O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Oshlovchi moddali o’t o’simliklar


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Oshlovchi moddali o’t o’simliklar. 
Tarkibida sanoat miqyosida foydalanish 
uchun yetarli mikdorda oshlovchi moddalar (tannidlar) bo’lgan o’simliklar – 
oshlovchi moddali o’simliklar deyiladi.
Oshlovchi moddalar po’stloq, barg, yog’och va mevalar, asosan, ildiz 
hujayralarining parenximali vakuolalarida to’planadi. Tarkibidagi tannin miqdoriga 
qarab yuqori tanninli (tarkibida tannidlar —20% dan ko’p); o’rtacha tanninli (12—
20% gacha), kam tanninli o’simliklar (12% dan kam bo’lgan) guruhlariga ajratiladi. 
Oshlovchi moddali o’simliklarning ko’pchiligi tropik mintaqalarda, Janubiy Osiyo, 
Janubiy Amerika, Avstraliyada uchraydi.


127 
O’zbekistonda oshlovchi moddalarga boy bo’lgan o’t o’simliklardan: otquloq, 
rovoch, akatsiya, jinchak, kermak (bo’yoqbop) o’sadi.
OtquloqRumex. Qashqadaryoda otquloqning oddiy otquloq (Rumex 
acetosa), piramidasimon otquloq (R.Hyrsiflorus), Tyon-shon otqulog’i 
(R.Tianschanicus) va boshqa turlari keng tarqalgan bo’lib, ular cho’l, adir va tog’ 
zonalarida mayin, shag’al va tosh aralash mayin tuproqli tog’ yonbag’irlarida 
ayniqsa keng tarqalgan. B.N.Ovchinnikovni ma’lumotlariga ko’ra bu otquloq 
turining ildizida 26-30 % tannid moddasi bor. Undan tayyorlangan karmak teri 
mahsulotlarini oshlashda keng qo’llaniladi. Qashqadaryo tog’larida o’sadigan yana 
bir turi – R.cris’usning ildizida 22,28 % dan 25,5 % ga qadar tannid saqlanadi. 
Otquloq oshlovchi o’simlik sifatida mahalliy aholi qadimdan foydalangan. 
Oshlovchi moddalar bu o’simlik turining barcha organlarida mavjud. 
Qashqadaryo viloyatida tarqalgan turlarning barchasida tannid moddasi borligi 
aniqlangan (CHevrenidi S.X 1965). Ayniqsa ildiz po’stida uning miqdori 12 % dan 
26 % gacha. Mahalliy aholi bu o’simlikni ko’nchilikdan tashqari sariq, qizg’ish-
qo’ng’ir ranglar olish uchun qo’llaydi. Bu rang buyoqlar etikdo’zlikda, po’stinlar 
oshlash va rang berishda keng qo’llaniladi. 
Tyon-shon otqulog’ining ildiz sistemasi kuchli taraqqiy etgan bo’lib, u asosiy 
o’q ildiz va ildiz poyadan gorizantal holda ketgan qizg’ich ildizlar shakllanib undan 
otquloqning gorizontal holda joylashgan yer osti poya, so’ngra undan yer usti poya 
shakllanadi. 
Otquloq ildizi oshlovchi moddalar olinishidan tashqari muhim dorivor 
o’simlik ham hisoblanadi. U oshqozon-ichak, tomoq va terini turli-tuman 
kasalliklarini davolashda mahalliy aholi tomonidan keng qo’llaniladi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling