O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet52/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

Tema

rema



Halim

maktabga ketdi

Maktabga

Halim ketdi



Gapning aktual bo’linishi mantiqiy birlik bo’lgan hukmning bo’laklanishi (sub’ekt va predikatga bo’linish) ga o’xshaydi. SHu boisdan ayrim tilshunoslar aktual bo’linishni mantiqiy-grammatik bÿlinish deb ham nomlaydi.
Aktual bo’linish – sof nutqiy hodisa. Lekin aktuallashish lisoniy strukturadan mutlaqo uzilgan deyish noto’g’ri. Har qanday hodisa muayyan mohiyatning namoyandasi bo’lganligi kabi aktuallashish ham konstruktiv-sintaktik sathdan butunlay uzilmagan. Aktuallashishda gapning lisoniy strukturasi unsurlari bo’lgan kesim, ega, hol o’rinlari to’ldiruvchilari yoki bu to’ldiruvchilar kengaytiruvchilarining kommunikativ ahamiyati aktual bo’linishni keltirib chiqaradi. SHu boisdan aktuallashishning lisoniy asosi konstruktiv-sintaktik lisoniy sath, aktuallashish jarayoni esa kommunikativ-sintaktik sath deb yuritiladi.
Aktual bo’linish talabi bilan gapda so’z tartibi har xil bo’ladi.
Gapning konstruktiv va nokonstruktiv bo’laklari turlicha joylashadi. Buning sintaktik qurilishga daxli yo’q. Tartib o’zgarishi bilan gap sintaktik qurilishiga putur yetmaydi. Gapda so’z tartibi aktual bo’linish bilan chambarchas bog’liq.
Gapdagi so’zlar o’zlarining tema yoki remaga kirishiga ko’ra joylashadi.
Axborotning tinglovchiga ma’lum parchalarini ifodalovchi so’zlar gap boshida keladi.
Tema (ma’lum) haqida axborot beradi, rema esa gap oxirida, temadan so’ng keladi. Bu izchillikning buzilishi yo uslubiy bo’yoqdorlik uchun xizmat qiladi, yoki mantiqiy buzilishni keltirib chiqaradi.
Agar ega guruhi tema, kesim guruhi rema bo’lsa, aktual bo’linish sintaktik bo’linish bilan muvofiq keladi: O’quvchilar shodlanishdi (ega-kesim, tema-rema).
Quyidagi gaplarning tema-rematik bo’linishini qiyoslang :


Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling