O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Er yong’oq va moyli zig’irning biologik xususiyatlari
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Er yong’oq va moyli zig’irning biologik xususiyatlari.
Araxis yoki yeryong’oq – Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O’zbekistonda keng tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun sanoatida, meditsinada ishlatiladi. Kunjarasida 45 % oqsil, 8 % yog’ saqlanadi. Urug’laridan turli sharq shirinliklari, shokoladlar, holvalar, konservalar, tortlar va boshqa konditer mahsulotlari tayyorlanadi. Dukkaklari qovurilib bovosita iste’mol qilinadi. Urug’ida 60 % yog’, 35 % oqsil saqlanadi. SHuningdek, urug’ida vitaminlardan A, Ye, K, D saqlanadi. poya va barglari qimmatli oziqa. Dukkagining po’chog’idan izolyatsiya materiallari tayyorlashda, yonilg’i (o’tin) sifatida foydalaniladi. O’zbekistonda araxis dehqon xo’jaliklari, tomorqalarda ko’p ekiladi. Dunyo bo’yicha 22 mln gektar maydonni egallaydi. Eng ko’p Hindiston, Xitoy, Indoneziyada ekiladi. U Amerikaning tropik ham subtropik mamlakatlarida, Afrikada keng tarqalgan. Er yong’oqning vatani Janubiy Amerika, u yerdan Fillipinga, keyin Yaponiyaga va Xitoyga tarqalgan. Yevropaga Xitoydan keltirilgan shuning uchun uni Xitoy yong’og’i deb ham atashgan. O’zbekistonda asosan sug’oriladigan yerlarda ekiladi, hosildorligi 30-40 s/ga, Andijon nav sinash uchastkasida hosildorligi 61 s/ga yetgan. Botanik tahrifi. Yeryong’oq dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga kiradi. Bu turkumga 30 tur kiritiladi. Ular orasida madaniy va yovvoyi turlar bor. Eng ko’p ekiladigan tur Arachis hy’ogaea L., A.vulgaris L.madaniy yeryong’oq. Eryong’oq bir yillik o’tsimon o’simlik. Ildiz tizimi o’q ildiz va yon ildizlardan iborat, tuproqda 190 sm chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarida ko’p tuganaklar hosil bo’ladi. poyasi tik o’sadi, bo’yi 80 sm yetadi. Bitta poyadan 4 tadan 20 tagacha yon shox hosil bo’ladi. SHoxlari asosida yumaloq, uchida to’rt qirrali, tuklangan. Ikki xil shakli: tup va yotib o’suvchi shakllari bor. Tup shaklida o’sadigan o’simliklarning bo’yi o’rtacha 30-40 sm tik o’sadi, yer bag’irlab o’sadiganlariniki 20-25 sm, tup diametri 1 m yetishi mumkin. Barglari juft patsimon, murakkab, oval yoki teskari tuxumsimon shaklda, yashil yoki to’q yashil yaproqlardan iborat. Barg bandi va ya’rog’i tukli. Guli bitta yoki ikki-uchtadan bo’lib barg ko’ltig’ida joylashgan. Rangi sariq, to’q sariq. Guli o’zidan changlanadi. Yoryong’oqning yer usti poyasidagi gullardan boshqa, poyasining yer osti qismida mayda kleystogam gullari bor. Bu gullar rangsiz, ochilmaydi. Gul urug’langandan keyin, ko’p o’tmay, uchi o’tkirlashgan, naycha shaklidagi ginofor o’sa boshlaydi. Uchida urug’langan tuguncha bo’lgan ginofor o’sib 8-9 sm gacha chuqurga kiradi. Tuguncha gorizontal holatda o’sa boshlaydi, oqaradi, dukkakka aylanadi. Tuproqqa tegmay qolgan ginofor quriydi, meva hosil qilmaydi. 112 Mevasi - pillasimon yoki tsilindrsimon dukkak, bir necha joyi bukilgan, uzunligi 2-6 sm. Rangi somonsimon, yuzasi tursimon. po’chog’i dukkak vaznining 25-40 % tashkil qiladi. Tup shaklidagi o’simlikda dukkagi ildiz atrofida g’uj bo’lib joylashadi, yer bag’irlab o’sadigan shaklida tarqalib joylashadi. Dukkaklarni 1000 donasining vazni 500-1900 g. Dukkaklar chatnamaydi. Urug’i yumaloq, oval, chopzinchoq, bo’yi 1-2 sm, och pushti, och qizil, kul rang, 1000 donasining vazni 200-1200 g. O’rtacha 400-500 g. Biologiyasi. Yeryong’oq – issiqsevar o’simlik. Urug’lari 12 0 C haroratda ko’karib boshlaydi. Maysalari –1 0 C sovuqda, voyaga yetgani 2 0 S nobud bo’ladi. O’simlikning rivojlanishi uchun eng maqbul harorat 25-28 0 C. Harorat 12 0 C pasaysa mevalar hosil bo’lmaydi. Eryong’oq namsevar, issiqsevar qisqa kun o’simligi. Namga eng talabchan davri gullashni boshlanishidan mevalar hosil bo’lishining oxirigacha. Bu davrda namlikni yetishmasligi gullash va meva hosil bo’lishini to’xtashiga olib keladi, hosil keskin pasayadi. Ekishdan gullashgacha yeryong’oqni namga talabchanligi past, qurg’oqchilikka ham chiday oladi. Dukkaklarni pishishi bilan suvga bo’lgan talabi kamayadi. O’suv davri oxirida ortiqcha namlik o’suv davrini uzaytiradi, pishishni kechiktiradi. O’zbekistonda yeryong’oq unumdor, g’ovak, yaxshi ishlov berilgan, begona o’tlar bosmaydigan yerlarga joylashtiradi. Og’ir, sho’rxok va botqoq tuproqlar yeryong’oq uchun yaroqsiz. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda yaxshi o’sadi, yuqori hosil to’playdi. O’sish davri navlar, agrotexnikaga bog’liq holda 120-160 kun. Navlari. Tashkentskiy 112, tup shaklida o’sadi, dukkaklari yirik, ertapishar, serhosil. ‘rezuvan 4612, Jelud. 1998 yildan Qibray-4 navi Davlat reestriga kiritilgan. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling