O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Kunjutning biologik tavsifi va ahamiyati
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Kunjutning biologik tavsifi va ahamiyati. Kunjut - O’zbekistonda
qadimdan ekiladigan asosiy moyli ekinlardan biri. U urug’i tarkibidagi moy miqdori bo’yicha moyli ekinlar orasida birinchi o’rinni egallaydi. Sovuq presslash (juvozda) yo’li bilan olingan kunjut xushtamligi bo’yicha zaytun moyiga tenglashadi. Kunjut urug’idan konditer sanoatida, meditsinada, shuningdek konservalar tayyorlashda foydalaniladi. Konfetlar, sharq shirinliklari, turli holvalar, non maxsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Issiq presslash yo’li bilan olingan o’simlik moyi texnik maqsadlarda ishlatiladi, shuningdek, uni kuydirib qurumidan alo sifatli tush tayyorlanadi. Kunjut urug’ida 48-65% moy, 16-19% oqsil, 15,7-17,5% eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuq presslashda olingan kunjarasi tarkibida. 40% oqsil, 8% yog’ saqlanadi va u konditerlikda ishlatiladigan un, holva tayyorlashda, shuningdek, chorva mollari uchun kontsentrlangan ozuqa sifatida foydalaniladi. Issiq presslashda hosil bo’lgan 100 kg kunjarasida 1Z2 o.b. saqlanadi. Kunjutning vatani Afrika. O’zbekistonga kunjut Panjob (Pokiston) orqali kirib kelgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Jahon dehqonchiligida kunjut 7 mln gektar maydonga ekiladi. U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Birma, Meksika, Afrikada ko’p ekiladi. O’zbekistonda kunjut sug’oriladigan va lalmikorlikda yetishtiriladi. Sug’oriladigan yerlarda hosildorligi 2-2,5 t/ga, lalmikorlikda 1-1,5 t/ga. Botanik tasnifi. Madaniy yoki hind kunjuti – Sesamum indicum L. bir yillik o’simlik. Kunjutsimonlar oilasiga mansub. Uning 19 turi malum, ammo ekiladigan hamma navlar madaniy kunjut turiga kiradi. Kunjut tuproqda 1,2-1,5 m chuqurlikka kirib boruvchi o’q ildizga ega. poyasining bo’yi sug’oriladigan yerlarda 100-150 sm, lalmida 50-80 sm, to’rt yoki sakkiz qirrali, yashil tuklar bilan qo’langan. Tuklar nav xususiyatlariga qarab zich yoki siyrak bo’lishi mumkin. poyasi ayrim navlarida shoxlanuvchan, shoxlari yuqoriga qarab o’sadi. Bir tup o’simlikda 4-12 shox hosil bo’ladi. SHoxlanmaydigan shakllari ham bor. Barglari bandli, qarama-qarshi yoki navbatlashib joylashgan. poyani pastki qismida butun, o’rtasida bo’laklangan, yuqoridagi barglar tor, lansetsimon. Guli beshtalik tipda, barg qo’ltig’ida 1-3 hosil bo’ladi. Gul bandi kalta joylashishiga qarab bir gulli va uch gulli shakllari farqlanadi. Tojibarglari pushti, binafsha, oq. Kosacha va tojbarglari tukli. O’zidan changlanadi, ammo chetdan 110 asalarilar yordamida ham changlanishi mumkin. Mevasi yashil, tukli, uzunchoq ko’sakcha. Ko’sagi 2 yoki 4 ta meva bargidan iborat, chetlari ichkariga qaytib soxta po’st hosil qiladi. Ayrimlarida soxta to’siqlar yaxshi rivojlangan bo’ladi. Ko’saklar chatnab ochiladi. Ko’sakchada to’siqlar bo’lsa urug’lar to’kilmaydi, to’siq bo’lmasa to’kiladi. To’siqli ko’sakchalar o’simlik pishgandan keyin ildizi yuqoriga ko’tarilib silkitilsa urug’i to’kiladi. Selektsiya yo’li bilan pishganda ko’saklari yorilmaydigan navlar yaratilmoqda. Ko’saklar 4-8 uyali, bo’yi 4 sm, eni 0,9 sm. Bir tup o’simlikda 20-100 ko’sak hosil bo’ladi. Bitta ko’sakda 70-80 urug’ bor. Urug’i mayda, tuxumsimon, bo’yi 2,7-4 mm, eni 1,7-1,9 mm. 1000 urug’ vazni 2-5 g. Rangi oq, qo’ng’ir, jigarrang, qora. Biologik xususiyatlari. Kunjut issiqsevar o’simlik, urug’lari 15-16 0 C haroratda una boshlaydi, maysalari qiyg’os unib chiqishi uchun 18-20 0 C harorat talab qilinadi. Harorat 23-25 0 C bo’lganda ekish-unib chiqish davri qisqaradi. Sovuqqa chidamsiz, maysalari 0,5-1 0 C sovuqda nobud bo’ladi. O’sish davrining boshlanishida havo harorati past bo’lsa o’simlik sekin rivojlanadi, sarg’ayadi, nimjon bo’ladi. SHuning uchun kunjut ekishda eng qulay ekish muddatlari tanlanish kerak. Havo harorati –2 0 C gullari so’liydi; -3 0 C voyaga yetgan o’simliklar ham sovuqdan nobud bo’ladi. Kunjutning o’sishi, rivojlanishi uchun eng o’timal harorat 25-30 0 C. Harorat 12-15 0 C pasayganda kunjut o’sishdan to’xtaydi. O’suv davrida 2200-2500 0 C faol harorat talab qilinadi. O’suv davrining boshlanishida o’simlik sekin rivojlanadi, gullashga 10-12 kun qolganda o’sish tezlashadi. Gullash davri tez o’tadi. Yorug’likka talabi. Kunjut yorug’sevar, qisqa kun o’simligi. SHimolda kunjutni o’suv davri chopziladi, ko’pincha pishmay qoladi. Namlikka talabi. Kunjut qurg’okchilikka chidamli, ammo nam bilan tahminlanganlik oshishi bilan hosildorlik ham oshadi. Namga eng talabchan davri unib chiqishdan gullashgacha. Lalmikorlikda yillak yog’ingarchiliklar miqdori 350- 400 mm bo’lgan tog’li va tog’ oldi mintaqalarida kunjut yaxshi hosil beradi. Tuproqqa talabi. Tarkibida organik moddalar ko’p, unumdor, begona o’tlardan toza, g’ovak tuproqlarda yaxshi o’sadi. Og’ir loy, sho’r tuproqlar kunjut uchun yaroqsiz. O’suv davri - 73-150 kun. Navlar ertapishar, o’rtapishar, kechpishar guruhlarga bo’linadi. Ertapishar navlar 75-78, o’rtalisharlar 85-110, kechpisharlar 120-150 kunda pishib yetiladi. O’suv davri ob-havo, qo’llanilgan agrotexnika va navlarga, bog’liq holda o’zgaradi. Navlari. Tashkentskiy - 122, O’zbekistonda 1942 yildan boshlab hamma viloyatlarda tumanlashtirilgan. Sug’oriladigan yerlarda bo’yi 150 sm, sug’orilmaydigan sharoitda 100 sm. 1000 urug’ning vazni 3-3,5 g. Kechpishar, o’suv davri sug’oriladigan yerlarda 136 kun, lalmikorlikda 110 kun. Sug’oriladigan 111 yerlarda hosildorligi 17,3-20 s/ga. Urug’ida moy miqdori 56-61 %. Seraxskiy - 470, o’rtapishar, o’simlik bo’yi 60-100 sm. Kubanets - 55. Bo’yi 100-110 sm. Ertapishar. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling