O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Ko’p yillik qo’ng’irboshli o’tlar
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Ko’p yillik qo’ng’irboshli o’tlar guruhiga ajriqbosh, yaltirbosh, mastak, erkak
o’t, oqso’xta, sudan o’ti, qo’noq kabi ekinlar kiradi. Dukkakli ekinlarga nisbatan bu o’tlarning to’yimliligi pastroq, ammo hosili yaxshi, tashqi muhitga chidamli yaxshi chim hosil qiladi. Va bir maydonda 5-7 yil hosil beradi. Ajriqboshning ko’katida 14%, yaltiroqboshda-13 % sudan o’tida-11 % oqsil bo’ladi. Qo’ngirboshli o’tlarda ko’kat, pichan, pichan uni senaj, silos tayyorlanadi. Tuproqda organik modda to’planadi. Tuproqni suv va shamol yemirilishidan himoya qiladi. SHaharlarda ko’kalamlashtirishda ham qo’llaniladi. Qo’ng’irboshli o’tlar yer yuzida keng tarqalgan. Yaylovlar barpo etishda o’tlar aralashmalarida qo’ng’irbosh o’tlar asosiy tarkibiy qism bo’ladi. Mollarni yaylovlatishiga bardosh beradi. Qo’ngirboshli o’tlar ko’p to’planadi, shuning evaziga vegetativ ko’payish ro’y beradi. Yangi rivojlangan ‘ollar o’z ildiziga ega bo’ladi. Yangi ‘ollar o’zaro yangi to’planib poya sonlari tez ko’payib boradi. To’planish davrida hosil bo’ladigan poyalar mahsuldor, to’la rivojlanmagan gul to’plamlar bilan vegetativ va gul to’plami mutlaqo rivojlanmagan serbargli vegetativ poyalar rivojlanadi. Ko’p yillik qo’ng’irboshli o’tlar biologiyasi bo’yicha kuzgi, yarim kuzgi va bahori guruhlariga bo’linadi. Kuzgi o’tlar yarovizatsiya davrini uzoq muddatda o’tadi, birinchi yili meva hosil qilmaydi, ikkinchi yili bir o’rim urug’ hosil va bir o’rim pichan olish mumkin. Bu guruhga oq so’xta kiradi. Yarim kuzgi o’tlarda yarovizatsiya davri o’rtacha muddatda o’tadi, bir mavsumda 2-ta urug’ o’rimi yetiladi. Bu guruhga erkak o’t va yaltirbosh kiradi. Bahorgi o’tlarda yarovizatsiya davri qisqa muddatda o’tadi, birinchi o’suv yilida urug’ beradi, keyingi yillarda 2-3 ta pichan o’rimi etiladi. Bu guruhga ajriqbosh, bug’doyiq, mastak turlari kiradi. O’tlarning hammasi uzun kun o’simliklar. O’tlar balandligiga qarab baland bo’yli, o’rta bo’yli va past bo’yli bo’ladi. To’planish darajasiga qarab g’avaktupli va zichtupli bo’ladi. O’tlarni orasida namsevar o’simliklar-bu ajriqbosh, qurg’oqchilikka chidamli va issiq sevar o’simliklar - erkak o’t, bug’doyiq. Ko’p yillar davomida hosil beradigan o’simliklar (10-15 yil bir yerda) - bu ajriqbosh, erkak o’t, yaltirboshdir. Bu o’simliklar sovuqqa chidamli bo’ladi. Urug’i -2-3°C unib chiqadi, qishlab chiqqandan keyin 5-7°C da o’sishi davom etadi, muqobil harorat 10-12°C. 150 Qo’ng’irbosh o’tlar har xil dala ekinlaridan bo’shagan yerlarga ekiladi. Ekish muddati beda kuz, bahor, yozda ekiladi. Eng muqobil ekish muddati-kuz. Tuproqqa ishlov berish beda texnologiyasiga o’xshaydi. Ekish usuli - yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab, sof holda yoki dukkakli o’tlar bilan birga qo’shib ekiladi. Ekish chuqurligi 1-3 sm, ekish meyori: a) ajriqbosh-8-10mln.dona\ga, b) yaltirbosh-4 mln.dona, v) oq so’qta - 6-7 mln.dona d) mastak-3-4 mln.dona, g) erkak o’t - 4-5 mln. dona urug’ olish uchun keng qatorlab ekiladi, shunda ekish meyori: ajriqboshda 4-5 mln. dona yaltirboshda -2 mln.dona, yerkak o’t-2-3 mln.dona oqso’qtada-3-4 mln.dona, mastak-2-3 mln.dona Tez ko’kartirib olish uchun urug’ ekilgandan boshlab sug’oriladi. Har o’rimi 1-3 marataba sug’oriladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling