Fiziologiyasi


Odamlarda hid biluv tizimining sezuvchanligi


Download 119 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi119 Kb.
#1510902
1   2   3
Bog'liq
32-Ma\'ruza (1)

Odamlarda hid biluv tizimining sezuvchanligi. Insonlarda bu sezgirlik juda yuqori: bitta hid biluv retseptori hid taratuvchi moddaning bitta molekulasi asosida qo’zg’alishi mumkin, unchalik ko’p bo’lmagan retseptorlaming qo’zg’alishi hid bilish hissini chaqirishi mumkin. Shunday bo’lsa ham, insonlar hid taratuvchi modda hidi boshlang’ich konsentratsiyaning atigi 30-60% ini ajrata oladi (ajratish bo’sag’asi). Itlarda bu ko'rsatkich odamlarga nisbatan 3 -6 marotaba yuqori. Hid biluv tizimda adaptatsiya birmuncha sekin ro’y beradi, bu holat havo tezligiga va hid taratuvchi moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq bo'ladi.
T a‘m biluv tizimi. Evolyutsiya jarayonida ta‘m bilish ovqatni iste‘mol qilish yoki qilmaslikda muhim bosqichga ko'tarildi. Tibbiy sharoitlarda ta‘m bilish boshqa sensor tizimlar hid biluv, taktil va termik sensor tizimlar bilan birgakombinatsiyalandi. Ta‘m bilish xuddi hid bilish kabi xemoretsepsiyaga asoslangan. Ta‘m bilish retseptorlari og’iz bo’shlig’iga tushgan oziq moddalarning xarakteri va konsentratsiyasi to’g ‘risidagi axborotlami uzatadi. Ularning qo’zg’alishi miyani turli bo’limlarida shunday murakkab zanjir reaksiyalarini chaqiradiki, bunda yo hazm a‘zolarini ishga tushiradi yoki organizm uchun zararli moddalami og’iz orqali tuflab chiqarib yuboradi.
Ta'm bilish retseptorlari.

Ta‘m bilish retseptorlari tilda, halqumning orqangi devorida, yumshoq tanglayda, bodomchalarda va kekirdak ustida joylashgan.
Ularning ko’pchiligi tilning uchida, qirg'oqlarida va tilning orqangi qismida joylashadi. Ta‘m biluv hujayraiari kolbachasimon shaklga ega bo'lib, odamlarda uning uzunligi va kengligi 70 mkm atrofida. Ta‘m biluv hujayraiari tilning shilliq qavati yuzasigacha yetib bormaydi, balki og’iz bo’shlig’i bilan maxsus teshiklari orqali bog‘lanadi. Ta‘m biluv hujayralari -organizmdagi eng kam umr ko'ruvchi epithelial hujayraiardir, o’rtacha har 250 soatda eski hujayra yangisi bilan almashiniladi. Har bir ta‘m biluv hujayralarida uzunligi 10-20 mkm bo’lgan 30-40 ta nozik mikrovorsinkalar bo’!adi. Bu mikrovorsinkalar retseptorlar qo’zg’alishida muhim ahamiyatga egadir. Taxmin qilishlaricha, mikrovorsinkalarda faol markazlarstereospetsifik qismlar bo’lib, har xil moddalami tanlab adsorbsiyalaydi. Oziq moddalarning kimyoviy energiyasini retseptorlar nerv qo’zg’alishiga aylanish mexanizmi hali oxirigacha ochilmagan.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling