O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig’iq va yoyiq gap
I. Kesimdagi [W] ga bog’liq holda ega ifodalanishining zarurligi.
1.Kesimning (W) qismi vazifasida frazema (ibora) kelganda, egani tushirib qoldirishning iloji yo’q: 1. Bu voqeadan Jamshidning kapalagi uchib ketdi.(Gazetadan.) 2. Markazga kelib, bo’lib o’tgan voqealarning butun tafsilotini eshitgan Qalandarovning fig’oni falakka chiqdi. Bunda ega ifodalanishining zarurligi, ko’rinib turibdiki, gapning qolipiga emas, balki iboralarda ega bilan kesim aloqasining o’ta zichligi, iboralarning barqaror hodisa ekanligi bilan bog’liq. 2.Ma’lumki, ayrim hollarda o’timli fe’lning semantikasi ularning vositasiz to’ldiruvchi bilan kompletiv (o’ta zich) aloqada bo’lishini taqozo qiladi (masalan, kuzatmoq, ko’rmoq, aytmoq). Bu so’zlarning ob’ekt valentligi (tushum kelishigidagi kengaytiruvchisi) zaruriy. SHu boisdan fe’l majhul nisbatga o’tgach, ularning vositasiz to’ldiruvchisi egaga aylanadi, shuningdek, mazkur kompletiv aloqa ham saqlanib qoladi, avval to’ldiruvchi, endi esa eganing ifodalanishi zarur bo’lib qoladi: 1. Oqibat, hozirgacha ham ayrim fuqoralar, ayniqsa, yoshlar orasida ikkilanishlar, hatto muxolifat tomoniga og’ib ketish kabi achinarli hollar kuzatilmoqda. (Gaz.)2.Natijada ko’plab fuqarolar uchun buzg’unchi muxolifatning asl basharasi, uning maqsad va vazifalari, mohiyati, kirdikorlari to’laqonli bayon etib berilmadi. (Gaz.)3. Yig’inda fermer xo’jaliklari taraqqiyoti uchun mahalliy fermerlar tomonidan qo’yilayotgan sun’iy g’ovlarning sabablari ham aytildi. (Gaz.) 3.Kesimning (W) qismi taqlid so’zlardan yasalgan fe’l bilan ifodalanishi ham eganing voqelanishini taqozo etadi: 1. Eshik taq-taq qildi. 2. Yuragim shuvillab ketdi. 3. Qarg’a qag’illaydi. 4.Tabiat hodisalarini ifodalovchi ayrim fe’llar ham eganing mazmuni bilan o’ta zichlashib ketganligi bois nutqda eganing tushib qolishiga yo’l qo’ymaydi: Tong otdi. Kun botdi. CHaqmoq chaqdi. Qorong’i tushdi. Yig’iq va yoyiq gap. O’zbek tilidagi yig’iq gaplar formal yondashuvda asosan rus tili qoliplari asosida ajratilgan. Substantsial yondashuvda esa bu masalada ham gapning eng kichik qurilish qolipiga tayaniladi. Ma’lumki, o’zbek tilida ot, sifat, son yoki boshqa so’z turkumi bilan ifodalangan kesim predikativlikning shaxs-son ko’rsatkichini qabul qila oladi yoki predikativ so’zlar orqali ifodalaydi, shuning uchun ular egasiz gapda ham kesim vazifasini bajara oladi. Ammo rus tilida esa otlar predikativlik ko’rsatkichiga ega bo’la olmaydi, shuning uchun predikativ maqomdagi otlar ega bilan kelgandagina kesim vazifasini bajara oladi. Bu holatni quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin: 1. Sog’-salomatmisiz? - Zdorovы li vы? 2. O’qituvchiman. - Ya uchitelьnitsa. O’zbek va rus tillarida kesim o’ziga xos grammatik xususiyatga ham ega. O’zbek tilida kesim sodda va tarkibli turga ega, turli kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllanadi. Kesim vazifasida kelgan so’zlarda, odatda, tasdiq-inkor, shaxs-son, modallik va zamon ko’rsatkichi bo’lishi lozim. O’zbek tilida ot-kesimdan iborat gap ham mavjud. Bu ot-kesimlarda birlik va ko’plik, shaxs qo’shimchalari shaxs ma’nolarini ifodalashi bilan birga, hozirgi zamon ma’nosini ham ko’rsatadi. Masalan, Tadbirkorman. Uydaman. O’zbek tili sintaktik qurilishida ot-kesimlar ham, fe’l-kesimlardagi kabi egali yoki egasiz qo’llanishi mumkin. Rus tilida esa, tilshunoslar e’tiroficha, otlarga qo’shiladigan predikativ shaxs-son qo’shimchalari yo’qligi tufayli bu tilda otning o’zi mustaqil holda ma’lum bir morfologik ko’rsatkich yordami bilan kesimga aylana olmaydi. U faqat ega bilan kelib, kesim vazifasini bajarishi mumkin». Masalan, Tadbirkorman. - Ya biznesmen. Demak, o’zbek tilidagi gaplarning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi asosan [WPm] shaklida bo’lsa, Hind-Evropa tillarida gapning minimal qolipi asosan [E-WP] ko’rinishida. Bu esa bu tillar orasidagi asosiy tipologik va milliy farqlardan hisoblanadi. O’zbek tilida sodda yig’iq gap uch xil ko’rinishda namoyon bo’ladi: 1) egasi ifodalanmagan sodda yig’iq gap. Bu gapning qolipi [WPm] ko’rinishida berildi. 2) egasi ifodalanishi lozim bo’lgan sodda yig’iq gap. Bu gap[E-WP] yoki [E-WP] qolipi hosilasi: Men - shoir. Ukam – talaba. 3. So’z-gapdan iborat yig’iq gap ([WP]): Xo’p. Rahmat. Balli kabi. [WPm] qolipli gaplar boshqa har qanday, [E-WP] qolipli gaplar ikkinchi darajali bo’laklar bilan kengaysa, yoyiq gap hisoblanadi. So’z-gap tipidagi yig’iq gap kengaymaydi. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling