O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Moyli o’simliklarning umumiy tavsifi.
Nazorat uchun savollar:
1. Saponin qanday modda? 2. Saponinli o’simliklar deganda qaysi o’simliklarni tushunasiz? 3. Saponinli o’simliklarning ahamiyati qanday? 4. Qaysi o’simliklar saponinli o’simliklar hisoblanadi? 5. Saponinli o’simliklarning qaysi organlari ishlatiladi? 6. Qaysi saponinli o’simlik turi “Qizil Kitob” ga kiritilgan? 9-mavzu. MOYLI O’SIMLIKLAR Reja: 1. Moyli o’simliklarning umumiy tavsifi. 2. Kungaboqarning biologik tavsifi va ahamiyati. 3. Kunjutning biologik tavsifi va ahamiyati. 4. Yer yong’oq va moyli zig’irning biologik xususiyatlari. 5. Maxsarning biologik xususiyatlari va ahamiyati. Tayanch iboralar: moyli o’simlik, moyli o’simliklarning muhim turlari, kungaboqar yog’i, kunjut yog’i, zig’ir moyi, maxsar, yeryong’oq, moyli zig’ir. Quriydigan moy, yarim quriydigan moy, qurimaydigan moy. Mavzuning maqsadi: Moyli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, moyli o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Moyli o’simliklarning umumiy tavsifi. O’simlik moylari hayvon yog’lari bilan bir qatorda oziq-ovqat ahamiyatiga ega. O’simlik moyi bevosita oziq-ovqatga 104 ishlatiladi va konserva, konditer, non tayyorlashda, shuningdek margarin, olif, stearin, linoleum, lak, bo’yoq sanoatida, moylash materiali sifatida, meditsinada foydalaniladi. Moyli ekinlarning urug’larini qayta ishlab moy olishda hosil bo’lgan kunjara va shrot oqsilga boy (35-40 %) sifatli ozuqa. Ularning ko’pchiligi qimmatli asal beruvchi o’simlik. O’simlik moyi uch atomli spirt glitserin va yog’ kislotalarining murakkab efiri hisoblanadi. Oqsil va uglevodlarga nisbatan yog’lar (o’simlik moyi) ko’p kaloriya saqlaydi. 1 g o’simlik moyida 39,8 kJ, 1 g oqsilda 18,4-23, 1 g uglevodlarda 16,7- 17,6 kJ energiya saqlanadi. Turli moyli ekinlarning urug’lari va mevalarida, yog’ miqdori turga, navga, tuproq iqlim sharoiti, qo’llanilgan agrotexnikaga bog’liq holda 25 dan 63 % o’zgaradi. Ko’pgina o’simlik moylari havodagi kislorodni biriktirib quriydi va qattiq elastik massaga aylanadi. Yog’ning qurish xususiyati uning muhim sifat ko’rsatkichlaridan biridir. Moy tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalarini miqdori yod soni bilan belgilanadi va 100 g moyga birikkai yodni gramm miqdori bilan ifodalanadi. Yod soni qancha ko’p bo’lsa moyni qurish xususiyati shunchalik yuqori bo’ladi. Hamma o’simlik moylari qurish darajasiga qarab uch guruhga bo’linadi: - Quriydigan (yod soni 130 ortiq) - asosan texnikaviy maqsadlar uchun ishlatiladi. Zig’ir, perilla, lyallemantsiya moylari shu guruhga kiradi. - Yarim quriydigan (yod soni 95 dan 130 gacha) moylarga - soya, kunjut maxsar, kungaboqar, raps, xantal moylari kiradi. Ular asosan oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi. - Qurimaydigan (yod soni 95 dan kam) - moylarga yer yong’oq hamda, kanakunjutlarniki kiradi. Oziq-ovqat va texnikaviy moylarda erkin yog’ kislotalarining kam bo’lishi uning sifatli ekanligini belgilaydi. Erkin kislotalar miqdori moydagi kislota soni bilan belgilanadi va. 1 g moydagi erkin kislotani neytrallash uchun sarflangan o’yuvchi kaliyni mg hisobidagi miqdori bilan aniqlanadi. Moyni kislotaligi urug’ning pishganligi, hosilni yig’ishtirish sharoiti, saqlashga bog’liq. Oziq-ovqatga ishlatiladigan moy o’tkir hidli bo’lmasligi va og’riq paydo qilmasligi lozim. O’simlik moyini sovunlanishi 1 g moydagi erkin hamda glitserin bilan bog’langan yog’ kislotalarini neytrallash uchun sarflangan mg hisobidagi o’yuvchi kaliy miqdori bilan aniqlanadi. Juda ko’p o’simlik moylari uchun sovunlanish soni 170-200. O’simlikda yog’lar asosan urug’da va mevalarda to’planadi. Urug’larni pishishida erkin yog’ kislotalari ko’p hosil bo’ladi va ular keyinchalik glitserin bilan birikadi. pishmagan urug’lar moyining kislotaligi yuqori. Issiq iqlim sharoitida to’yingan yog’ kislotalar miqdori ko’p bo’lib moyda yod soni kam, salqin iqlimda to’yinmagan yog’ kislotalari ko’p bo’ladi va yod soni ortadi. O’simlik moylari orasida oziq-ovqat uchun foydalanishi va yalpi ishlab chiqarishi bo’yicha birinchi o’rinda soya, ikkinchi kungaboqar, keyingi o’rinlarda yeryong’oq, paxta, raps, zaytun, kunjut, makkajo’xori, maxsar moylari turadi. 105 Oziq-ovqatga dog’lanmagan (qizdirilmagan), tozalangan, salat o’simlik moylarini ishlatish organizmda, xolesterin moddasini to’planishini oldini oladi, qon tomirlarini elastik, terini mayin va nozik bo’lishini tahminlaydi, ajinlar paydo bo’lishini oldini oladi. Norvegiya Miya instituti olimlari miya uzoq vaqt davomida faol va yosh bo’lib qolishi uchun har kuni ikki osh qoshiq o’simlik yog’ini iste’mol qilish kerakligini isbotladi. SHuningdek, o’simlik yog’lari A (teri, ko’rish qobiliyati va immunitet uchun zarur bo’lgan) va E (antioksidant, infektsiyalardan himoya qiladi) vitaminlariga boy. Quyida ehtiboringizga 7 ta eng foydali o’simlik yog’ini taqdim etamiz: Zaytun yog’i. Ushbu yog’ning etiketkada ko’rsatiladigan kislotalilik darajasiga ehtibor qarating. U qanchalik past bo’lsa (0,8%gacha), yog’ shunchalik yuqori sifatli hisoblanadi. Zaytun yog’ini Qadimgi Yunonistonda “suyuq oltin” deb atashgan. Unda olein kislotasi juda katta miqdorda mavjud. Zaytun yog’i qizdirilganida kanserogenlarni deyarli hosil qilmaydi. Kungaboqar yog’i. Letsitin moddasining eng yaxshi manbai. Ushbu moddabolaning asab tizimi shakllanishiga yordam beradi, katta yoshda esa aql faolligi varavshanligini saqlaydi. SHuningdek, letsitin anemiya va stresslarda kuchlarnitiklashga yordam beradi. Makkajo’xori yog’i. U organizmdagi xolesterin almashinuvini juda yaxshitartibga soladi. “Yomon” qattiq yog’larning parchalanishiga yordam beradi. Makkajo’xori yog’ida fosfor hosilalari, yahni fosfatidlar bo’lib, ular miya uchun juda foydali hisoblanadi. SHuningdek, ushbu yog’ tarkibidagi nikotin kislotasi (PP vitamini) yurak-qon tomirlarining o’tkazish xususiyatini yaxshilaydi. Xantal yog’i. O’zining bakteritsid xususiyatlari sababli nimagaqo’shilgan bo’lsa, o’sha mahsulotning uzoqroq saqlanishiga, yaralar va kuygan joylarning tezroq bitib ketishiga yordam beradi. Xantal yog’i isituvchi va yumshatuvchi xususiyatlarga ham ega bo’lib, bronxit va anginalar paytida u bilan ingalyatsiyalar qilish foydali. Biroq bu yog’ni ovqatga ko’p ishlatib bo’lmaydi. O’zining foydali xususiyatlariga qaramasdan, xantal yog’i tarkibida organizmdagi ovqat hazm qilish fermentlari tomonidan parchalanmaydigan kislotalar mavjud. Zig’ir yog’i. O’simlik yog’lari orasida eng past kaloriyali bo’lib,ozish uchun mo’ljallangan parhezlarda foydalaniladi. Jigardagi toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Tarkibidagi Omega-3 kislotasi miqdori bo’yicha baliq moyini ortda qoldiradi. Zig’ir urug’ida nitratlarni (masalan, sotib olingan meva va sabzavotlardagi) yo’q qiluvchi antioksidant mavjud. Kunjut yog’i. Tarkibidagi kalsiy moddasi bo’yicha yog’lar orasida chem’ion hisoblanadi. Uni ayollar yog’i ham deyishadi. Ushbu yog’, ayniqsa, homiladorlik davrida va gormonal o’zgarishlar paytida juda foydali. Qalqonsimon bez va podagra (bo’g’imlardagi zararli tuzlarni chiqaradi) kasalliklarida ahvolni yaxshilashga yordam beradi. Ammo kunjut qonning quyilish xususiyatini kuchaytiradi. SHu bois 106 yurak kasalliklari va varikozga chalingan odamlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari zarur. Qovoq yog’i. Rux moddasining ajoyib manbai. Ushbu modda esaerkaklarda testosteron gormonining ishlab chiqilishiga yordam beradi. Qovoq yog’ini zaytun yog’i bilan aralashtirib, salatlarga qo’shish mumkin. Biroq bu yog’da qovurish tavsiya etilmaydi – ovqatingiz kuyib ketishi va undan yoqimsiz hid kelib turishi mumkin. Bundan tashqari, qovoq yog’ida selen moddasi ko’p. Yilning sovuq davrida u immunitetni oshiradi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling