O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari


Download 329.72 Kb.
bet49/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari
Ifoda maqsadiga ko’ra gapning turlanishi sof nutqiy hodisa. So’zlovchi nutq jarayonida fikr ifodalash bilan birga, ma’lum bir maqsadni ko’zlaydi ham. Gap so’zlovchining ko’zlagan maqsadiga ko’ra turli-tuman:
1) darak gap: Uzoqdagi zalvorli tog’lar xayolimni keldilar bosib (A.Orip.);
2) so’roq gap: Sen bahorni sog’inmadingmi?(A.Orip.);
3) buyruq gap: Meni kutgil... (K.Sim.)
Ammo bu turlar orasiga keskin chegara qo’yib bo’lmaydi. Bir tur ikkinchi tur vazifasini bajaraverishi mumkin. Deylik, shaklan darak gap so’roq mazmunini, so’roq gap esa darak mazmunini ifodalashi mumkin. Misollar: 1. Onani kim sevmaydi? (shaklan so’roq, mazmunan darak.) 2. Dasturxonga qaramaysizmi? (shaklan so’roq, mazmunan buyruq.)Qarzdor dehqonga boyning «Kuz keldi» deb qichqirgani oddiy darak emas, balki «Qarzingni to’la!» mazmunidagi buyruq gapdir. (A.G’ul.)
Qo’shma gap tarkibidagi sodda gapda ifoda maqsadi o’ziga xos. Ergash gapli qo’shma gapda ifoda maqsadi bosh gapniki bilan bir butun holda bitta bo’ladi. Teng munosabatli qo’shma gapda esa oldin turgan gap, odatda, darak tabiatiga ega bo’ladi.
Darak gap. Darak gap xabar berish, biror hodisa yoki dalilni tasdiqlash xususiyatiga ega bo’ladi: 1. Umrim bo’yi seni kutarman. 2. Sarvi gulro’ kelmadi.
Darak gap kesimlikdagi mayl ma’nosiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin:

  1. aniq xabar: Bola keldi;

  2. taxmin: Ertaga majlis bo’lar;

  3. istak: bugun bozorga chiqsam.

Bu qatorni yana davom ettirish mumkin.
Darak gap istakni ifodalaganda, so’zlovchining taxmin-tilagi haqida xabar beradi. Istak qat’iylashsa, u buyruq gapga aylanib ketadi. Bu bilan darak va buyruq gap bir-biriga yaqinlashadi: Sen borsang – Sen bor.
Darak gapda so’z tartibi, odatda, buzilmagan, gap esa darak intonatsiyasiga ega bo’ladi. SHuningdek, darak gapning kesimi ham o’ziga xos. U so’roq yuklamasidan xoli va aniqlik mayli shaklida bo’ladi.
Atov gap va so’z-gap ham darak tabiatiga ega bo’ladi: 1. Qish. 2. Ha. 3. Rahmat.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling