O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi
Nazorat uchun savollar:
1. Manzarali o’simliklar deb qanday o’simliklarga aytiladi? 2. Manzarali o’simliklar qanday guruhlarga ajratiladi? 3. Bir yillik manzarali o’simliklarga qaysi o’simliklar misol bo’ladi? 4. Ko’p yillik manzarali o’simliklarga qaysi o’simliklar misol bo’ladi? 5. Ikki yillik manzarali o’simliklarga qaysi o’simliklar misol bo’ladi? 6. Qaysi daraxtlar manzarali hisoblanadi? 7. Manzarali butalar qaysilar hsioblanadi? 13-mavzu. YEM– XASHAK O’SIMLIKLAR Reja: 1. Yem-xashak o’simliklarining ahamiyati. 2. Yem-xashak o’tlar. 3. Donli ekinlar. 4. Don-dukkakli ekinlar. 5. Silosbop ekinlar. Tayanch iboralar: yem-xashak o’simliklar, yem-xashak o’simliklarning muhim turlari, yem-xashak o’tlar, donli ekinlar, don-dukkakli ekinlar, silosbop ekinlar, xashak, pichan, silos, senaj. Mavzuning maqsadi: Yem-xashak o’simliklarining O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, yem-xashak o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Yem-xashak o’simliklarining ahamiyati. Bizga ma’lumki, aholining chorva mollariga bo’lgan talabi kun sayin o’sib bormoqda. Respublikamizda shu muammoni hal qilishda ancha tadbirlar o’tkaziladi. Bu tadbirlarning asosiy yo’nalishi - yem-xashak bazasini yaratish. Bu ish jarayonida tashkiliy, xo’jalik va texnologik tadbirlar bajarilib chorvani ozuqalar bilan tahminlash imkoniyati yaratiladi O’simliklardan tayyorlanadigan ozuqalarga ko’kat, dag’al xashaki pichan, somon, senaj, silos, don, ildizmeva, tuganakmeva va poliz ekinlari mevalar, xazon, buta va yarimbutalarning bir yillik novdalari kiradi. Bu ozuqalarning orasida eng ko’p tarqalgan, arzoni - bu ko’kat. 148 - ko’kat tabiiy yaylovlar, pichanzorlar va maxsus ekilgan yem-xashak o’tlardan tayyorlanadi; - dag’al xashak ko’pincha tabiiy pichanzorlardan tayyorlanadi; - somon don ekinlarining poyasi bo’lib, mollarga ozuqa sifatida ishlatiladi; - senaj va silos - bu germetik usulda tayyorlangan ozuqalar bo’lib, qishda bu ozuqalar asosiy servitaminli, sersuvli ozuqalardir. - pichan dukkakli va qo’ng’irboshli o’tlardan tayyorlanadi, ozuqa hajmining 40 % ini egallab, chorvachilikdan eng ko’p qo’llanadigan ozuqa hisoblanadi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling