O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Nazorat uchun savollar: 
1. 
Moyli o’simliklarning muhim vakillari qaysilar?
2. 
O’simlik moylari qurish darajasiga ko’ra necha guruhga bo’linadi? 
3. 
Kungaboqarning qanday turlari bor? 
4. 
Kungaboqarning vatani qaer? 
5. 
Kunjut nechanchi yildan O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekila 
boshlandi?
6. 
Er yong’oq O’zbekistonda qanday sharoitda ekiladi? 
7. 
Moyli zig’irning qanday navlarini bilasiz? 
8. 
Moyli zig’irdan yana qanday maqsadlarda foydalaniladi?
9. 
Maxsarning qanday sharoitda o’stiriladi?
10-mavzu. EFIR–MOYLI O’SIMLIKLAR 
Reja: 
1. Efir moylari haqida umumiy ma’lumot. 
2. Efir moylarining o’simliklarda to’planishi. 
3. Efir moyli o’simliklarning biologik xususiyatlari va ahamiyati. 


116 
Tayanch iboralar: efir moyi, efir moyli o’simlik, efir moyli o’simliklarning 
muhim turlari, marmarak kashnich, arpabodiyon, yalpiz, kiyiko’t, limono’t, achchiq 
shuvoq, tog’ rayhon.
Mavzuning maqsadi: Efir moyli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng 
tarqalgan turlari bilan tanishtirish, efir moyli o’simliklarning sistematik o’rni va 
o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Efir moylari haqida umumiy ma’lumot. Efir moyi deb o’simliklardan suv 
bug’i yordamida haydab olinadigan, o’ziga xos hid va mazaga ega bo’lgan 
uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbo’y hidli o’simliklar va 
ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklardan 
olingan xushbo’y suvlar, smolalar va efir moylari) qadimdan ma’lum. Odamlar bu 
mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib 
kelganlar.
O’rta asrlarda arablar o’simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va 
ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilardilar. 
XVIII asrdan boshlab efir moylarining xossalari va tarkibiy qismi o’rganila 
boshlangan bo’lsa-da, bu sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr 
boshlarida ayniqsa avj oladi. A.M.Butlerov va A.N.Reformatskiy (Rossiya), 
Gildemeyster va Gofman (Germaniya), Ye.E.Vagner (Polsha) va boshqa mashhur 
olimlar efir moylarini o’rganishga katta hissa qo’shdilar. 
Tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklar asosan Ukraina, Moldaviya, Gruziya, 
Tojikiston, Qirg’iziston respublikalarida, SHimoliy Kavkaz, Qrim, Voronej 
viloyatlarida ko’plab o’stiriladi. SHuningdek O’zbekiston florasi ham qimmatbaho 
efir moyli o’simliklarga juda boydir. 
O’simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo’ladi. U gul va meva, 
barg va yer ostki organlarida hamda o’simlikning butkul yer ustki qismida 
to’planadi. 
Efir moyining miqdori o’simliklarda 0,001—20 % bo’lishi mumkin. Bu 
moyning miqdori va tarkibiy qismi o’simlikning o’sish joyiga, rivojlanish davriga, 
yoshiga va naviga qarab o’zgarib turadi.
Efir moylari meva va sabzavot po’stlog’ida yig’iladi. Ziravorlar va ko’katlar, 
jumladan, petrushka, selderey, ukrop, estragon, bazilik, koriandr, mayoran (0,05 dan 
0,5% gacha, alohida hollarda 1% efir moylariga ega) aromatik moddalarga juda boy. 
Mandarin po’stlog’ida 1,8 –2,5% efir moylari mavjud, piyozda 0,05% -gacha, 
sarimsoqda qariyb 0,01%. Ko’plab meva va sabzavotda efir moylarining miqdori 
0,001% dan oshmaydi.
Efir moylari mevalarga hid beradi, inson organizmida esa oshqozon shirasi 
ajralishi va ovqatning yaxshi hazm bo’lishiga yordam qiladi. Efir moylari uchuvchan 
moddalar bo’lib, qaynatish vaqtida ma’lum qismi yo’qoladi. Efir moylarining 
aksariyati suvda erimaydi. Ular turli organik moddalarda eriydi. Ayrim sabzavotlar 
(piyoz, sarimsoq) ning efir moylari antibiotik xususiyatlarga ega.


117 
Efir moylari turli moddalar: terpenlar, aldegidlar, spirtlar aralashmasidan 
iborat. Urug’li mahsulotlarning efir moylarida uksus aldegidi, amil spirti va 
kislotalarining murakkab efirlari: chumoli, uksus, ka’ron, ka’ril efirlari mavjud. 
Behining murakkab efirlarini enant va pelargon kislotalari hamda etil spirti hosil 
qilgan. Shaftolining murakkab efirlari tarkibiga chumoli, valerian, ka’ril kislotalari 
va linalool bir atomli spirti kiradi. SHuningdek, linalool apelsin, bazilik hamda 
koriandr kabi xushbo’y ziravorlar tarkibida ham mavjud.
Sitrus mevalar, ukrop va selderey efir moylari tarkibi d- limonenga boy. Meva 
va sabzavotlarning efir moylari tarkibida terpenlarning hosilasi: sitral (sitrus 
mevalarda), karvon (petrushkada), pinen (petrushka va koriandrda), metilxavikol 
yoki estragol (petrushka va bazilikda) mavjud. piyoz va sarimsoqning efir moyida 
oltingugurtli birikmalar – S
6
N
12
S
2
, sarimsoq moyida esa bundan tashqari S
6
N
10
S
2

S
6
N
10
S
3
va boshqalar mavjud. petrushkaning efir moyida apiol nomli fenol efiri
mavjud.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling