O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet50/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

So’roq gap. So’roq gapda so’roq ma’nosiga boshqa ma’no ham qorishgan holda bo’lishi mumkin:

  1. so’roqning o’zi: Halim keldimi?

  2. so’roq-hayrat: Halim keldimi?

  3. so’roq-taajjub: Yozda ham shunday yomg’ir yog’adimi?

  4. so’roq-mamnunlik: Halim tugatdimi-a?

  5. so’roq-gumon: Olib chiqarmikin?

  6. so’roq-taxmin: Sen Olim emasmisan?

  7. so’roq-darak: Tugatdimi? (Ko’rdingmi, tugatdi ma’nosida.)

  8. so’roq-buyruq: Tezroq jo’namaysizmi?

So’roq gap kutilayotgan javobga munosabatiga ko’ra uch xil:

  1. sof so’roq gaplar javob talab qiladi: Bugun qaerga borasan?

  2. ritorik so’roq gap javob talab qilmaydi va mohiyatan darak, shaklan so’roq gap hisoblanadi: Onani sevmaydigan odam odammi?

  3. so’roq-buyruq gap so’roq yo’li bilan buyurish ma’nosini ifodalaydi: Tezroq kelmaysizmi?

So’roq gap mazmun hajmiga ko’ra ikki xil:
1) umumiy so’roq. Bunda narsa yoki hodisa to’laligicha aniqlanadi: Bu nima? Bu kitobmi? Bunda javob kesimga tegishli bo’ladi.

  1. xususiy so’roq. Bunda narsa yoki hodisaning bir tomoni aniqlanadi: Bu qanday kitob? Kitobning varag’i qancha? Sen qaerdan kelding? Bunda javob so’roq olmoshi bilan ifodalangan kesimdan boshqa har qanday bo’lak bo’ladi.

So’roq gapda so’roq ma’nosi quyidagi vositalarga tayanadi:

  1. so’roq yuklamalari;

  2. so’roq olmoshlari;

  3. so’roq ohangi.

Buyruq gap. Buyruq gap tinglovchini biror predmetga biror ishni bajarishga undash, buyurish, qistash ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday ma’noviy ko’rinish turli-tumandir. SHunga ko’ra, buyruq gap o’z ichida har xil ko’rinishga ega bo’ladi.

  1. sof buyruq: Tez bor!

  2. buyruq-qistash: Borsang-chi!

  3. buyruq-iltimos: Menga ham bering.

  4. buyruq-maslahat: Yaxshisi, uyda qola qol.

  5. buyruq-tilak: Yashasin tinchlik.

  6. buyruq-chaqiriq: Olg’a!

Buyruq gapning bu turlari ohang jihatidan farqlanib turadi.
Buyruq gapning kesimi, odatda, buyruq maylining ikkinchi shaxs, ba’zan uchinchi shaxs shaklidagi fe’ldan bo’ladi: Bor! CHekilmasin! Kesim birinchi shaxs buyruq maylidagi fe’ldan bo’lganda, gap ohangidagi qat’iylik uni buyruq gapga aylantiradi: Nomus uchun kurashaylik!
Ba’zi hollarda aniqlik maylidagi yaqin o’tgan zamon fe’li ham buyruqni ifodalashi mumkin: Qani, jo’nadik!
Buyruq gap ko’pincha undalmali va undovli bo’ladi: 1. Hoy, tezroq yuringlar. 2. Bozor, bu yoqqa kel!


Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling