O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Er bag’irlagan temirtikan
tuyatovondoshlar oilasidan. Temirtikan poyasining 
uzunligi 10-100 sm ga etadigan, asos qismidan shoxlangan, tukli, yotib o’suvchi bir 
yillik o’t o’simlik. Barglari 5-8 juft bargchalardan tashkil topgan, mayday yondosh 
bargchali juft patli murakkab bo’lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama – 
qarshi joylashgan. Gullari mayda, sariq rangli, besh bo’lakli va kalta bandli bo’lib, 
yakka – yakka holda barg qo’ltig’iga o’rnashgan. Mevasi – pishganda besh (yoki 2-
4) ta yulduzsimon joylashgan uchburchak ponasimon, qattiq, 2-4 tikonli yong’oqlga 
ajraladigan quruq to’p meva.
Aprel-may oylarida gullaydi, iyun-iyulda mevasi ko’p 
pishadi. 
Ishlatilishi.
Dorivor preparatlari aterosklerozga qarshi, qondagi xolesterinning 
miqdorini kamaytirish va siydik haydash ta’siriga ega hamda mehda shirasini 
kamayish hollarini davolashda yahshi natijalar olingan. 
Trubusponin preparati aterosklerozni (umumiy, miya va yurak-qon tomirlari 
sklerozini) davolash uchun ishlatiladi. Tribusponin (mahsulotining steroid 
saponinlar yig’indisi) tabletka holida chiqariladi.
Tuksiz (oddiy) qizilmiya (chuchukmiya, shirinmiya)
Dukkakdoshlar 
oilasidan. Qizilmiya ko’p yillik, bo’yi 50-100, bahzan 150 sm ga yetadigan, yer ostki 
qismi kuchli taraqqiy etgan o’t o’simlik. Ildizpoyasi ko’p boshli, yohg’on, bo’lib 
hamma tomonidan yer ostida gorizontal joylashgan, ychi kurtak bilan 
tamomlanuvchi novdalar va pastga qarab bitta asosiy vertical o’q ildiz o’sib chiqadi. 
Asosiy o’q ildizning uzunligi 4-5 m bo’ladi. poyasi bir nechta, tik o’suvchi, 
shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, tukli bo’lib, mayda nuqtasimon bezlar yoki 
mayda tikanlar bilan qo’langan. Bargi toq patli murakkab, 3-7 juft bargchalardan 
tashkil topgan. Bargchasi ellipssimon, chopziq-tuxumsimon yoki lancetsimon, tekis 
qirrali, yo’ishqoq bezlar bilan qo’langan, Qo’shimcha barglari mayda, lancetsimon 
bo’lib, tezda to’kilib ketadi. Gullari qiyshiq, barg qo’ltig’idan chiqqan shingilga 
to’plangan. Gulkosachasi naychasimon, 5 ta lancetsimon o’tkir tishli, gultojisi oqish 


101 
binafsha rangli bo’lib, kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, 9 tasi bir-
biriga birlashgan, o’ninchisi birlashmagan. Onalik tuguni yuqoriga joylashgan. 
Mevasi – pishganda ochilmaydigan yoki poyasi qurigandan so’ng ochiladigan 
dukkak. Iyun-avgust oylarida gullaudi, mevasi avgust – setyabrda etiladi. 
Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida 24% gacha glucirrizin (uch asosli 
gliciririzin kislotaning kaliyli va kalciy tuzi) bo’ladi. Glicirrizin glikozidlarga 
o’xshash modda bo’lib, triter’in saponinlarga kiradi. U qandga nisbatan 40 marta 
shirin, gidrolizlanganda qand o’rniga ikki molekula glyukuron kislota (shuning 
uchun xaqiqiy glikozid emas) hamda bir asosli glicirretin kislota (aglyukon) hosil 
qiladi. 
Qizilmiya ildizida yana 28 taga yaqin (4% atrofida) flavonoidlar (likviritin, 
likviritozid, izolikviritin, likurozid, lakrozid glabrozid, izoglabrozid glikozidlari va 
ularning aglikonlari), glycerin va glikozarin (2-metil-7-oksi-8-acetil-izoflavon) 
birikmalari, 2-4% achchiq modda, triterpenoid-oleanan, efir moyi, vitamin C, 
as’aragin, 6-34 % kraxmal 20% gacha mono va disaxaridlar, pektin va boshqa 
moddalar bor. 
Qizilmiyaning yer ustki qismi flafon glikozidlarga bor. Undan kvercetin, 
izokvercetin, kem’ferol, astragallin, izoramnetin, folerozid, glifozid, saporetin, 
viteksin, glabranin va boshqa flavonoidlar ajratib olingan.
Glicerrizining suvdagi eritmasi chayqatilsa, saponinlar singari turg’un ko’pik 
hosil qiladi, lekin qizil qon tanachalarini eritmaydi, yahni qonni gemoliz qilmaydi, 
faqat gidroliz natijasida hosil bo’lgan aglikoni-gliciritin kislota gemoliz reakciyasini 
beradi. 
Ishlatilishi.
Qizilmiya o’simligining preparatlari nafas yohllari kasallnganda 
balg’am ko’chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengil surgi dori sifatida ishlatiladi. 
Ildizidan tayyorlangan dorivor preparatlar gliciram astma, eczema, allergic dermatit 
va boshqa kasalliklarda qo’llaniladi.
O’simlik preparatlari hamda glicirrizin va glicerretin kislotalari organizmdagi 
suv tuz almashinuvini tartibga solish hamda dezoksikortikosteronga o’xshash 
ta’sirga ega. 
Ildizdan olingan flavonoidlar summasi-liviritron yallig’lanishiga, spazmga 
qarshi va antiseptic vosita sifatida mehda shirasida kislotlik oshib ketgan hollrda 
hamda mehda va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun ishlatiladi. 
Qizilmiya poroshogi, qirqilgan ildizi va quruq ekstrakti farmacevtik amaliyotda xab 
dori tayyorlashda asos sifatida hamda miksturalar, choy-yig’malar tahmini 
yahshilash uchun ishlatiladi.
Qizilmiya ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo,limonad va kvaslar tahmini 
shirin qilish uchun) va texnikada (o’t o’chiradigan ko’piruvchi suyuqlik tayyorlash 
uchun) keng foydalaniladi.
Dorivor preparatlari.
Quruq ekstrakt, quyuq ekstrakt, sharbat, gliceram 
(glicirrizin kislotaning monoammoniyli tuzi), likviriton (ildiz flafonoidlarining 


102 
summasi, tabletka holida chiqariladi) va flakarbin preparatlari; ildiz poroshogi 
murakkab qizilmiya poroshogi, ko’krak kasalliklarida ishlatiladigan eleksir, 
qirqilgan ildiz bo’lakchalari esa ko’krak kasalliklarida va bavosil kasalligida 
ishlatiladigan hamda siydik haydovchi va ich yumshatuvchi choy yig’malar 
tarkibiga kiradi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling