O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuksiz (oddiy) qizilmiya (chuchukmiya, shirinmiya)
Er bag’irlagan temirtikan
tuyatovondoshlar oilasidan. Temirtikan poyasining uzunligi 10-100 sm ga etadigan, asos qismidan shoxlangan, tukli, yotib o’suvchi bir yillik o’t o’simlik. Barglari 5-8 juft bargchalardan tashkil topgan, mayday yondosh bargchali juft patli murakkab bo’lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama – qarshi joylashgan. Gullari mayda, sariq rangli, besh bo’lakli va kalta bandli bo’lib, yakka – yakka holda barg qo’ltig’iga o’rnashgan. Mevasi – pishganda besh (yoki 2- 4) ta yulduzsimon joylashgan uchburchak ponasimon, qattiq, 2-4 tikonli yong’oqlga ajraladigan quruq to’p meva. Aprel-may oylarida gullaydi, iyun-iyulda mevasi ko’p pishadi. Ishlatilishi. Dorivor preparatlari aterosklerozga qarshi, qondagi xolesterinning miqdorini kamaytirish va siydik haydash ta’siriga ega hamda mehda shirasini kamayish hollarini davolashda yahshi natijalar olingan. Trubusponin preparati aterosklerozni (umumiy, miya va yurak-qon tomirlari sklerozini) davolash uchun ishlatiladi. Tribusponin (mahsulotining steroid saponinlar yig’indisi) tabletka holida chiqariladi. Tuksiz (oddiy) qizilmiya (chuchukmiya, shirinmiya) – Dukkakdoshlar oilasidan. Qizilmiya ko’p yillik, bo’yi 50-100, bahzan 150 sm ga yetadigan, yer ostki qismi kuchli taraqqiy etgan o’t o’simlik. Ildizpoyasi ko’p boshli, yohg’on, bo’lib hamma tomonidan yer ostida gorizontal joylashgan, ychi kurtak bilan tamomlanuvchi novdalar va pastga qarab bitta asosiy vertical o’q ildiz o’sib chiqadi. Asosiy o’q ildizning uzunligi 4-5 m bo’ladi. poyasi bir nechta, tik o’suvchi, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, tukli bo’lib, mayda nuqtasimon bezlar yoki mayda tikanlar bilan qo’langan. Bargi toq patli murakkab, 3-7 juft bargchalardan tashkil topgan. Bargchasi ellipssimon, chopziq-tuxumsimon yoki lancetsimon, tekis qirrali, yo’ishqoq bezlar bilan qo’langan, Qo’shimcha barglari mayda, lancetsimon bo’lib, tezda to’kilib ketadi. Gullari qiyshiq, barg qo’ltig’idan chiqqan shingilga to’plangan. Gulkosachasi naychasimon, 5 ta lancetsimon o’tkir tishli, gultojisi oqish 101 binafsha rangli bo’lib, kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, 9 tasi bir- biriga birlashgan, o’ninchisi birlashmagan. Onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi – pishganda ochilmaydigan yoki poyasi qurigandan so’ng ochiladigan dukkak. Iyun-avgust oylarida gullaudi, mevasi avgust – setyabrda etiladi. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 24% gacha glucirrizin (uch asosli gliciririzin kislotaning kaliyli va kalciy tuzi) bo’ladi. Glicirrizin glikozidlarga o’xshash modda bo’lib, triter’in saponinlarga kiradi. U qandga nisbatan 40 marta shirin, gidrolizlanganda qand o’rniga ikki molekula glyukuron kislota (shuning uchun xaqiqiy glikozid emas) hamda bir asosli glicirretin kislota (aglyukon) hosil qiladi. Qizilmiya ildizida yana 28 taga yaqin (4% atrofida) flavonoidlar (likviritin, likviritozid, izolikviritin, likurozid, lakrozid glabrozid, izoglabrozid glikozidlari va ularning aglikonlari), glycerin va glikozarin (2-metil-7-oksi-8-acetil-izoflavon) birikmalari, 2-4% achchiq modda, triterpenoid-oleanan, efir moyi, vitamin C, as’aragin, 6-34 % kraxmal 20% gacha mono va disaxaridlar, pektin va boshqa moddalar bor. Qizilmiyaning yer ustki qismi flafon glikozidlarga bor. Undan kvercetin, izokvercetin, kem’ferol, astragallin, izoramnetin, folerozid, glifozid, saporetin, viteksin, glabranin va boshqa flavonoidlar ajratib olingan. Glicerrizining suvdagi eritmasi chayqatilsa, saponinlar singari turg’un ko’pik hosil qiladi, lekin qizil qon tanachalarini eritmaydi, yahni qonni gemoliz qilmaydi, faqat gidroliz natijasida hosil bo’lgan aglikoni-gliciritin kislota gemoliz reakciyasini beradi. Ishlatilishi. Qizilmiya o’simligining preparatlari nafas yohllari kasallnganda balg’am ko’chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengil surgi dori sifatida ishlatiladi. Ildizidan tayyorlangan dorivor preparatlar gliciram astma, eczema, allergic dermatit va boshqa kasalliklarda qo’llaniladi. O’simlik preparatlari hamda glicirrizin va glicerretin kislotalari organizmdagi suv tuz almashinuvini tartibga solish hamda dezoksikortikosteronga o’xshash ta’sirga ega. Ildizdan olingan flavonoidlar summasi-liviritron yallig’lanishiga, spazmga qarshi va antiseptic vosita sifatida mehda shirasida kislotlik oshib ketgan hollrda hamda mehda va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun ishlatiladi. Qizilmiya poroshogi, qirqilgan ildizi va quruq ekstrakti farmacevtik amaliyotda xab dori tayyorlashda asos sifatida hamda miksturalar, choy-yig’malar tahmini yahshilash uchun ishlatiladi. Qizilmiya ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo,limonad va kvaslar tahmini shirin qilish uchun) va texnikada (o’t o’chiradigan ko’piruvchi suyuqlik tayyorlash uchun) keng foydalaniladi. Dorivor preparatlari. Quruq ekstrakt, quyuq ekstrakt, sharbat, gliceram (glicirrizin kislotaning monoammoniyli tuzi), likviriton (ildiz flafonoidlarining 102 summasi, tabletka holida chiqariladi) va flakarbin preparatlari; ildiz poroshogi murakkab qizilmiya poroshogi, ko’krak kasalliklarida ishlatiladigan eleksir, qirqilgan ildiz bo’lakchalari esa ko’krak kasalliklarida va bavosil kasalligida ishlatiladigan hamda siydik haydovchi va ich yumshatuvchi choy yig’malar tarkibiga kiradi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling