Davlat boshqaruvi shakllarining turlari, muhim elementlari
Download 70.61 Kb.
|
Документ Microsoft Word (3) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
MUNDARIJAKIRISH 1 I Bob Davlat va huquq nazariyasi faniga davlat boshqaruvi shakllarining tushunchasi, mohiyati, turlari va muhim elementlari 4 1.1 Davlat va huquq nazariyasi faniga davlat boshqaruvi shakllarining tushunchasi va mohiyati nazariyasi. 4 1.2 Davlat boshqaruvi shakllarining turlari, muhim elementlari. 11 II Bob. Hozirgi davrda respublika va monarxiya boshqaruvi shakli, qiyosiy tarixiy tahlil. 26 2.1 Yangi O`zbekistonda respublika boshqaruv shaklining oziga xos xususiyatlari va turlari. 26 2.2 Yangi O`zbekistonda davlat boshqaruv shaklining o`ziga xos muhim elementlari rivojlanishi va istiqboli 32 XULOSA 43 FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR: 44 KIRISHMavzuning dolzarbligi. Ma’lumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalami taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora-tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Ma’lumki, 70 yil mobaynida O‘zbekistonning taqdiri va farvonligi sobiq Ittifoq qo‘lida bo‘lib keldi. Respublikadan mahsulotlar va xom ashyoni tashib ketishar, respublikamizga esa, bu yerda istiqomat qiluvchilardan so‘rab-netmay, maslahatlashmay, o‘zlari lozim topgan narsalarnigina keltirishardi. O‘zbekistonda amalga oshiriladigan boshqaruv tizimi joylarda ham, tarmoqlarda ham, ishlab chiqarish sohalarida ham va taqsimotda ham markazga qat’iy tobelik asosida, u belgilab bergan chiziqsan tashqariga chiqmay olib borilardi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, O‘zbekiston o‘zining chinakam mustaqillikka erishish maqsadini birinchilardan bo‘lib e’lon qildi. U sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasida birinchi bo‘lib boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy etdi, keng miqyosli islohotlar, jamiyatdagi tub o‘zgarishlar va yangilanishlar yo‘lini tanladi. 1991 yilning 31 avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshdi - O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika butun ko‘pmillatli aholining irodasi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»ga konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umum-xalq referendumida yaqdil tasdigini topdi. O‘zbekiston Respublikasi hududi va iqtisodiy salohiyati bo‘linmasligi, uning chegaralari esa daxlsiz bo‘lib, davlat himoyasida ekanligi tamoyili qaror topdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan darhol respublikada demokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshladi. Buning uchun oldingi totalitar tuzum illatlarini tagtomiri bilan qo‘porib tashlashga keskin kiri-shildi. Ko‘ppartiyaviylik, g‘oyalar va fikrlar xilma-xilligi bilan murosa qilish hayotiy voqelikka aylandi. Bir mafkura hukmronligiga barham berildi. Umuminsoniy qadriyatlar, jahon tan olgan chinakam demokratiya, inson erkinliklari va huquqlari normalarini qaror toptirish vazifasi qo‘yildi. Respublikada so‘zda emas - amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyatlariga bo‘linish tamoyili amal qilmoqda. O‘zbekiston xalqi davlat hokimiyatining chinakam manbaiga aylandi va bu hokimiyatni ham bevosita, ham o‘z vakolatli vakillari - deputatlar korpusi orqali amalga oshirmoqda. Bularning hammasi qonun chiqaruvchilik ishini faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etdi. Uni respublika parlamenti - Oliy Majlis muvaffaqiyatli olib bormoqsa. Oliy Majlisning butun salohiyati bugungi kunda yosh mustaqil davlatimizni har tomonlama huquqiy ta’minlashga yo‘naltirilgan. Davlat boshqaruvining yangi, yanada zamonaviy hamda yangi sharoitlarga tez moslashadigan tizimini shakllantirish bo‘yicha ishlar zudlik bilan boshlab yuborildi. Boshqaruvning prezidentlik shakli bu tizimning o‘zagi bo‘lib qoldi. Joylarda boshqaruv tizimini qayta tashkil etish vazifasi qo‘yilib, muvaffaqiyatli udsalandi - viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik tuzilmalari joriy etildi. Qonunlar ustuvorligini, ular oldida mamlakat barcha fuqarolari tengligini ta’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish ishlari faol olib borilmokda. Sivilizatsiyalashgan fuqarolik jamiyatining ushbu tarkibiy qismlari qonunchilik va huquq-tartibotning, qat’iy intizom va mas’uliyatlilikning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Download 70.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling