O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Haqiqiy jenshen –
Araliyadoshlar oilasidan. Ko’p yillik, bo’yi 30-70 sm ga etadigan o’t o’simlik.Ildizi sershox o’q ildiz bo’lib, tashqi ko’rinishi bilan ko’pincha odam gavdasiga o’xshaydi. poyasi bitta, tik o’suvchi bargi 2-5 ta bo’lib, yuqori qismiga to’p holda joylashgan. Bargi bandli, panjasimon murakkab, 5 ta bargchadan tashkil topgan. Bargchalari ellissimon, o’tkir uchli, mayday tishsimon qirrali, tuksiz, pastki ikkitasi kalta bandli va kichkina, yuqorigi uchtasi uzun bandli va katta. O’simlik sekin o’sadi. O’simlikda oldin bitta uch plastinkali barg hosil bo’ladi. Keyin 5 ta plastinkallikka aylanadi. So’ngra ikkinchisi, uchinchisi va to’rttinchi barglar chiqadi. O’simlik 10-11 yoshga kirganida yuqori, bargi joylashgan erdan gul o’qi vujudga keladi. Unga oddiy soyabonga to’plangan gullar o’rnashgan. Gullar to’g’ri, ko’rimsiz, oq yashil rangli bo’ladi. Otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – qizil buyraksimon, sersuv danakchali meva. Iyul oyida gullydi, mevasi avgust sentyabrda pishadi. Kimyoviy tarkibi. Jenshen ildizi tarkibida moddalar juda ham murakkb bo’lib, ularning o’rganish bilan Rossiya va chet mamlakatlardagi ko’pchilik olimlar, ayniqsa yapon kimyogarlari shug’ullanmoqdalar. Ildiz tarkibida triterpen saponinlar, ginzenin birikmalari, organic kislotalar (‘almitin, stearin, olein, linol va b.) hamda nikotin va pantaten kislotalar, yog’, alkoloidlar, 4 % qand moddalari, smola, fitosterinlar, daukosterin, 20% kraxmal, efir moyi, C, B 1 va B 2 vitaminlar, shilliq, 12-13 % pectin va b. moddalar bor. Ildizning efir moyi tarkibidagi seskvi terpen birikmalar (β-farnezin, α- va β- gumulenlar, α- va β-neoklaven va boshqalar), kuli tarkibida eas 53% gacha fosfatlar, oltingugurt birikmalari, temir, marganec va b. elementlar uchraydi. Ildizning saponinlar yig’indisidan 10 dan ortiq turli sof holdagi saponinlar – ‘anaksozidlar (ginzenozidlar) ajratib olingan bo’lib, ularni 3 ta guruxga bo’lish mumkin; 1. panaksatriol unumlari. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling