O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manzarali daraxt va butalar.
Shoyigul (Canna L.) – monotip hisoblangan Kannadoshlar (Cannaceae Juss.)
oilasiga mansub ko’p yillik, yo’g’on ildizpoyali o’t o’simlik. Turkum vakillari Amerika (qisman Janubi-sharqiy Osiyo va Xindiston) dagi tropik va subtropik zona tekisliklarida va 3000 m gacha bo’lgan tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Tabiiy sharoitda gumusga boy tuproqda, botqoqliklarda, daryo yoqalarida o’sadi. poyasi tik, yashil, qo’ng’ir yoki jigarrang, barg qinlariga o’ralgan, murakkab to’pgul bilan tugaydi. Barglari yirik, o’ta manzarali, yaltiroq, yashil, och-yashil yoki to’q qizil ranglarda. Barglarining uzunligi 60, eni 35 sm gacha. Gullari yirik, ikki jinsli, assimetrik, kalta gulbandi bilan shingilsimon to’pgulga yig’ilgan, qizil, pushti, sariq, targ’il va oraliq ranglarda. 144 Bir qancha tur va navlaridan Yevroosiyo va SHimoliy Amerikaning issiq va mo’tadil iqlimli xududlarida ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Gulsafsar (Iris L.) – iris – Iridaceae oilasiga mansub ko’p yillik, yo’g’on, gorizontal shoxlangan ildizpoyali o’t o’simlik. Ildizpoyasidagi yillik bo’laklar keskin ajralib turadi. 200 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. piyozbosh hosil qiladigan turlari ham uchraydi. Barglari qalin, qilichsimon, tik turuvchi yoki uzunchoq lansetsimon. Gullari yirik, ajoyib shaklda, o’ta manzarali. Tik, bahzan yarim tik o’qning uchki qismida pardasimon g’ilofdan chiqadi. Ko’plab forma va duragaylari mavjud. Duragay gulsafsar – mingdan ortiq navlarning umumlashtirilgan nomi. O’ta manzarali, ildizpoyali, ko’p yillik o’t o’simliklar. Manzarali daraxt va butalar. Shahar va qishloqlarimizning ko’rkam qiyofada ko’rinishida albatta manzarali daraxt va butalarning ahamiyati kattadir. Ularning asosiy qismini yapon saforasi, SHarq tuyasi, Qrim qarag’ayi, yasen, egmatut, majnuntol, hind sireni, mojjevelnik, Amerika zarangi, sliva, pisarda kabi daraxt va butalar tashkil etadi. Bularning aksariyati tez o’suvchi, sersoya va xushmanzarali daraxtlardir. SHuningdek, keyingi yillarda ko’p yillik, daraxtlar - dub, zarang, shamshod, shoyi albitsiyasi daraxtlarini ko’paytirishga ham ehtibor kuchaytirilgan. Chunki bu o’simliklar tabiiy muhitni mo’tadillashtirib, havoni zararli gaz va tutunlardan filtrlash bilan birga shaharning ko’rkiga-ko’rk qo’shadi, quyuq soya beradi. Har bir daraxtning o’z afzalligi, ahamiyati bor. Ba’zilari chiroyli bo’lsa-da, soyasi yetarli emas. SHu jihatdan qaraganda, qayrag’och, terak yoki kashtanning o’rnini archa bosa olmaydi. Yozning jazirama issig’ida bog’ va xiyobonlar, odamlar qadami uzilmaydigan yo’laklar soya-salqin bo’lishi uchun sershox, baland bo’yli daraxtlar ham kerak. Saraton kunlari akatsiya, gledichiya, chinor yoki baland bo’yli boshqa daraxtlarlarning quyuq soyasidan o’tganingizda harorat boshqa joylardagidan keskin farq qilishini sezasiz, vujudingiz orom oladi. Lekin negadir bunday daraxtlarga keyingi paytda qiziqish yo’qoldi. Ularning o’rnini ham igna bargli daraxtlar egallab olmoqda. Odamlar ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish uchun iqlim va sug’orish imkoniyatlariga, ehtiyoj va qiziqishlariga qarab muayyan daraxtlarni tanlaydilar. SHu tariqa daraxtlarning turlari ham ko’paya boradi. Ilgari shaharning yashil libosini asosan mevali daraxtlar hamda chinor, terak, tol, majnuntol, qayrag’och kabi manzarali daraxtlar tashkil qilgan. O’tgan asrda oq akatsiya, shumtol kabi baland bo’yli, sersoya daraxtlar ko’plab ekilgan bo’lsa, keyinchalik igna bargli daraxtlarga ehtibor kuchaydi. Yil bo’yi yashilligini deyarli yo’qotmaydigan archa, qarag’ay, mojjevelniklar yo’llar yoqasini bezay boshladi. Demografik tadqiqotlarni ko’rsatishicha cho’l rayonlarining yaxshi ko’kalamzorlashtirilgan joylarida aholi qo’nim yashayotganligi, aks holda esa boshqa joylarda ko’chib ketayotganligini ko’rsatmoqda. Bu esa sunhiy daraxtzorlar yaratish orqaligina yaxshi iqlim hosil qilishi lozimligini taqoza qiladi. 145 Aholi yashaydigan manzillarni ko’kalamzorlashtirish aslida uzoq tarixga ega bo’lsada, amalda esa u yaqin o’tmishda yahni ka’italistik davrda, fan texnika gurkirab taraqqiy etgan, yirik shaharlar barpo etilgan davrda yuzaga keldi. Ibtidoiy jamoa tuzumida ham, quldorlik tuzumida ham, o’rta asrda va feodalizmda ham ko’kalamzorlashtirish muammosi paydo bo’lmagan edi. Texnika va mashinalarning ixtiro etilmaganligi sababli bu bog’lar katta qo’l mexnati evaziga barpo etilgan edi. Yashil shahar daraxtzori iqlimni yumshatadi, havoning haroratini pasaytirib namligini oshiradi; shamol va shovqinni pasaytiradi. Fitonsitlar ajratish orqali atmosferani mikroblardan tozalaydi, barglar bilan ajratilgan chiqindilarni ushlab qolish evaziga tuproq va havoni ifloslanishidan saqlaydi. O’zbekistonda shaharlarning issiqlik sig’imi juda yuqori bo’lgan asfalt, temir- beton, g’isht, granit, marmar singari qoplamalari yozning jaziramasida iqlim hosil qilishda muhim o’rin egallaydi. Bularning asosiy sababi tik tushadigan quyosh radiatsiyasi bilan bog’liq. Ma’lumki yoz mavsumida ayni peshinda havo harorati 30- 40 gradus bo’lganida tuproq, asfalt, beton, tom va devorlarning janubiy va unga yonma-yon tomonlarida harorat 70-80 gradusga yetadi. Quyosh insolyatsiyasi davomida kuchli qizigan joylar yutilgan issiqlikni kechqurun va kechasi bilan tarqatadi. Oqibatda nafas olib bo’lmaydigan darajada noxush holat yuzaga keladi. Yashil daraxtzorlarning radiatsion haroratini tushirishdagi roli beqiyos. Xususan, yashnab o’sadigan daraxt radiatsion haroratni 35 gradusga daraxtzorlar esa haroratni 40 gradusga kamaytiradi. Havoning harorati ham daraxtlarda ancha pasayadi. Daraxtlar tagida harorat 2-3,5 gradus kam bo’lgan holda, yirik massivlar haroratni 16 gradusgacha pasaytiradi. Daraxtlarning bargi juda ajoyib xususiyatga ega. Turli o’simliklar turli darajada issiqlikni va quyosh spektrini yutishi, o’tkazish va qaytarish xususiyatiga ega. Daraxtlarning issiqlikdan himoya qilishi vazifasi ana shunday izohlanadi. Eng yaxshi salqinlikni odatda zich o’zaro gorizantal joylashgan shox-shabba hosil qiluvchi, baland bo’yli bo’lish evaziga tagidan shamol o’tib turuvchi, asfalt va betonda soya solib turuvchi daraxtlar hosil qiladilar. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling