O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

 
Nazorat uchun savollar: 
1. O’zbekiston foydali o’simliklari qanday guruhlarga bo’linadi? 
2. Asal beruvchi o’simliklarga qaysi o’simliklar misol bo’ladi?
3. Bo’yoq beruvchi o’simliklarning ahamiyati qanday? 
4. Bo’yoq beruvchi o’simliklarga qaysi o’simliklar misol bo’ladi?
5. Madaniy o’simliklar vakillari va ularning ahamiyati. 
6. Narkotik o’simliklarning inson salomatligi uchun zarari qanday? 
7. Narkotik o’simliklarga qaysi o’simliklar misol bo’ladi?
8. Zaharli o’simliklarning inson hayoti uchun zarari qanday? 
3-mavzu. OZIQ – OVQAT O’SIMLIKLARI, SABZAVOT – POLIZ 
EKINLARI 
Reja: 
1. Oziq-ovqat o’simliklar haqida umumiy ma’lumot. 
2. Oziq-ovqat o’simliklarning o’tsimon turlari. 
3. Oziq-ovqat o’simliklarning daraxt va buta turlari. 
Tayanch iboralar: oziq-ovqat o’simliklari, urug’li oziq-ovqat, danakli oziq-
ovqat, donli-dukkakli oziq-ovqat, oziq-ovqat o’simliklarning o’tsimon turlari, oziq-
ovqat o’simliklardan buta va daraxt turlar, anjir, pista, yovvoyi olma, ismaloq.


41 
Mavzuning maqsadi: Oziq-ovqat o’simliklarining O’zbekiston florasida 
keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, oziq-ovqat o’simliklarining sistematik o’rni 
va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Oziq-ovqat o’simliklar haqida umumiy ma’lumot. Inson va hayvonlarning 
yashashi hamda hayot kechirishi jarayonida o’simliklar asosiy rolni o’ynaydi. 
CHunki ular oziq-ovqat, yem-xashak, dori-darmon, kiyim-kechak, havo hamda juda 
ko’pchilik moddalarning tabiiy manbalari hisoblanadi. Ma’lumki, o’simliklar 
o’zlarining u yoki bu organlarida hayot uchun zarur bo’lgan turli organik 
moddalarni, ularning birikmalarini hamda mineral tuzlarni saqlaydi. Insoniyat uzoq 
yillar davomida madaniylashtirgan o’simliklaridan tashqari yovvoyi o’simliklardan 
ham turli maqsadlarda foydalanib kelmokda. Inson shu sababli, o’simliklarning har 
xil organlaridan turli maqsadlar uchun foydalanib kelmoqda. Ular madaniy o’simlik 
turlari va navlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki tevarak-atrofida o’sayotgan 
yovvoyi o’simlik turlarining ichki sirlarini bilib, o’rganib, ulardan uzoq yillar 
davomida foydalanib kelmoqdalar. Bu o’simliklarning foydali xususiyatlaridan biri 
oziq-ovqat bo’lishidir.
Oziq-ovqat bo’ladigan o’simliklarni xomligicha hamda har xil taomlar 
tayyorlab iste’mol qilinadi. Oziq-ovqat o’simliklariga yong’oq, tog’olcha, anor, 
rovoch, qo’zilola, piyoz, ismaloq, bug’doy, sholi, suli, mosh, no’xat, loviya, 
semizo’t kabi o’simliklarni misol qilishimiz mumkin. 
Oziq-ovqat o’simliklarini quyidagicha guruhlash mumkin: 
1. 
Urug’li; 2. Danakli; 3. Donli-dukkakli oziq-ovqat o’simliklari. 
Hozirgi kunda respublikamiz florasida uchraydigan 4000 dan ortiq tur 
o’simliklardan faqat 300 turi oziq-ovqat va ziravor o’simliklar sifatida 
ishlatilmoqda. Ulardan yovvoyi holda uchraydigan yong’oq, olma, olcha, pista ham 
muhim ahamiyatga ega bo’lib, O’zbekiston itisodiyotini rivojlantirishda ma’lum 
darajada foyda keltiradi. Biz floramizda yovvoyi holda keng tarqalgan, oziq-ovqatlik 
xususiyatiga ega bo’lgan, har xil yo’llar bilan iste’mol qilinadigan, xalq 
xo’jaligining turli tarmoqlari uchun ahamiyatli hisoblangan ayrim o’simlik turlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarni bayon etamiz. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling