Fiziologiyasi


Download 119 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi119 Kb.
#1510902
  1   2   3
Bog'liq
32-Ma\'ruza (1)


32-mavzu: TA‘M BILISH, HID BILISH VA TERI SEZGILARI
FIZIOLOGIYASI
Dars rejasi

  1. Hid biluv axborotlarini kodlash

  2. Odamlarda hid biluv tizimining sezuvchanligi

  3. Ta'm bilish retseptorlari.

  4. Ta‘m biluv tizimining elektrik potensiallari.

  5. Ta‘m biluv markazi va o ‘tkazuvchi yo’llari.

Hid biluv axborotlarini kodlash. Mikroelektrodlar yordamida qilingan ajribalar shuni ko'rsatdiki, ta'siming sifati va intensivligidan kelib chiqib, retseptorlar impulsatsiyaning chastotasini oshirib javob beradilar. Har bir hid biluv retseptori bir emas, balki bir necha hid taratuvchi moddalarga javob beradi, lekin Ularning ayrimlariga ko’proq e ‘tibor beradi. Retseptoming bu xossasi zamirida har xil moddalar ta‘siriga hid biluv sensor tizim markazlarida ayni shu hidlarga nisbatan tanish va kodlash hodisalari ro’y beradi. Elektrofiziologik tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, organizmga berilgan har xil hidlarga piyozchaning qo’zg’algan va tormozlangan qismlari turlicha boiishi ma‘lum bo’ldi. Yuqoridagi tadqiqotlar asosida hid bilish jarayonida axborotlarning kodlash usullarini to’la ochib bermadi.
Hid biluv tizimining markaziy proyeksiyasi. Hid biluv tizimining o’ziga xos iomoni shundaki, uning afferent tolalari talamusda kesishmaydi, ya‘ni bosh miyaning qarama-qarshi tomoniga o’tmaydi. Hid biluv piyozchasidan chiquvchi trakt bir necha tutamlardan tashkil topadi va quyidagi oldingi miya bo’limlariga yo’naladi: oldingi hid biluv yadrosiga, hid biluv bo’rtig’iga, prepiriform po’stloqqa, periamigdalyar po’st!oqqa va bodomsimon yadrolar kompleksining bir qismiga. Hid biluv markazlarining barchasi ham hidni ajratishda ishtirok etmaydi, shuning uchun bu markazlami assotsiativ markazlar tarzida qarash maqsadga muvofiq bo’ ladi. Bu markazlar murakkab ovqatlanish, himoya, jinsiy va boshqa refleksni yuzaga chiqaruvchi tizimlar bilan o ‘zarobog’lanishini ta‘minlaydi. Hid biluv piyozchasining efferet idora etilishi ham yaxshi o’rganilmagan.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling