O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Gailardiya grandiflora - murakkabguldoshlar oilasiga mansub bo’lib, o’z 
ichiga 20ga yaqin bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tsimon o’simliklarni 
birlashtiradi. Vatani – SHimoliy Amerika. poyalari tik, oddiy yoki shoxlangan, 
uzunligi o’rtacha 60 smgacha, barglari mo’l. Barglari butun yoki patsimon qirqilgan, 
oval yoki tuxumsimon, 5 sm dan 25 sm gacha, pastki barglari uzun bandli
tepadagilari o’troq (bandsiz). To’pguli – savatcha. Savatchaning diametri 13 sm 
gacha. Gulo’rni bo’rtib chiqqan, keyinchalik tsilindr shakliga kiradi. Savatcha 
chetidagi gullar pushtsiz, tilsimon, qizil, zarg’aldoq yoki malla rangda. Savatcha 
o’rtasidagi gullar — naysimon, ikki jinsli, sariq, qizg’ish-qora yoki malla rangda. 
Mevasi — uzaygan pistacha. pistachaning rangi oqish kulrang bo’lib, boyi 3-5 mm, 
pastki qismi uchli, tepa qismi tojga o’xshab kengaygan, yengil, shamol yordamida 
tarqalishga moslashgan. 1 g ida 450-520 dona urug’ bo’ladi. Urug’lar 2 yilgacha 
unuvchanligini saqlaydi. 
Gulchilikda G.aristata, G.pulchella turlari va ularni chatishtirish orqali 
olingan duragaylar keng qo’llaniladi. CHatishtirish orqali yaratilgan navlar umumiy 
nom bilan Gaillardia X hybrida deb ataladi. Ular istalgan gulzorni bezay oladi. 
Ko’p yillik manzarali o’simliklar. Ko’p yillik manzarali o’simliklar gulli 
manzara hosil qilishda muhim ahamiyatga egadir. O’simliklarning yer usti qismi har 
yili qishda nobud bo’ladi, ildizi yoki ildiz poyasi saqlanib qoladi. Bahorda esa undan 
yangi poyalar o’sib chiqadi. Ko’p yilliklar bir joyda bir necha yil o’sib gulzor barpo 
etish xarajatlari ham ancha kamayadi. 


142 
Bu gruppadagi o’simliklar urug’idan, ildiz va ildizpoyasidan, shuningdek, 
qalamcha qilib ko’paytiriladi. Ularga mansub bo’lgan shoyigulning ildizpoyasi, 
kartoshka gulning ildiz tugunagi ko’paytirish uchun qishda kavlab olinadi. piyozli 
(piyozgul, nargis, lola va boshqa), tugunakpiyozli (ilongul, zafar va boshqa) 
o’simliklar ham shu gruppaga mansubdir. 
Ko’p yillik manzarali o’simliklar juda ko’p bo’lib O’zbekiston shaharlarini 
ko’kalamzorlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’p yillik manzarali o’simliklari 
gruppasiga gulbaxmal yoki tugmachagul, akvilog, qo’qongul, xrizantemalar, 
moychechak, kartoshkagul, xrizantema, delg’finium, gaylardiya, gulsafsar, 
shoyigul, deklitra, nashagul va boshqalar kiradi. 
Umuman barcha ko’p yillik manzarali o’simliklar ikki gruppaga bo’linadi. 
SHu jumladan birinchi gruppaga mansublari qishni ochiq yerda o’tkazishi, ba’zilari 
usti yupqa narsa bilan berkitilganda bemalol qishdan chiqishi mumkin. Ikkinchi 
gruppaga mansub subtropik bo’lgan o’simliklar O’zbekiston sharoitida sovuq urib 
butunlay nobud bo’ladi. Ularga kartoshkagul, shoyigul va boshqa bir qancha nozik 
gullar kiradi. Bu xildagi o’simliklarning tugunak va ildizpoyasi qishda sovuq 
urmaydigan joyda saqlanishi kerak. 
Ko’p yillik manzarali o’simliklarning bir yillik o’simliklarga qaraganda 
afzalligi shundaki, ularning ko’pchiligi intensiv va uzoq vaqt ochilib turadi, ko’pda 
mehnat talab qilmaydi. Bir yillik o’simliklar parvarishi uchun esa har yili juda ko’p 
vaqt va mehnat sarflashga to’g’ri keladi. Ko’p yillik o’simliklar yaxshi parvarish 
qilinsa bir joyda bir necha yil ochilib turishi mumkin. SHunda ular sekin-asta 
bo’yiga o’sadi, ko’p ochiladi. Ko’p yillik manzarali o’tsimon o’simliklardan ma’lum 
bir rangda ochiladigan xillarini tanlash bir yillik o’simliklarga qaraganda ancha 
oson. Chunki, ko’p yillik o’simliklarni vegetativ yo’l bilan qalamchasidan, tupining 
bo’linishidan va parxish qilib ko’paytirish mumkin. 
Ko’p yillik o’simliklarning birinchi yilgi parvarish ishlari bir yillik 
o’simliklarning parvarishidan kam farq qiladi. Bunda asosiy farq shundaki, ko’p 
yillik o’simliklar urug’ini faqat bahorda emas, hatto avgustda ham ekish mumkin. 
Kuzda ochiladigan ko’p yillik o’simlik urug’lari esa, bahorda ekiladi. Bulardan 
ko’pchiligi ekilgan yiliyoq ochiladi. Bahorda yoki yozning birinchi yarmida 
ochiladigan ko’p yillik o’simliklar avgustda ekilishi mumkin. Yozda bevosita 
urug’idan o’stiriladigan o’simliklar tez avj olib, o’sib nihoyatda ko’p ochiladi. 
Bahorda ochiladigan o’simliklar kuzda ko’paytiriladi, yoz va kuzda 
ochiladiganlarini esa 6ahorda o’tqazish mumkin. 
Ko’p yillik o’simliklarni o’tqazishga mo’ljallangan yer parnik chirindisi, 
chiritilgan kom’ost bilan o’g’itlanishi kerak. CHunki bu xildagi o’simliklarni bir 
joyda 3—4 yil o’stiriladi. 
O’simliklarning keyingi parvarishi o’z vaqtida sug’orish, tagini yumshatib 
turish, begona o’tlardan toza tutish, o’simlik atrofini chopib yumshatishdan iborat. 
Kartoshkagul, xrizantema singari ba’zi bir ko’p yillik o’simliklarga tayanch-qoziq 


143 
kerak bo’ladi. Ma’lum uzunlikdagi tayanch-qoziq kartoshkasidan o’sib chiqqandan 
keyin qoqiladi. O’simlikning poyasi o’sishiga qarab qoziqqa boylab boriladi. 
Ba’zi bir ko’p yillik o’simliklar (korepsis, sentrantus, moychechak) poyasi 
gullab bo’lgandan keyin qirqib tashlanadi, CHunki bu xildagi o’simliklarning poyasi 
qirqilganda ularning gullash davri tezlashadi va anchaga uzayadi. 
Sovuqqa chidamsiz ko’p yillik o’simliklarni qishki sovuqdan saqlash uchun 
ularni kartoshkasi, ildizpoyasi va butun o’simlik tupi kavlab olinib, issiq binolarda 
saqlanadi. O’simlik kartoshkasi, ildizpoyasi (kartoshkagul, shoyigul) yerto’lada, 
quruq yerga ko’mib saqlanadi. Yerto’la temperaturasi + 3—5°S dan kam bo’lmasligi 
kerak. 
Butun yoz bo’yi bir joyda o’sadigan ko’p yillik o’simliklar tez-tez sug’orib 
turilishi kerak. Erta bahor yoki kuzda (ikki yilda bir marta) yaxshi chirigan mol 
go’ngi bilan qo’shimcha ravishda oziqlantiriladi. O’g’it yer yuzasidagi tuproqqa 
aralashtiriladi va o’simlik ildiziga xalal yetkazilmaydi. 
Turli xil ko’p yillik o’simliklarning bir joyda o’sib turish vaqti ham har xil. 
Ulardan ba’zi birlari bir joyda to’rt-besh yil o’stirilishi mumkin, sallagul singari ko’p 
yillik o’simliklar o’tqazilgandan 3—4 yil keyingina gulga kirib tez o’sishi, gullashi 
va o’sha yerda o’n yillab o’stirilishi mumkin. 
Ko’p yillik manzarali o’simliklar ko’proq yo’l yoqalarini, imoratlar oldini 
ko’kalamzorlashtirish uchun juda qo’l keladi. Ko’p yillik o’simliklar gulxonalarda, 
gulzorlarda, maysazor (gazon) da, istirohat bog’larida daraxtlar oralig’idagi ochiq 
yerlarni ko’kalamzorlashtirish uchun ham juda muhimdir. Istirohat bog’larida 
yorug’ tushadigan joylarda ular butalarga qaraganda ancha yaxshi manzara 
beradilar. 
Ko’p yillik o’simliklardan gulzor barpo qilishda shunga ehtibor berish 
kerakki, tanlangan gullar oldinma-ketin, bir tekisda to’xtovsiz ochilib tursin. 
Manzarali bog’dorchilikda ko’pincha chiroyli ochiladigan ko’p yillik 
o’tsimon suv o’tlaridan foydalaniladi. Suv o’tlariga lotus, oq nilufar, nimfoidus 
singarilar kiradi. 
Suv o’tlaridan gulsafsar ancha keng tarqalgan. Bu o’simliklar uncha chuqur 
bo’lmagan hovuzlarda bemalol o’sa oladi. CHunki, ildiz sistemasi hovuz tubiga 
tegib turishi kerak. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling