O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet48/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

Kiritma qurilma. Kiritma qurilma gap holatida bo’lib, nutqda gapdan anglashilayotgan fikrga qo’shimcha tariqasidagi yangi fikrni bayon etish vositasi. Kiritma kirish gapdan o’zining gaplik mohiyatiga to’la egaligi (kirish gap garchi shaklan gap tarzida bo’lsa-da, ko’proq kirish so’z tabiatiga ega bo’ladi), asosiy gap bilan mazmuniy bog’liklikning o’ziga xosligi bilan ajralib turadi: Buvamga (hamma band bo’lganligi uchun) men qarashib turadigan bo’ldim. Bu gapdagi hamma band bo’lganligi uchun qurilmasi kiritma gap bo’lib, u asosiy gap bilan grammatik jihatdan bog’lanmasa-da, mazmunan undan anglashilgan voqea/hodisaning sababini bildirib, mazmunan qo’shma gapda bo’lgani kabi izohlash vazifasini o’tamoqda. Kiritma gapning nisbiy mustaqilligi gap ohangidan ham anglashilib turadi.
Kiritma gapning qo’shma gap tarkibidagi sodda gapdan farqi – uning ma’lum gapga nutq momentida tug’ilib qolgan ehtiyojga ko’ra kutilmagan tarzda birdan kiritilishi. Bu uni sof nutqiy hodisadek tasavvur qilishga olib keladi. Biroq so’zlovchi ongida kiritma qurilmalarni gapga kiritish ko’nikma va malakasi mavjud bo’lib, bu uning lisoniy hodisa tajallisi ekanligidan, lisonda uning nutqiy qo’llanish andozasi mavjudligidan dalolat beradi.
Kiritma qurilmaning o’rni ham gap tarkibida qat’iy. U asosiy fikrga qo’shimcha, ilova fikrni ifodalaganligi bois gap avvalida kela olmaydi. CHunki asosiy fikr boshlanmasdan ilova fikrni berish noo’rin. SHuningdek, kiritma, odatda, gap oxirida ham bo’lmaydi.
Kiritma gapning yana bir xususiyati uning yig’iq (kesimdangina iborat) bo’lmasligi: 1. Yalpiz (cho’l yalpizini aytganim yo’q) oshga solinadi. 2. O’sha yosh bolani (u ota-onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. CHunki, birinchidan, fikr qo’shimcha bo’lsa-da, u muhim, shu boisdan, odatda, uni faqat kesim bilan berishning imkoni yo’q. Ikkinchidan, kiritma bir so’z bilan berilsa, u ajratilgan bo’lakka aylanib qoladi: Onam (o’gay) meni ko’p urishardi. Bunday ko’rinishdagi ajratilgan bo’lak ba’zi darslik va qo’llanmada kiritma gap sifatida talqin qilinadi. Aslida Otam (o’gay) qazo qildi gapida o’gay birligi ajratilgan aniqlovchi (Bayroq, havo rang, hilpiramoqda gapidagi kabi).
Demak, kiritma qurilmali gap mohiyatan qo’shma gapga o’xshaydi. Biroq grammatik aloqa va intonatsion o’ziga xoslik ularni farqlovchi belgi. Misol sifatida O’rmondan (u yerda yirtqich hayvonlar bor edi) bo’kirgan ovozlar eshitilardi gapini olaylik. Gap mazmunini O’rmonda yirtqich hayvonlar bor, shuning uchun u yerda bo’kirgan ovozlar eshitilardi deya tushunish mumkin. Biroq uni O’rmonda bo’kirgan ovozlar eshitilardi, u yerda yirtqich xayvonlar bor edi tarzida o’zgartirilsa, gaplardagi grammatik mustaqillik kuchayib, qo’shma gaplik xususiyati susayadi, alohida sodda gaplarga intilish o’sadi.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling