81
2-savоl. Qurilish ashyolarini tayyorlashda o’tkaziladigan texnik
nazоratni asоsiy turlari va оb’ektlari
2-ilоva
Texnik nazoratni asosiy turlari
Kirishdagi nazorat kelayotgan materiallar va
yarim tayyor mahsulotlarni
DAST, texnik shart va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi
tekshiriladi. Bu nazorat materiallar bilan kelgan texnik hujjatlarni ko’rib chiqish
va transportirovkadan keyingi materiallarni
sifatini tekshirish hamda
laboratoriya sinovlari uchun namunalar olib amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat texnologik jarayonning har bir bosqichida bajarilayotgan alohida
olingan ishning bajarilish sifatini tekshirish maqsadida o’tkaziladi. Oraliq
nazorat qoliplash, mahsulotni qotish sharoiti uchun belgilangan ko’rsatkichlarni
qiymatini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Qabul qilish-topshirish nazorati mahsulot tayyor bo’lib, tayyor mahsulotlar
omboriga chiqarishdan oldin amalga oshiriladi. Bu
nazorat turida mahsulotni
belgilanishiga ko’ra uning tashqi ko’rinishi, texnik hujjatlar va ishchi
chizmalarda keltirilgan mahsulotning forma va o’lchamlari bo’yicha
ruxsat
etilgan chetlashishlarni mos kelishi, temirbeton
konstruktsiyalarda himoya
qatlam qalinligi va armaturlashni to’g’ri bajarilganligi hamda materialni
mustahkamligini standart va nostandart usullar yoki konstruktsiyalarni
naturaviy
sinovlari yordamida aniqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: