O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet26/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

O’qi

Di

k

Kitobni

kecha



Biz

Bu

Demak, gapning kesimi tarkibidagi kesimlik qo’shimchalariga tobelangan kecha (hol) va biz (ega) so’zlari – gap kengaytiruvchilari. Biroq o’qidik kesimining lug’aviy ma’no anglatuvchi qismi bo’lgan o’qi so’zi istalgan boshqa fe’l (yoz, chiz, ol, ber) bilan almashtirilib, [-dik] qismi saqlab qolinsa, biz so’ziega, kecha so’zi hol vazifasida qolaveradi.
Demak, kesimlik kategoriyasi gapning markazini shakllantiruvchi asosiy vosita bo’lganligi sababli, yuqorida keltirilgan gapdagi ega gapning sintaktik qurilishiga bevosita aloqador qism – gap kengaytiruvchisi deb baholanishi kerak. Eganing mavjudligi kesim vazifasida kelgan so’zning ma’nosi bilan emas, balki kesimlik grammatik shaklining, jumladan, uning tarkibidagi shaxs-son ma’nosi bilan bog’liq. Ko’rinadiki, ega kesimlik kategoriyasi tarkibiga kiruvchi shaxs ma’nosini o’zida muayyanlashtiradi.
Darslik va qo’llanmalarda eganing shu gap tarkibidagi boshqa bir so’zga ergashib so’z birikmasi tuza olmasligi (masalan, yuqoridagi gapda biz o’qidik hosilasi so’z birikmasini emas, balki gapni berishi) ta’kidlanadi. Xuddi shuningdek, men o’qituvchiman gapida ham men olmoshi o’qituvchi so’zi bilan so’z kengaytiruvchisi sifatida birikib so’z birikmasi tuza olmaydi. Mening o’qituvchim so’z birikmasida esa boshqacha holatni kuzatamiz, ya’ni bu yerda so’z birikmasi grammatik shakl – egalik qo’shimchasi [-im] ning sintaktik qobiliyati asosida yuzaga keladi va o’qituvchi so’zining semantik valentligiga aloqador emas.
Gap kengaytiruvchisi sifatida ega gapning kesimlik qo’shimchalari tarkibidagi shaxs-son, hol esa zamon, modallik, tasdiq-inkor shakllari bilan bog’lanadi.
Gap kengaytiruvchilari faqat kesimga tobelanadi va uning boshqa bir so’zga tobelanishi kuzatilmaydi. Bu bilan u sintaktik qurilmadagi barcha tobe birliklarning umumiy – faqat bir so’zga tobelanish, lekin birdan ortiq so’zga hokim mavqeida bo’la olish qonuniyatini (xususiyatini) namoyon qiladi.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling