O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karmak (kermek)
Ravoch – Rheum wittrochii. Ravoch Qashqadaryo viloyatining tog’li
rayonlarida ancha keng tarqalgan ko’p yillik, ulkan bargli, balandligi 50-60 sm bo’lgan o’tsimon o’simlik. Ildiz bo’g’zidan chiqqan bargi 30-40 sm kattalikda, yumaloq, uzun bandli. poya barglari bir qadar kichik, 5 qabirg’ali. Ko’pchilik hollarda o’simlikni bargi to’liq yetilganga qadar qizg’ich rangli, tukli. Gul to’plamida gullari siyrak joylashgan bo’lib, bir necha qismlardan iborat. Guli oq rangli yoki bir qadar qizg’ich rangli. Gul qo’rg’oni uzun tortgan. Mevasi tuxumsimon, uch qirrali, burushgan yong’oqchadan iborat. Ildiz sistemasi diametri 15-20 sm o’q ildiz bo’lib, undan hosil bo’lgan 6-8 yon ildizlar tuproq bag’riga 2 metrga qadar chuqurlashib boradi. Yon ildizlari u qadar yaxshi rivojlanmagan, asosiy o’q ildizdan 15-20 0 da burchaklashib chopzilgan. Ildizining po’stlog’i o’tkir qo’ng’ir rangli. Ildizi tarkibida 22 % ga qadar oshlovchi tannid modda mavjud. Uzoq vegetatsiya davriga ega bo’lib, ancha katta ildiz massasini yig’ishga qodir. Ildizining kimyoviy tarkibi aniqlanganda 21,85 % tannid va alkoloid, glyukozid, turli xil vitaminlar borligi ma’lum bo’lgan. Ravoch muhim oshlovchi o’simlik bo’lib, mahalliy aholi uni teri oshlashda, teri va turli-tuman matolarni 128 qo’ng’ir, qizil va qora ranglarda buyash uchun ishlatiladigan rang buyoq olish uchun ishlatiladi. Tekstil sanoatida matolarni bo’yash uchun tayyorlangan sintetik bo’yoqlarga qo’shish uchun o’simlikdan olinadigan tannidlar qo’llaniladi. Odatda sunhiy bo’yoqlarga 10 % dan 30 % ga qadar tannid-tabiiy bo’yoq qo’shiladi. SHunday qilinganda tekstil sanoatida ishlatiladigan bo’yoqlarning rangi tiniq bo’ladi va uzoq vaqt o’zgarmasligi bilan xarakterlanadi. Karmak (kermek) – Limonium meyeri. Kermekdoshlar (peumbaginaceae) oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Bo’yi 40-80 sm. Ildizi yo’g’on, barglari odatda ildiz bo’g’zida, qisman gulbandining eng pastki qismida joylashgan. Daryo uzani, sho’rlangan yerlar, sho’rxok tuproqlar va sug’oriladigan ekinzorlarda o’sadi. Kermeklar Lolium eng ko’p sonli turlarga ega turkumlardan. Uning 130 dan ortiq turi asosan O’rta yer dengizi floristik viloyatida tarqalgan. Kermek inson ehtiborini o’ziga jalb etgan oshlovchi o’simliklardan. Uning oshlovchi modda olinadigan ildizi u qadar uzun emas, tuproq sathidan 30-40 sm chuqurlikka qadar chuqurlashadi. Kermek iyul-avgust oyida gullab, sentabr oyida meva hosil qiladi. Mevasi Oktabr oyida pishib yetiladi. Kermekni bir tubida 1-2 poya, 2-12 ga qadar bargi bo’ladi. O’simlikning balandligi 35 sm, ildiz bo’g’zidan chiqqan barglar ancha uzun 15-20 sm ga qadar. Gul hosil qiladigan generativ poyasining bo’yi odatda 100-120 sm ga qadar. Olib borilgan kimyoviy analizlarning natijasiga qaraganda, tabiiy muhitda tarqalgan kermek tarkibida 18,7 % dan 21,1 % ga qadar oshlovchi tannid moddasi bor (CHevrenidi S.X 1965). Uning bargi tarkibida 3-5 % ildizi tarkibida esa 18-20 %tannid mavjud bo’lib, bu o’simlik teri oshlash, jun chit va shoyi matolarga rang buyoq berishda qo’llaniladi. Bu o’simlik Qashqadaryo vohasining cho’l zonasida, sho’r tuproqlarda tarqalgan bo’lib, ildizi tarkibida tannidning miqdori tuproq tarkibidagi turlarning miqdori bilan bog’liq. Kermekni oshlovchi moddalari terini elastiklik holatini oshiradi. SHu sababli bu o’simlikdan olinadigan oyoq kiyimlarni ostki qismi –tagravni oshlash uchun qo’llaniladi. Madaniylashtirish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining ko’rsatishicha (Toshkent botanika instituti A.Azimov 1965 y) kermek urug’i va ildiz tachkilari yordamida ko’payadi. Ildizi orqali ko’paytirilgan kermek ikkinchi yil gullagan va uning ildiz tarkibidagi tannidning miqdori 13-15 % ga teng ekanligi aniqlangan. Umuman olganda kermek sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan o’simliklardan, ammo tabiiy holdagi o’sish zahiralari keskin kamayib bormoqda. SHu sababli bu o’simlikni madaniylashtirish yo’li bilan uni inson xujumidan saqlab qolish zarur muammolardan. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling