O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Gijja haydovchi dorivor o’simliklar


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Gijja haydovchi dorivor o’simliklar. Dastarbosh, paporotnik, sarimsoq piyoz, 
shuvoq, qovoq, sassiq kovrak. 
Antitoksin (hashorat va gazanda zahriga qarshi) sifatida ishlatiladigan 
dorivor o’simliklar. Dalachoy (tanasi, guli), ittikanak (tanasi), ituzum (bargi, 
mevasi), kartoshka (tanasi, tuganagi), maymunjon (bargi, mevasi), sariqandiz 
(ildizi), choyo’t (tanasi, guli), shirinmiya (ildizi, ildizpoyasi), ermon (tanasi), qizil 
ituzum (tanasi, mevasi), qirqbo’g’in (tanasi), qoraandiz (ildizi), qoqi (shirasi, ildizi). 
Burishtiruvchi yoki ichni qotiruvchi dorivor o’simliklar. Anjabor (tanasi, 
ildizi), anor (meva qobig’i), baxmalgul (guli, ildizi), behi (bargi, mevasi), 
boshog’riqo’t (tanasi, savatchaguli), dalachoy (tanasi, guli), dorivor gulxayri (guli, 
ildizi), jag-jag’ (tanasi), otquloq (urug’i, ildizi), oqqaldirmoq (tanasi), rovoch 
(urug’i, ildizi), totim (bargi, mevasi), toron (urug’i, ildizi), tog’dastarbosh (tanasi, 


95 
savatchaguli), toron (urug’i, ildizi), choyo’t (tanasi, guli), eman (po’stlog’i), 
qirqbo’g’in (tanasi). 
Og’iz bo’shlig’idagi noxush hidlarga qarshi ishlatiladigan dorivor 
o’simliklar. Alqor (bargi, urug’i), arpabodiyon (tanasi, urug’i), achchiq bodom 
(danagi), bodomcha (danagi), bo’ymodaron (bargi, savatchaguli), jambul (bargi, 
tanasi), zanjabil (tanasi), zira (urug’i), issop (tanasi), kiyiko’t (tanasi), limono’t 
(bargi), moychechak (tanasi, savatchaguli), petrushka (tanasi, urug’i), rayhon 
(bargi), totim (mevasi), tog’rayhon (tanasi), ukrop (tanasi), sherolg’in (tanasi, bargi), 
yalpiz (bargi), qalampir yalpiz (bargi, qorazira (urug’i). 
Dorivor moychechakMatricaria chamomilla L. Romashka a’technaya – 
Asteraceae astradoshlar oilasiga mansub bir yillik hushbo’y o’sim-lik. Ildiz 
tarmoqlari yaqqol ko’zga tashlanmaydi. O’q ildiz, kam tarmoqlangan. 
Sug’oriladigan maydonlarda bo’yi 50-60 sm, lalmi yer-larda 45-55 sm. poyasi 
asosan tarmoqlangan. Barglari navbatlashib joylashgan, bandsiz, uzunligi 2-5 sm, 
har biri 2 yoki 3 ta patsimon yorilgan ingichka bo’laklarga bo’lingan. To’p gullari 
savatchalar, mevasi uzunchoq, uzunligi 0,8 - 1,2 mm bo’lgan qo’ng’ir - yashil 
urug’dan iborat. 1000 ta urug’ning vazni 0,26 - 0,53 g. 
Kimyoviy tarkibi: savatchadagi gullar tarkibida 0,2 - 0,8% efir moyi, 
flavonoidlar, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bor. 
Ishlatilishi. 
Savatchadagi 
gullari 
ichak 
siqilishida, 
qorin 
dam-
lanishida, ich ketish kasalliklarida, choy yoki damlama sifatida 
ishlatiladi. Antiseptik va yallig’lanishga qarshi vosita tarzida tomoqni chayish va 
vanna qilishda tavsiya etiladi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling