O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Dorivor o’simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Dorivor o’simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash. Dorivor 
yig’malar qadimgi dori turlariga kiradigan, uy sharoitida ishlatishga qulay va dorivor 
o’simliklarni ishlatishning eng oddiy shakli bo’lgan dori turidir. 
Dorivor yig’malar va choylar ma’lum bir kasallikni davolashga mo’ljallangan 
bir nechta dorivor o’simliklarning yirik maydalangan mahsulotlarining 
aralashmasidir. Yig’malar va choylar qathiy dozalanmagan (dozalarga - iste’mol 
qilinadigan miqdorlarga bo’linmagan), taxminiy dozalanadigan dori turi bo’lgani 
uchun, ularni odatda zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi o’simliklardan tayyorlanmaydi. 
Taxminiy dozalash ham yig’ma yoki choydan dori turi tayyorlovchi shaxs 
(bemorning o’zi yoki unga dori tayyorlab beruvchi) zimmasiga yuklangan. Masalan, 
bir osh qoshiqda (yoki choy qoshiqda) olib, bir stakan qaynab turgan suvda 
damlanadi va hokazo. 
Yig’ma va choylar ishlatilishiga qarab quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1. Og’rigan yerga qizdirib (yoki qaynatib) bosiladigan (yoki 
bog’lanadigan) yig’ma va choylar. 
2. Vanna qilish uchun yig’ma va choylar. 
3. Damlama va qaynatmalar tayyorlash (iste’mol qilish) uchun yig’ma va 
choylar. 
4. CHekish uchun yig’ma va choylar va boshqalar. 
Bu yig’ma va choylar bir-biridan tarkibi hamda tayyorlash texnologiyasi 
(usullari) bo’yicha farq qiladi. 
Dorivor yig’malar va choylar qadimdan dorixonalarda tayyorlanib kelingan. 
Lekin dorixonalar sharoitida ko’p miqdorda dorivor o’simliklar mahsulotini 
maydalash, aralashtirish qiyinligini hisobga olib, hozirgi vaqtda ularni farmatsevtika 
sanoatining korxonalarida tayyorlanadi. Ular quyidagicha tayyorlanadi: 
yig’ma va choylar tarkibiga kiradigan dorivor o’simliklar mahsuloti (jo’ka, 
sigirquyruq va moychechak gullari, ba’zi mevalar va urug’lardan tashqari) ayrim-
ayrim holda maydalaniladi, maxsus elakda elanadi va retseptda ko’rsatilgan 
miqdorda olib, to bir xil aralashma hosil bo’lgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. 
O’simlik poroshogi (changi) teshigining diametri 0,2 mm li qil elakda elab tashlanadi 
va qadoqlab idishlarga (karton qutichalarga) joylashtiriladi. Karton qutichalar ustiga 
yig’malar — choylar nomi, tarkibi, ishlatilishi, tayyorlash texnologiyasi va boshqa 
ma’lumotlar yozilgan yorliq yo’ishtiriladi. SHu ahvolda tayyor bo’lgan dorivor 
yig’malar va choylar dorixonalarga sotish va laboratoriyalarga analiz qilish uchun 
yuboriladi.
Dorivor yig’malar va choylarning analizi, ular tarkibidagi dorivor o’simlik 
mahsulotlarining chinligini va miqdorini aniqlash, ularni o’zaro nisbati to’g’ri 
ekanligi hamda yot aralashmalar yo’qligini isbotlashdan iboratdir.
Analiz qilish uchun yig’ma va choylardan ularni og’ir-engilligini hisobga 
olgan holda namuna (0,5—10 g) tarozida aniq tortib olinadi, qalin oq qog’oz 


87 
varag’iga to’kib, uni karton kurakcha yoki choptkacha yordamida tarkibiy qismga 
ajratiladi. Ayni vaqtda aralashmalar bo’lsa, ular ham ajratilib, keyin tarozida 
tortiladi, so’ngra yig’maning tarkibiy qismini to’g’ri yoki to’g’ri emasligi haqida 
tegishli xulosa chiqariladi.
Ko’pchilik yig’malar - choylar tarkibiga kiradigan mahsulotlar bo’lakchalari 
osonlik bilan aniqlanadi, ayniqsa ular yirik yoki butun – maydalanmagan holda 
bo’lsa. Mayda, aniqlanishi qiyin bo’lgan mahsulotlarni analiz qilishda lupa va 
mikroskoplardan foydalaniladi.
Dorivor yig’ma va choylardan uy sharoitida iste’mol qilish uchun vrachlar 
tavsiyasi bo’yicha damlama yoki qaynatma tayyorlanadi. Tibbiyot sanoati hozirgi 
kunda quyidagi yig’ma va choylarni ishlab chiqaradi:
El haydovchi yig’ma tarkibi: 
Qalampir yalpiz bargi – 33,3 

Fenxel mevasi – 33,3 g
Valeriana ildizpoyasi bilan ildizi - 
33,3 g 
Ko’krak yig’masi tarkibi: 
Gulxayri ildizi - 40 g 
Oqqaldirmoq bargi - 40 g
Tog’ rayhon yer ustki qismi - 20 g 
Vitaminli yig’ma tarkibi: 
Na’matak mevasi — 50 g
Qora qoraqat mevasi — 50 g 
Tomoqni chayish uchun yig’ma 
tarkibi: 
Jo’ka guli — 40 g
Moychechak guli — 60 g 
O’t haydovchi yig’ma tarkibi: 
Qumloq bo’znoch guli — 40 g
Uchbargli meniantes bargi — 30 
g
Qalampir yalpiz bargi — 20 g
Kashnich mevasi — 20 g 
Tinchlantiruvchi yig’ma tarkibi: 
Valeriana ildizpoyasi bilan ildizi 
— 10 g
Qalampir yalpiz bargi — 20 g
Uchbargli meniantes bargi — 20 
g
Qulmok g’udda mevasi — 10 g 
Siydik haydovchi yig’ma tarkibi: 
Toloknyanka bargi — 60 g
Bo’tako’z guli — 20 g
Qizilmiya ildizi — 20 g 
Terlatuvchi yig’ma tarkibi: 
Maymunjon (malina) mevasi — 
40 g
Oqqaldirmoq bargi — 40 g
Tog’rayhon yer ustki qismi — 20 
g. 
Mehda yig’masi tarkibi: 
Frangula po’stlog’i — 30 g
Gazanda bargi — 30 g
Qalampir yalpiz bargi — 20 g
Valeriana ildizpoyasi bilan ildizi 
— 10 g
Igir ildizpoyasi— 10 g. 
Bavosilga qarshi choy tarkibi: 
Sano bargi — 20 g 
Bo’ymodaron yer ustki qismi 
(yoki guli) - 20 g 
Frangula po’sglog’ — 20 g 
Kashnich mevasi — 20 g 
Qizilmiya ildizi — 20 g 
 


88 
Quyida dorivor o’simliklardan uy sharoitida dori tayyorlash tartib qoidalari 
haqida to’xtalib o’tishni lozim to’dik. Bunda Davlat farmakopeniyasida qabul 
qilingan va hamma dorixonalarda qo’llaniladigan dori tayyorlash usullari haqida ga’ 
boradi. Uy sharoitida dorilar faqat zaharli bo’lmagan dorivor o’simliklardan 
tayyorlanadi. Biz buni boshqa o’rinlarda ham aytib o’tdik. Odatda, dorivor 
o’simliklarning yupqa va nozik qismlaridan — bargi, yer ustki qismi, guli va ba’zi 
meva hamda urug’laridan damlama tayyorlanadi. Yer ostki organlari - po’stlog’i, 
mevasi, urug’i va ba’zi qalin barglaridan qaynatma tayyorlanadi.
Zaharli bo’lmagan dorivor o’simliklardan damlama va qaynatma 1:10 
nisbatda tayyorlanadi, yahni og’irligi 10 qism mahsulotdan dokada siqib suzib 
olingandan so’ng hajmi 100 qism damlama yoki qaynatma olinishi kerak. 
Agar uy sharoitida damlama va qaynatmalar tayyorlaydigan bo’lsangiz, ular 
quyidagicha tayyorlanadi. Maydalangan o’simlikni sirli kastryulkaga solib, ustidan 
suv quyiladi. 100 ml damlama olish uchun 10 g maydalangan dorivor o’simlik 
mahsuloti va 100 ml hisobida suv solinadi. Kastryulkaning qopqog’ini yopib, 
kichikroq tog’oradagi qaynab turgan suvga qo’yib, 15 daqiqa qaynatiladi. Qaynatish 
vaqtida mahsulot tez-tez chayqatib turiladi. Keyin damlama uy haroratida 1 soat 
davomida sovutiladi. Doka yoki ip-gazlama o’ralgan paxta qatlamidan suzib 
o’tkazib, unga retseptda ko’rsatilgan hajmgacha qaynatilgan suv quyiladi. (Masalan, 
1:10 nisbatda olingan yig’madan 100 ml damlama olinishi kerak: agar damlama 90 
g bo’lib qolgan bo’lsa, u holda yana 10 ml suv qo’shish kerak).
Qaynatma ham damlama kabi tayyorlanadi, farqi shundaki, o’simlik 
mahsulotiga qaynab turgan suv quyilib, suvli idishga quyib yoki past olovda 20-30 
daqiqa qaynatiladi va sovugandan so’ng suzib olinadi.Suv hammomi o’rnida suv 
quyib qaynatilgan har qanday idishdan foydalanish mumkin. 
Damlama yoki qaynatma odatda ko’rsatilgan miqdorda sovuq yoki iliq holida 
ichiladi. Damlama va qaynatma odatda tez buzilib qoladi. SHuni uchun ularni har 
kuni tayyorlab yoki salqin qorong’u joyda saqlab 3 kungacha ishlatish mumkin. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling