mohiyati.
Kommunikatsiya jarayoni uchun jamoa zarur. Aniqrog’i, muayyan tilda axborot uzatish va qabul qilish shu tilda so’zlashish malakasiga ega kishilarni taqozo qiladi. Bu esa kommunikatsiya jarayonining ijtimoiy tabiatliligidan dalolat beradi.
Gap sintaktik yaxlitlik, bu uning grammatik shakllanganligi, tarkibiy uzvlari bir butunlik holiga kelganligi bilan izohlanadi. Demak, gapda bir necha jihat birlashgan bo’ladi. Birinchi jihat gapning moddiy qobig’i, bu uni tashkil etuvchi so’z va grammatik shakllar. Masalan, aksariyat gapda kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi (kesim) ning bo’lishi shart. Ikkinchi jihat ana shu moddiy qobiqqa singdirilgan aqliy mahsul – fikr – axborot. Uchinchi jihat esa so’zlovchining voqelikka munosabati, nutq vaziyati. Bu uch jihat nutqda uchlikni – sintaktika, semantika va pragmatika birligini tashkil etadi.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling