O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uxlatuvchi dorivor o’simliklar.
- Oddiy bo’ymodaron
Tinchlantiruvchi dorivor o’simliklar. Gulizardak (tanasi), dalachoy (tanasi,
guli, ildizi), do’lana (guli, mevasi), dug’bo’y (bargi), ittikanak (tanasi), kiyiko’t (tanasi), ko’knori (ko’sakchasi, shirasi), osiyo yalpizi (bargi), sariqandiz (ildizi), sachratqi (ildizi), terak (kurtagi), tirnoqgul (savatchaguli), tog’rayhon (tanasi, efir moyi), ukrop (tanasi, urug’i), choyo’t (tanasi), qalampir yalpiz (bargi), qovun (mevasi), qoraandiz (ildizi), qoqi (ildizi). Uxlatuvchi dorivor o’simliklar. Asarun (ildizi, ildizpoyasi), arslonquloq (bargi), do’lana (guli, mevasi), ko’knori (ko’sakchasi), lolaqizg’aldoq (ko’sakchasi), shuvoq (tanasi), ermon (tanasi). Qonni to’xtatuvchi dorivor o’simliklar. Birsepar (tanasi), bozulbong (tanasi), gazandao’t (bargi), dalachoy (tanasi), dastarbosh (tanasi), jag’-jag’ (tanasi), ittikanak (tanasi), kelin tili (tanasi, ildizpoyasi), na’matak (mevasi), otquloq (urug’i, ildizi), oqqurt (bargi), rovoch (urug’i, ildizi), toron (urug’i, ildizi), totim (bargi), chiroyli toron (ildizi), choyo’t (tanasi), qontepar (ildizi), qo’ypechak (bargi). Oddiy bo’ymodaron - Achillea Millefolium L. astradoshlar - Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae) oilasiga kiradi. Ko’p yillik bo’yi 20—50 (bahzan 80) sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo’lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan 96 ildizoldi barglar va poyalar o’sib chiqadi. poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori qismi shoxlangan bo’lib, ular qalqonsimon gul to’plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon ajralgan bo’lib, poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Gullari savatchaga to’plangan. Savatchalar o’z navbatida qalqonsimon to’p gulni tashkil etadi. Mevasi — yassi, tuxumsimon, kulrang pista. Iyun oyidan boshlab yoz oxirlarigacha gullaydi, mevasi avgustdan boshlab yetiladi. Geografik tarqalishi. O’simlik keng tarqalgan bo’lib, o’rmon, o’rmon-cho’l va cho’l hududlarida hamda tog’li tumanlarda (tog’ etaklaridagi tekisliklarda, tog’ yonbag’irlarda) ochiq yalangliklarda va quruq o’tloqlar, qirlar, yo’l yoqalari, o’rmon chetlari va boshqa yerlarda o’sadi. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida karotin, K va C vitaminlar, axillein va betonitsin alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31% xolin, as’aragin, smola, oshlovchi, achchiq (‘roxamazulen-axillin) va boshqa moddalar bo’ladi. Efir moyi tarkibida 1—4% gacha xamazulen (asosiy qismi, efir moyini olish vaqtida ‘roxamazulendan hosil bo’ladi), tuyon, kamfora, borneol, kariofillen, 10% gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor. Ishlatilishi. Mahsulotning dorivor preparatlari mehda-ichak (mehda yarasi va gastrit hamda shilliq qavatning yallig’lanishi) kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to’xtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va gemorroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to’xtatish uchun ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Suyuq ekstrakt, damlama, yer ustki qismi kukuni ( poroshogi). Mahsulot ishtaha ochish, qon oqishini to’xtatish uchun va mehda-ichak kasalliklarida ishlatiladigan yig’malar — choylar tarkibiga kiradi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling