O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
-mavzu. OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi
11-mavzu. OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI O’SIMLIKLAR Reja: 1. Oshlovchi moddalar haqida ma’lumot. 2. Oshlovchi moddali o’t o’simliklar. 3. Oshlovchi moddali daraxt va butalar. Tayanch iboralar: Oshlovchi modda, tannid, tannidli o’simliklar, tannidli o’simliklarning muhim turlari, oshlovchi moddali o’t o’simliklar, oshlovchi moddali daraxt va butalar. Mavzuning maqsadi: Oshlovchi moddali o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, tannidli o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Oshlovchi moddalar haqida ma’lumot. Oshlovchi moddalar mevalarga bog’lovchi taxir maza beradi. Ularga tyorn (1,6% gacha), behi (1% gacha), qizil (0,6% gacha), yovvoyi olma va nok mevalari boy. Meva va sabzavotning ko’pchiligi esa 0,1–0,2% oshlovchi moddalarga ega. Sabzavotlarda ular ancha kam. Oshlovchi moddalar asosan mevaning po’stlog’ida bo’ladi va bakteritsid xususiyatga ega. Kimyoviy tarkibi bo’yicha oshlovchi moddalar polifenollar guruhiga kiradi. Ularning molekulyar massasi 600 dan 2000 gacha yetadi, gidrolizlanuvchi va kondensatlanganlarga bo’linadi. Gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar glyukoza va fenol kislotalari (galli, protokatex) hosil qilgan murakkab efirlar hamda galli va protokatex kislotalari hosil qilgan moddalar majmuasidan iborat. Bu guruhga tanaza fermenti ta’siri ostida hamda kislotalar ta’sirida gidrolizlanuvchi tanin kiradi. Taninning bir molekulasi parchalanishi natijasida bir molekula glyukoza va glyukozaning barcha gidroksil guruhi o’rniga joylashgan besh molekula galli yoki metadigalli kislotasi hosil bo’ladi: Galli kislotasi protokatexon kislotasi Metadigalli kislotasi Kondensatlangan oshlovchi moddalarga katexinlar kiradi. Ularda yadrolar mavjud bo’lib, ushbu yadrolar uglerod atomlari yordamida o’zaro bog’langan. Ular efir bo’lib gidrolizlanmaydi. 126 Mevalarda katexinlar erkin holatda yoki galli kislotasining murakkab efirlari ko’rinishida bo’ladi: Katexin Oshlovchi moddalarni havodagi kislorod ferment ishtirokida oksidlaydi. Oksidlanish natijasida jigarrang yoki qizil rangdagi flobafenlar hosil bo’ladi. Jarayon tez o’tadi va mevani qayta ishlash vaqtidagi qorayishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. A.N.Bax nazariyasiga binoan polifenol birikmalarining oksidlanishi quyidagi sxema asosida o’tadi. Oson oksidlanish xususiyatiga ega to’yingan birikmalar (R) ‘erekisi hosil qiladi, u esa peroksidaza fermenti ta’siri ostida polifenollar (V) ni oksidlaydi. Natijada quyidagi qaytish reaktsiyasi ro’y beradi: Oshlovchi moddalar oksidlanishi natijasida meva qorayishini bartaraf etish uchun ularni havo kislorodi bilan ta’sirga kirishishdan saqlash yoki ferment sistemasini parchalash chorasini ko’rish kerak. Meva qorayishiga oshlovchi moddalarning temir oksidi tuzlari bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishi ham sabab bo’lishi mumkin. Bunda gidrolizlangan oshlovchi moddalar ko’k sharpali, kondensatlangan oshlovchi moddalarniki esa yashil sharpali qora rang beradi. Qalay tuzlari bilan reaktsiyaga kirgan oshlovchi moddalar pushti rang birikmalar hosil qiladi. Uzoq isitish natijasida oshlovchi moddalarning qizil rangi yuqori molekulali birikmalar hosil qilib, kondensatsiyalanish ro’y beradi. Oshlovchi moddalar suvda yaxshi eriydi. Oqsil moddalar bilan ular erimaydigan birikmalar (tanatlar) hosil qiladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling