O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Shotut – Morus nigra. SHotutning bo’yi 10-35 metrgacha boradigan daraxt 
bo’lib, tanasining po’stlog’ida yoriqlari bor. Barglari poyasiga navbatma-navbat 
joylashgan, yuraksimon yoki dumaloq, tuxumsimon, yaxlit yoki bo’laklarga 
bo’lingan, tishli, ikki tomoni g’adir-budir. Urug’chi boshoqlari deyarli bandsiz 
bo’lib, keyinchalik qora rangli mevalarga aylanadi.Viloyatimizda ko’proq tog’li 
tumanlarda uchrab, mevasi iyun oylaridan to kech kuzgacha yetilib pishaveradi.
SHotutning geografik tarqalish areali Makaziy Osiyoning hamma 
respublikalarida, Kavkaz va boshqa joylarda qadimdan ekiladi. SHotutning xalq va 


130 
zamonaviy tibbiyotda ishlatiladigan qismi barglari, ildiz va tanasining po’stlog’i 
mevalaridir. 
Kimyoviy tarkibi tanasining po’stlog’i, yog’ochi va barglarida oshlovchi va 
bo’yoq moddalar (morin degan pigment) bor. Barglarida talaygina miqdorda vitamin 
S bo’ladi. Mevasi ko’ngil ochar, shirin mazali, sersuv bo’lib, unda 12 foizgacha qand 
moddalari, erkin holdagi olma va limon kislotalari, yelim moddasi, biroz oqsil
temir, glyukozidlar, xolin, bo’yoq moddalari, pektin va boshqa moddalar bor.
Markaziy Osiyoda shotut mevalari jilonjiyda bilan birgalikda skarlatina va 
difteriya kasalliklarida qo’llaniladi, shuningdek siydik haydaydigan va chanqoqni 
yaxshi bosadigan vosita tariqasida ishlatiladi, isitma vaqtida, gipertoniya va qandli 
diabetda ham buyuriladi. Og’izdagi yara chaqalarga davo qilish uchun og’izni shox 
tut mevalaridan tayyorlangan qaynatma bilan chayiladi. Bundan tashqari, quritilgan 
po’stlog’ini yangib, kunjut moyiga qarshitiriladi-da, badandagi yara-chaqalar, qo’tir 
bo’lgan joylarga masham qilib qo’yiladi, bunday joylarga shox tutning yangi 
barglarini ham qo’yish mumkin. SHotut mevalari ho’lligicha va qoqi hamda iste’mol 
qilinadi.
Ibn Sino shotut barglarini va bularning suvini og’iz va tomoqdagi o’smalarga, 
ichburug’ga dahvo qilish uchun ishlatgan, siydik haydaydigan, zaharlar kuchini 
kesadigan vosita tariqasida buyurgan. Uning fikricha, barglaridan ezib olingan suv 
(25 gr miqdorida) qoraqurt chaqqan odamlarga yaxshi davo bo’ladi. SHotut, qora 
anjir barglarini yomg’ir suvida qaynatib keyin shu suvga bosh yuvilsa, soch 
qorayadi. Ibn Sino ma’lumotlariga qaraganda, shotut mevasining suvsi yoki kokisi 
og’izda o’smalar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi, barglari esa astma va anginaga 
davo bo’ladi. SHotutning poyasida 16-24 % bargi va ayniqsa mevasi ko’nchilikda 
va rang buyoq olishda keng qo’llaniladi. Uning po’stlog’i va ildizidan olinadigan 
tannid teri oshlashda, bargi va mevasi esa parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida 
keng qo’llaniladi. 
Tutning barcha turlarining mevasi, bargi, poyasi va ildizi tarkibida tannid 
moddasi bor. Uning miqdori tut po’stida 12,67 %, yog’ochi tarkibida 14,12 % ga 
qadar. Bundan tashqari qora tut - (Morus nigra) ning mevasida qizil va jigar rang 
buyoq rang olinib, u parfyumeriya, oziq-ovqat sanoatida turli-tuman ichimliklarga 
rang berish va to’qimachilikda atlas, shoyi va chitdan tayyorlangan kiyim-
kechaklarni buyashda ishlatiladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling