Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yildi. Talaba:
– “O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fanini o’rganishning usul va uslublari haqida tasavvurga ega bo’lish;
– O`zbekiston davlatchiligi tarixi jarayonlar tarixi va geosiyosiy, geoiqtisodiy siljishlarning yangi holati, Sotsialistik tuzumning qulashi va bipolyar blok tartibining tugashi, xalqaro maydonda harbiy-strategik vaziyatning o‘zgarishi, davlatchilik xususiyatlarining shaklanishi bilan bog‘liq masalalarining mohiyatini bilishi kerak;
– talaba ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan mustaqil Respublikamizning boy tarixida yuz bergan turlixil islohotlarni ayniqsa O`zbek davlatchiligidagi yangi islohotlarni bilish va ularni vatanimiz tarixiga, yuksalishiga qanday xissa qo`shganligi nuqtai nazardan tahlil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
– Talaba fan bo’yicha to’plangan nazariy bilimlardan o’zining ilmiy-tadqiqot, uslubiy va pedagogik faoliyatida qo’llash, malakalariga ega bo’lishi kerak.
Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajmi
Fanga umumiy 248 soat ajratilgan bo’lib, shundan auditoriya mashg’ulotlari 56 soat bo’lib, semestrlar davomida haftasiga 4 soatdan o’tiladi.
Semestr (lar) bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti:
Do'stlaringiz bilan baham: |