O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)
- Bu sahifa navigatsiya:
- o’ylab qarasam
- balki
Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari
Kirish kengaytiruvchilar. Ma’lum bo’ladiki, gap (Pm) i tarkibida mayl/modallik ma’nosi ham mavjud. Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda modallikning o’zigina gapni tashkil etadi degan qarash ham mavjud. CHunki gap (Pm) ida mavjud va xilma-xil vosita bilan ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat’iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma’no ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib turadi. SHu boisdan gap tarkibida gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan, so’z birikmasi hosil qilmagan bo’lsa-da, (Pm) dagi mazkur ma’noga bevosita daxldor bo’lgan sub’ektiv modallik munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko’plab uchraydi: 1. Aka, bugun ota-onalar yig’ilishiga dadam boradilarmi? – Dadam, albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2.To’g’ri, yomon odam jazosini tortishi kerak, – dedi Saida. 3. Bu chol, qizining so’ziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz, o’ylab qarasam, shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz. Bunday atov birliklari va qurilmalar gap tarkibiga kirar ekan, (Pm) tarkibidagi modal va tasdiq/inkor ma’nosini muayyanlashtiradi, ya’ni gapning kesimi bilan bog’lanadi. SHu boisdan ular modalyoki kirishkengaytiruvchideb ataladi. Kirish kengaytiruvchilar gapning konstruktiv bo’laklari sanalmish ega va hol kabi faqat va to’g’ridan-to’g’ri gap markaziga munosabatda bo’ladi. Biroq kirish kengaytiruvchi (Pm) ga grammatik jihatdan bog’lanmaganligi bois unga nisbatan konstruktiv sifatini qo’llab bo’lmaydi. Biroq unga zich mazmuniy munosabatda bo’lganligini inobatga olib ularni bo’lak, gap bo’lagi, gap kengaytiruvchisi deyish mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchi so’z va gap kengaytiruvchisi orasida «oraliq uchinchi» bo’lganligi bois ularni gapning konstruktiv bo’lmagan bo’lagiatamasi bilan nomlash mumkin. Atamaning konstruktiv bo’lmagan degan qismi hodisaning so’z kengaytiruvchisi sifatiga egaligini ko’rsatsa, bo’lak uzvi gap kengaytiruvchi sirasiga daxldorligini bildiradi. Kirishlarning gap struktur qurilishidagi o’rnini quyidagicha berish mumkin (52-jadval): 52-jadval:
Y oki W Pm Ega Hol Kesim Kirish Kirish kengaytiruvchi so’z, birikma va gap ko’rinishida bo’lishi mumkin: 1. Farg’onada, balki, balqarsan.(A.Orip.)2.Tabibning ta’biricha, shohning sog’ayishi uchun uch narsa zarur ekan. (Ert.)3.Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga qatnashning o’zi bo’lmaydi. (S.Nur.)SHu sababli kirish kengaytiruvchi kirish so’z, kirish birikma, kirish gap kabi turga bo’lib o’rganiladi. Aslida barcha kirish kengaytiruvchisi nominativ birlik. Garchi ularning ayrim ko’rinishi gap xarakterida bo’lsa-da, ularni tom ma’nodagi gap deb bo’lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan, men sizga aytsam qurilmasi mazkur gap tarkibida shaklan gap ko’rinishida bo’lsa-da, uning zimmasiga fikr ifodalash, axborat uzatish vazifasi yuklatilmagan. Unda (Pm) shakli mavjud bo’lsa-da, tegishli ma’nolar voqelanishi o’ta kuchsizlangan. SHu boisdan undagi (Pm) shakllari va unga mos gap kengaytiruvchisi o’zgartirib ko’rilsa, uning kirishlik mohiyati butunlay yo’qoladi. Kirish kengaytiruvchilarning umumiy va xos xususiyati quyidagilar: kirish gap tarkibiga muayyan denotativ ma’nolari bilan kirmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan Men sizga aytsam kirish gapidagi so’zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, ob’ekt kabi ma’no ifodalanmagan. Unda bir butun holda «ishontirish» modal ma’nosi mavjud; kirishlar grammatik shakllanganlik nuqtai nazaridan rang-barang. Unda tuslangan fe’l ham (aytsam), tuslanmagan fe’l ham (shunday qilib), ot ham (chamasi), olmosh ham (menimcha) kirish vazifasida keladi. Ammo ular, aytilganidek, ba’zan qisman, ba’zan butunlay o’z lug’aviy ma’nosini yo’qotib, paradigmasidan vaqtincha uzilgan bo’ladi; kirish kengaytiruvchining barchasi o’ziga xos yagona «so’zlovchining o’z fikriga munosabatini bildirish» umumiy ma’nosi ostida birlashadi; kirish kengaytiruvchilarning gapdagi o’rni qat’iy emas. Bu belgilarning barchasi kirish kengaytiruvchilar o’ziga xos lug’aviy-sintaktik guruhni tashkil etishini ko’rsatadi. Kirish kengaytiruvchi gapda quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: ta’kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga tortish: takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun, ta’kidlayman, aytish kerakki; sub’ektiv munosabat, his-tuyg’ularni ifodalash: baxtimizga, baxtga qarshi, o’ylayman, umid qilaman, o’ylaymanki, shubhasiz, ehtimol, shu ma’noda, qaysidir ma’noda, afsuski, attang, essiz; fikrni bayon qilish usuliga munosabat: to’g’risini aytganda, bir so’z bilan aytganda, sodda qilib aytganda, aniqrog’i, qisqasi, gapning indallosi; fikrning bog’lanishini, matn tarkibiy qismlari orasida munosabat, ichki aloqa kabilarga so’zlovchining qanday qarashini ifodalash: demak, xulosa, sababi, shunday qilib, ko’rinadiki, ma’lum bo’ladiki, buning ustiga, odatda; aytilayotgan fikrning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi so’z: menimcha, fikrimcha, uning so’ziga qaraganda, aytishlaricha, xabar berishiga qaraganda; fikrning tartibini, izchilligini bildiradigan so’zlar: birinchidan, avvalo, ikkinchidan. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling