O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


IV. Semantik-funktsional shakllangan gap


Download 329.72 Kb.
bet35/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

IV. Semantik-funktsional shakllangan gap ham egasiz gapning alohida ko’rinishi: 1. – Bugun bormoqchimisan? – Ha. 2. – U ham bormoqchimi? –Yo’q. 3. – Kitobni olasanmi? – Bo’lmasam-chi! 4. Nasriddin xaltani uloqtirib yubordi: Ma! Sen to’y! (“Afandi latifalari”dan). 5. Salom, - dedi ko’rishi bilan hamma birdan. Qo’llar o’tdi biqinlarning orasidan. (G’.G’ul.)
Egali gap.Egasiz gap tilimizda chegaralangan bo’lib, ular egali gapga nisbatan kam. Egali gap esa tilimizning me’yoriy xususiyatidan biri. CHunki gap markazini tashkil etuvchi kesimning tarkibidagi (Pm) (kesimlik kategoriyasi) ning qismlaridan biri shaxs-son ma’nosi bo’lib, u hamisha o’zining to’ldirilishini, muayyanlashtirilishini talab qiladi. Bu esa gaplarning egali bo’lishini taqozo qiladi.
Aytilganidek, o’zbek tilidagi gaplarning lisoniy strukturasi uch a’zo (ega, hol, kesim) dan iborat, egali gaplarda ega pozitsiyasi bo’sh bo’lmaydi, to’ldirilgan bo’ladi. U nutqda esa yuzaga chiqqan hol, yuzaga chiqqan kesim bo’lishi mumkin. Quyidagi ikki gapni qiyoslang:
1. Men kitobni o’qidim.
2. Kitobni o’qidim.
Har ikkala gap ham [E-N-Pm] qolipi hosilasi bo’lib, ularning kesimidagi (Pm)ga xos shaxs-son qo’shimchalari ega, uning tabiati (qaysi shaxs, son) haqida to’liq axborot berib turibdi. Har ikkala gap uchun ham ega – I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi. Biroq, ulardan birinchisida bu lisoniy to’liqlik (ega pozitsiyasining bo’sh emasligi) nutqda namoyon bo’lgan, ikkinchisida esa nutqiy ehtiyoj bo’lmaganligi tufayli yuzaga chiqmagan. Ko’rinadiki, har ikkala gap ham lisoniy egali, ega pozitsiyasi to’ldirilgan gap qismining hosilasi.
Egali gaplarning o’zi quyidagi turlarga ajratilishi mumkin:

  1. egasi ifodalangan (nutqda namoyon bo’lgan) gap;

  2. egasi ifodalanmagan (nutqda namoyon bo’lmagan) gap.

Egasi ifodalangan gap. Kesimdagi (W), (Pm) xususiyati va ularning o’zaro munosabati tufayli nutqda egani tushirib qoldirish mumkin bo’lmaydi. Bunda eganing nutqiy voqelanishini zarur qilib qo’yadigan:

  1. (W) ga bog’liq omil.

  2. (Pm ) ga bog’liq omilmavjud.


Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling