O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Ismaloq sho’radoshlar oilasidan bo’lgan juda qimmatbaho vitaminli bir yillik 
o’simlikdir. Uning bo’yi 10—40 sm keladi. Bargi turli shakllarda (yumaloq-
tuxumsimon, nashtarsimon) bo’lib, to’pbarg shaklida joylashgandir. U begona o’t 
tariqasida barcha viloyatlardagi lalmikor yerlarda, adirlarda ko’plab o’sadi. Ismaloq 
o’sish sharoitiga qarab bahordan to yoz boshlanguncha gullaydi va urug’ hosil 
qiladi. U bahorda boshqa o’simliklarga nisbatan ertaroq unib chiqadi. Ismaloq 
sabzavot o’simliklar gruppasiga kirib, juda ham vitaminlarga hamda mineral 
tuzlarga boydir. Mahalliy aholi ismaloqning barg va barra novdalaridan turli xil 
lazzatli taomlar (somsa, chuchvara, buchak, ko’kat sho’rva) tayyorlab iste’mol 
qiladilar. Undan konservalar tayyorlashda ham foydalansa bo’ladi. Bu o’simlik 
ko’proq iste’mol qilinsa, organizmdagi ortiqcha suvlarni tezroq chiqarib yuboradi. 
Uning barglari hamda barra novdalarining 100 g da 75—80 mg C, 2—2,5 mg B, 4—
6 mg E, 3—5 mg K, 1,5 mg D, A vitaminlari, 2—9 mg karotin moddasi, mineral 
tuzlardan: 50 — 60 mg kalsiy, 680 — 750 mg kaliy, 51 mg fosfor, 28 — 30 mg 
temir moddasi hamda yashil buyoq moddalari bo’ladi. 
Sholi boshoqdoshlar oilasidan, bo’yi 50 sm dan 3 gacha yetadigan bir yillik 
issiqsevar o’simlik. poyasi tik, ildizi popuk ildiz, uzun (1 m gacha). Bargi yashil, 
qizg’ish
yoki binafsha rangda. To’pguli shingil. Aprel oyida 1—2 sm chuqurlikda 
suvli yerga qatorlab ekiladi. Avgust oyida doni pishadi. Mevasi qobiqli don. 
Donidan (guruch), yormasidan turli taomlar (palov, shirguruch, mastava, shavla) 
tayyorlanadi. SHoli donini qayta ishlab, undan spirt, kraxmal, pivo, poxolidan sifatli 
qog’oz,
arqon va boshqalar tayyorlanadi. SHolining bir qancha navlari bor.
Tariq boshoqdoshlar oilasidan, bo’yi 50—150 sm gacha yetadigan bir yillik 
o’simlik. Barglari nashtarsimon, tukli, yashil yoki qizg’ish.
Ildizi popuksimon 
bo’lib, 1—1,5 chuqurlikka kiradi. May oyida gullaydi. Guli ikki jinsli. To’pguli 
ro’vak. Mevasi iyun-iyul oylarida pishadi.
Doni qipiq bilan qo’langan. U dumaloq, 


43 
oval, shaklida. Don oq, sariq, qizil, jigar ranglarda bo’ladi. Donida 10—15% oqsil, 
59% uglevod va boshqa moddalar bor. O’zbekistonda tariq ko’pincha bahorikor 
yerlarga ekiladi. U eng qadimiy o’simlik Donidan oziq-ovqat, parrandalarga don 
sifatida foydalaniladi. Keyingi paytda kam ekiladigan bo’lib qoldi. 
Oq jo’xori - boshoqdoshlar oilasidan, bo’yi 2—4 ga yetadigan bir yillik 
o’simliq Uni Qo’qon jo’xori deb ham ataydilar. Bargi nashtarsimon, ildizi popuk 
ildiz. May oyida gullaydi. To’pguli zich ro’vaksimon, tik yoki egilgan. Mevasi — 
don, iyul-avgust oylarida pishadi. Doni dumaloq bo’lib, qobiq bilan qo’langan. 
Donidan oziq-ovqat (go’ja) sifatida, ko’k poyasidan silos bostirishda foydalaniladi. 
Oq jo’xori O’zbekistonda qadimdan o’stirilib kelinadi. U issiqsevar o’simlik. SHo’r 
va kam suv yerlarda ham yaxshi hosil beradi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling