O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Oshlovchi moddali o’t o’simliklar
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otquloq
Oshlovchi moddali o’t o’simliklar.
Tarkibida sanoat miqyosida foydalanish uchun yetarli mikdorda oshlovchi moddalar (tannidlar) bo’lgan o’simliklar – oshlovchi moddali o’simliklar deyiladi. Oshlovchi moddalar po’stloq, barg, yog’och va mevalar, asosan, ildiz hujayralarining parenximali vakuolalarida to’planadi. Tarkibidagi tannin miqdoriga qarab yuqori tanninli (tarkibida tannidlar —20% dan ko’p); o’rtacha tanninli (12— 20% gacha), kam tanninli o’simliklar (12% dan kam bo’lgan) guruhlariga ajratiladi. Oshlovchi moddali o’simliklarning ko’pchiligi tropik mintaqalarda, Janubiy Osiyo, Janubiy Amerika, Avstraliyada uchraydi. 127 O’zbekistonda oshlovchi moddalarga boy bo’lgan o’t o’simliklardan: otquloq, rovoch, akatsiya, jinchak, kermak (bo’yoqbop) o’sadi. Otquloq – Rumex. Qashqadaryoda otquloqning oddiy otquloq (Rumex acetosa), piramidasimon otquloq (R.Hyrsiflorus), Tyon-shon otqulog’i (R.Tianschanicus) va boshqa turlari keng tarqalgan bo’lib, ular cho’l, adir va tog’ zonalarida mayin, shag’al va tosh aralash mayin tuproqli tog’ yonbag’irlarida ayniqsa keng tarqalgan. B.N.Ovchinnikovni ma’lumotlariga ko’ra bu otquloq turining ildizida 26-30 % tannid moddasi bor. Undan tayyorlangan karmak teri mahsulotlarini oshlashda keng qo’llaniladi. Qashqadaryo tog’larida o’sadigan yana bir turi – R.cris’usning ildizida 22,28 % dan 25,5 % ga qadar tannid saqlanadi. Otquloq oshlovchi o’simlik sifatida mahalliy aholi qadimdan foydalangan. Oshlovchi moddalar bu o’simlik turining barcha organlarida mavjud. Qashqadaryo viloyatida tarqalgan turlarning barchasida tannid moddasi borligi aniqlangan (CHevrenidi S.X 1965). Ayniqsa ildiz po’stida uning miqdori 12 % dan 26 % gacha. Mahalliy aholi bu o’simlikni ko’nchilikdan tashqari sariq, qizg’ish- qo’ng’ir ranglar olish uchun qo’llaydi. Bu rang buyoqlar etikdo’zlikda, po’stinlar oshlash va rang berishda keng qo’llaniladi. Tyon-shon otqulog’ining ildiz sistemasi kuchli taraqqiy etgan bo’lib, u asosiy o’q ildiz va ildiz poyadan gorizantal holda ketgan qizg’ich ildizlar shakllanib undan otquloqning gorizontal holda joylashgan yer osti poya, so’ngra undan yer usti poya shakllanadi. Otquloq ildizi oshlovchi moddalar olinishidan tashqari muhim dorivor o’simlik ham hisoblanadi. U oshqozon-ichak, tomoq va terini turli-tuman kasalliklarini davolashda mahalliy aholi tomonidan keng qo’llaniladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling