O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Ikki yillik manzarali o’simliklar


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Ikki yillik manzarali o’simliklar. Ikki yillik manzarali o’tsimon o’simliklar 
gruppasiga ko’proq ikkinchi yili ochiladigan va urug’ beradigan o’simliklar 
kiritiladi. CHinnigullar (turetskaya), peristaya (pat shaklidagi), grenadin, 
shuningdek, qo’ng’iroq gullar janubiy viloyatlarning qulay sharoitida ikki yildan 
ortiq umr ko’rishi mumkin bo’lsa ham, yahni ular boshqacha aytganda, ko’p yillik 


141 
o’simliklardan hisoblansalar ham xush manzara hosil qilish amaliyotida ulardan ikki 
yillik o’simlik sifatida foydalaniladi. Bu gruppadagi barcha manzarali o’simliklar 
urug’dan ko’paytiriladi. 
Bu gruppadagi hamma o’simliklar O’zbekiston sharoitida qishni bemalol 
o’tkaza oladi. Erta bahorda ularning o’sishi tezlashadi, yozda uzoq vaqt ochilib 
turadi. Lekin qish sovuq kelgan yillarda ularning ba’zilari nobud bo’lishi, issiqroq 
bo’lganda esa deyarli ko’karib turishi, hatto ochilishi (kapalakgul, dastargul) 
mumkin. O’rta Osiyoda keng tarqalgan ikki yillik manzarali o’simliklar kapalakgul, 
bo’tako’z, shirinmurch, qo’ng’iroqgul, dastargul, nezabudki, enotera, «shaba» 
chinniguli va boshqalardir. 
Rudbekiya (Rudbeckia) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bo’lib, o’z 
ichiga 40 ga yaqin bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tsimon o’simliklarni 
birlashtiradi. Vatani – SHimoliy Amerika. Ko’p yillik, ayrim turlari bir yillik va ikki 
yillik o’tsimon ildizpoyali o’simlik. poyalari tik, oddiy yoki shoxlangan, uzunligi 
o’rtacha 50 smdan 3 metrgacha (ayrim turlarida), barglari mo’l. Barglari butun yoki 
patsimon qirqilgan, oval yoki tuxumsimon, 5 smdan 25 smgacha, pastki barglari 
uzun bandli, tepadagilari o’troq (bandsiz). To’pguli – savatcha. Savatchaning 
diametri 15 smgacha. Gulo’rni bo’rtib chiqqan, keyinchalik tsilindr shakliga kiradi. 
Savatcha chetidagi gullar pushtsiz, tilsimon, sariq, zarg’aldoq yoki malla rangda. 
Savatcha o’rtasidagi gullar — naysimon, ikki jinsli, sariq, qizg’ish-qora yoki malla 
rangda. Mevasi — uzaygan pistacha. Urug’lari mayda, to’q-kulrang, yaltiroq. 1 gr 
ida 1800 dona urug’ bo’ladi. Urug’lar 2-3 yilgacha unuvchanligini saqlaydi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling