O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
30b141ac-67c0-4f85-86db-e6071b57cb1b
1 Lafasov M. O’zbеkiston Rеspublikasining xalqaro munosabatlari. Toshkеnt, 1995. –B. 49. 76 XULOSA. Mustaqillikning o’tgan davri-tarix uchun bir lahza, bamisoli bepoyon osmon kengliklarida chaqnagan chaqin kabidir. Biroq istiqlolning murakkab, olg’alarga to’la, ziddiyatli bir paytida xalqimiz boy ma'naviyatini, mislsiz iqtidorini, beqiyos irodasini yaqqol namoyon qildi. Ayni ana shu muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar salmog’i va ko’lami bilan bir necha o’n yilliklarga teng keladi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq bir-biriga ulab tashlagan moddiy zanjirlar uzilgach, ularning o’rnini qoplaydigan yangi imkoniyatlarni izlab topish lozim edi. Eng mushkul paytlarda aholini ijtimoiy muhofazalash bilan birga jahon hamjamiyatiga yo’l qidirish, dunyoni o’rganish, o’z imkoniyatlarini olam axliga ko’rsatish singari tajribamizda ko’rilmagan, mashaqqatli vazifalarni ham uddalash kerak edi. Ma'lumki, mustaqil taraqqiyot o’z qobig’iga o’ralib yashash emas, aksincha, jahon andozalariga mos qadam tashlash, dunyodagi rivojlangan, obro’li mamlakatlar bilan tengma-teng turib gaplashish, o’z mavqei va nufuzini topa bilish kabi og’ir masalalar yechimini ham taqozo etar edi. O‘zbekiston Respublikasida ana shunday bir vaziyatda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik yo’lini tanladi va bu borada sobitqadamlik bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Natijada qisqa fursatda xorijda O’zbekiston haqida, o’zbek xalqi to’g’risida to’la tasavvur shakllandi. Yurtboshimizning beqiyos iqtisodiy, ma'naviy, aqliy va jismoniy imkoniyatlari tan olina boshlandi. Chet eldagi hamkorlar bu mamlakat bilan o’zaro manfaatli munosabatlarini yo’lga qo’yish mumkin va zarurligini tushunib yetdilar. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlarni sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqilmamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiyoslaganda uning miqyosi va ko’lami yana ham yorqinroq ko’zga tashlanadi. Boshqacha qilib aytganda xalqimiz bosh islohotchi-davlatimiz rahbarligida eng to’g’ri 77 yo’lni tanlay olganiga va unda sobitqadamlik hamda kelajakka qat'iy ishonch bilan borayotganini ko’rsatadi. gapirar Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar xususida ekanmiz, jahonning hozirgi eng rivojlangan mamlakatlari boshidan kechirgan o’tish davriga nazar tashlasak, qo’lga kiritgan yutug’larimiz naqadar ulug’vor ekaniga yana bir bor guvoh bo’lamiz. Bozor munosabatlari sharoitlarida millatlararo munosabatlar ham mazmun va ham shaklan tubdan o‘zgaradi. Jahon taraqqiyoti bilan odim tashlar ekanmiz, mamlakat oldida turgan amaliy vazifalarni hal etishda ko‘p millatli jamiyatimizning xususiyatlarini e‘tiborga olish lozim. Tinchlikning bosh omili bo‘lgan millatlararo inoqlik tajribasini doimo nazarda tutib, shunga amal qilmoq lozim bo‘ladi. Jamiyatda tolerantlikning ro‘li va ahamiyati uning mohiyatidan kelib chiqadi. Millatning turli mafkuraviy nazariyalarga, ma‘naviy, diniy qarashlarga, madaniy hodisalarga, turli millat kishilarga va shu kabilarga munosabat yo‘nalishi va darajasi ijtimoiy barqarorlikni ko‘p jihatdan belgilab beradi. Tolerantlik fuqarolik jamiyatining eng muhim ma‘naviy-ahloqiy prinspidir. Har bir alohida kishining tolerantlik darajasi ko‘p jihatdan uning shaxsiy sifatlarini, ma‘naviy yetukligi va madaniyatini, unig boshqa kishilar bilan munosabatini bildiradi. Hozirgi kunga kelib – tolerantlikni shakllantirish muammosi dolzab jihatga ega bo‘lmoqda. Buning esa o‘z navbatida ko‘pgina sabablari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: jahon sivilizatsiyasi iqtisodiy, ijtimoiy, ahloqiy va shu kabi boshqa belgilarga qarab tez tabaqalashib bormoqda hamda shu munosabat bilan o‘zgalarga toqatsizlik, diniy ekstremizm; mahalliy urushlar oqibatida millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi; qochoqlarga oid muammolar, ma‘naviy paradigmalarning o‘zgarish va hokazo holatlar shu jumlaga kiradi. Xulosa qilib aytganda O‘zbekistondagi millatlararo munosabatlarni ta‘minlash eng avvalo jamiyat tinchligi, yurt farovonligining muhim garovidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling