O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Oziq-ovqat o’simliklarning daraxt va buta turlari


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Oziq-ovqat o’simliklarning daraxt va buta turlari. 
Yovvoyi olma rahnoguldoshlar oilasiga kiruvchi, bo’yi 10 m ga yetadigan, 
shox-shabbalari piramidasimon, po’stlog’i och kul rang, to’q jigar rang yoki sariq-
qo’ng’irsimon rangli daraxtdir. Yosh novdalari yashil-jigar rang, tukchali bo’ladi. 
Barglarining cheti arra tishli, bahzan to’mtoq tishli, asosi ponasimon toraygan va 
tekis qirg’oqli.
Ustki tomoni tuksiz, markaziy tomirchalari bir oz tukli, pastki qismi 
tukli, kul rang, uzunligi 5—7 sm, eni 2—3,5 sm ga tengdir. To’pguli 3—5 ta, guli 
yirik, diametri 2,5—4 sm, gulbandi chalkash tukli. Kosachabargi uch qirrali 
nashtarsimon, uzunligi 0,5—0,6 sm, eni 0,3 sm, oq chalkash tukchalar bilan 
qo’langan. Gultoji och qizil rangli. Mevasi dumaloq yoki dumaloqroq-yassi, ayrim 
paytlarda konussimsn, turli rangda va kattalikda bo’ladi. Urug’i tuxumsimon, jigar 
rang, kattaligi 0,7 sm, eni 0,5 sm keladi. Yovvoyi olma aprel va may oylarining 
boshlarida gullaydi, mevasi avgust-sentabr oylarida pishadi. Bu o’simlik tog’ yon 
bag’irlarida ko’plab uchraydi. Yovvoyi olma mevasidan, ‘yure, ‘ovidlo, murabbo, 
konserva, koqi tayyorlanadi. Kompot va limonadlar ishlab chiqarishda ham 
foydalaniladi. Bu mevalar o’zining mazasi, tahmi, tarkibidagi moddalarning 
miqdori, hazm bo’lishi bilan madaniy olma mevalaridan qolishmaydi. Yovvoyi olma 
mevasining tarkibida 10—13% qand, 3,18% pektin, 0,3—0,5% azotli moddalar, 
bo’yoq, temir moddasi, oz miqdorda efir moyi hamda B
1
, B
2
, PP, C, E vitaminlari 
va karotin moddasi bo’ladi. 
pista pistadoshlar oilasiga kiruvchi, bo’yi 10 m ga yetadigan buta, ayrim 
hollarda daraxtdir. U Farg’ona, Zarafshon, Hisor, Bobotog’ tizmalarining dengiz 
sathidan 700-1500 (2000) balandliklardagi soz tuproqli joylarida tarqalgan. pista 
mart-may oylarida gullaydi va mevasi avgust-sentabr oylarida pishadi. 
O’zbekistonning janubiy rayonlarida tabiiy pistazorlar ko’p. Bu maydonlardan 
yiliga 40 t meva yig’ishtirib olish mumkin. pista mevasi oziq-ovqat sifatida 
ishlatiladi. Undan olinadigan moy konditer va parfyumeriya sanoatida ko’llaniladi. 
Meditsinada pista mag’zidan olingan yog’dan zaytun yog’i bilan bir qatorda 
foydalaniladi. Undan jigar, oshqozon kasalliklarini davolashda foydalaniladi. 
pistadan olingan tannid moddasi tibbiyotda ishlatiladigan taninning asosiy manbai 


44 
hisoblanadi. pista bargida 13— 14%, bujrunida 26—35 % va po’stlog’ida 4—5% 
tanid moddasi bor. SHuningdek galol va limon kislotalari, buyoq modda-laoi
flavonlar, vitaminlardan 0,158 mg% B
1
, 0,1 mg% B
2
, 0,188 mg % PP, C va karotin 
10,48 mg % bo’ladi. Uning mevasida 18—25% yog’, oqsil, qand moddalari bor. 
pistaning foydali xususiyatlarini hisobga olib, uning urug’idan tog’ yon bag’irlarida 
ko’paytirish va mavjud pistazorlarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. 
Anjir_ tutdoshlar oilasiga kiradigan daraxtsimon buta bo’lib, bo’yi 4—10 
ga yetadi. Uning shox-shabbalari och kul rang, yosh novdalari tuk bilan qo’langan. 
Kurtagi qisqa, dumaloq. Barg bandining uzunligi 3—5 sm bo’lib, dag’al tukchalari 
bor. Bargi dumaloq tuxumsimon yoki tuxumsimon, asosi bir oz siqiq, uchi o’tmas 
yoki o’tkirroq, panjasimon, besh bo’lakli. Bo’laklari tuxumsimon yoki uzunchoq, 
ustki tomoni yashil, ostki qismi esa och yashil rangli, barglari qisqa dag’al tukchalar 
bilan qo’langan. Bargining uzunligi 8— 20 sm, eni 6—15 sm bo’ladi. To’pmevasi 
pishganda sariq yoki qizg’ish-qora rangdadir. Anjir aprel oyida gullab, iyul-avgust 
oylarida to’pmevalari pishadi. Anjir madaniy holda ku’ o’stiriladigan o’simliklardan
biridir. Lekin u yovvoyi holda Surxondaryo viloyatidagi Sangardak daryosining 
chap qirg’orida hamda Qo’shtut daryosining o’ng sohilida dengiz sathidan 900—
1700 (1800) m balandlikdagi joylarda uchraydi. Anjirning sutsimon shirasi kal,
so’gal, temiratki hamda yuzdagi so’zloqcha (husnbuzar) larni davolash uchun 
ishlatiladi. U yuqori kaloriyali, juda sutli va to’yimli mevali o’simliklar qatoriga 
kiradi. Uning to’pmevalarining tarkibida ko’p mikdorda fruktoza va glyukoza, 
mineral tuzlar, fitsin moddasi, limon, olma hamda sirka kislotalari, A, B, B
2
va C 
vitaminlari bo’ladi. Anjir bargi may oyida 59—183 mg%, iyulda 333 mg% va Oktabr 
oyida 123 mg% C vitamini saqlar ekan. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling