O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Dorivor issop — labguldoshlar oilasiga kiradi. O’tkir hidli, ko’p yillik, bo’yi 
85—90 santimetr bo’lgan, doim yashil chala buta. Ildizi o’q ildizli. poyasining 
asosiy qismi yog’ochlangan, shoxlangan 4 qirrali. Barglari qarama-qarshi 
joylashgan, bandsiz yoki kalta bandli lansetsimon yoki chiziqsimon, chetlari bir oz 
pastga qayrilgan. Uning gullari siyoh rang, pushti rang barglar oralarida 3—7 tadan 
soxta mutovkalarga to’plangan. Mutovkalar boshoqsimon, uzunligi 20—22 
santimetrga boradigan soyabonlarni tashkil qiladi. Mevasi 4 ta aniqmas qirrali, 
tuxumsimon yong’oqchadan iborat. Uzunligi 2,5—3 mm bo’lib, yong’oqchalarning 
usti notekis, rangi to’q-qo’ng’ir yoki qo’ng’ir qora. 
Geografik tarqalishi. Dorivor issop Qrim, Kavkaz, Moldova, Janubiy 
Yevropa, O’rta Yer dengizi atroflaridagi mamlakatlarda hamda O’rta Osiyo 
mamlakatlarida o’stiriladi. 
Kimyoviy tarkibi. Bargida 0,90—1,98 foiz efir moyi, oshlovchi moddalar
kislotalar va gulida flavonoid-diosimin C
34
H
44
O
6
, issopin va glyukoza bor. Efir 
moyi tarkibida a va b ‘inyanlar, 1- ’inokamfon, 1- ’inokamfeola va uning uksus 
efirlari aldegin, kamfen, seniol, uksus kislotasi, spirt aralashmalari va 
seskviterpenlar tutadi. 
Dorivor issopning efir moyi farmatsevtikada asosan surtmalarning, qisman 
sirtga ishlatadigan boshqa dorilarning hidini yaxshilash uchun ishlatiladi. Efir moyi 
antiseptik xususiyatga ega bo’lganidan kuygan joylarni tuzatuvchi vosita sifatida 
foydalaniladi. Tibbiyotda ko’krak organlari, nafas siqilishi, bronxit va bronxial 
astma kasalliklarni tuzatishda ishlatiladi. Issop moyi oziq-ovqat sanoatida keng 
foydalanib kelinmoqda. 
Nazorat uchun savollar: 
1. 
Efir moylari qanday modda? 
2. 
Efir moylari o’simliklarda qaysi vaqtda to’planadi? 
3. 
Efir moylarining o’simlik uchun ahamiyati qanday? 


125 
4. 
Efir moyli o’simliklarga qaysi o’simliklar misol bo’ladi? 
5. 
Efir moyli o’simliklarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati qanday? 
6. 
Efir moylarining tibbiyot uchun ahamiyati qanday? 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling