O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 455 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.06.2020
Hajmi455 Kb.
#114484
1   2   3   4   5
Bog'liq
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi osmirlarni manaviy-axloqiy sifatlarini shakillantirish tizimi.


 Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiylashtirish tarbiya va ta’lim ishlari 

o’zaro muvofiqlikda olib borilgandagina ta’minlanadi.  

Bolalar uylarining asosiy vazifalaridan biri tarbiyalanuvchi da ma’naviy-

axloqiy sifatlarni shakllanirish sanaladi. Buning uchun ma’naviy- ma’rifiy 

munosabatlarini o’zida ifoda etuvchi tadbirlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 

Bunday tadbirlar jarayonida ular kattalarning kichiklar to’g’risida g’amxo’rlik 

qilishlari; kattalarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; bir-biriga hurmat qilish; 

ota-onalar, oilaning katta a’zolari bilan samimiy munosabatda bo’lish; bir-birlarini 

tushunish hamda o’y-kechinmalarini hurmat qilish kabi fazilatlarni o’zlashtira 

olishlari lozim.  



 

63 


Mehribonlik uylarida ta’lim va  ma’naviy-ma’rifiy ishlarning  milliy 

qadriyatlar hamda tamoyillarga asoslanishiga erishishda quyidagilar vazifalarning 

ijobiy hal etilishi muhim ahamiyatga ega: 

milliy tarbiyani yo’lga qo’yishning differantsial (tabaqaviy) pedagogik-



psixologik dasturini yaratish; 

tarbiyalanuvchilar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish ishlarini 



uzluksiz ravishda, ya’ni darsda, darsdan tashqari sharoitda izchil yo’lga 

qo’yish; 

o’quv dasturlari, darslik, tavsiyanoma va qo’llanmalarda milliy mafkura, 



milliy istiqlol g’oyasi va milliy tarbiya masalalarini yetarlicha aks ettirish; 

milliy tarbiyani bugungi kun talablari darajasida amalga oshirish uchun 



tarbiyaviy soatlar majmuasini ishlab chiqish. 

Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarni kasbiy faoliyatga yo’naltirishga 

qaratilgan amaliy ishlar quyidagi ikki yo’nalishda olib boriladi: 

1. Axborot-ma’rifiy ishlar. 

2. O’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash, tashhis qilish, tuzatishlar kiritish 

va ko’mak berish maqsadida maslahatlar uyushtirish [16, 24].  

Mehribonlik uylarida amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajara olishi 

lozim:  


-  boshqa  mutaxassis  (tarbiyachi,  pedagog,  defektolog,  rahbar  va 

hokazolar)larning bilimlarini, salohiyatini, qobiliyatini hurmat qilgan holda 

hamkorlikda ish olib borish; 

-  zamonavaiy psixodiagnostika uslublaridan foydalanish qoidalari bilan 

doimo tanishishlari va muntazam malakalarini oshirishga e’tibor qaratish; 

-  ish jarayonida e’tiborlilik, tashkilotchilik, javobgarlik hissi, anlitik aql, 

emotsional barqarorlik, obrazli eslash qobiliyati, yaxshi nutq, mantiqiy tafakkur, 

eruditsiya (keng ma’lumotga ega bo’lish), chidamlilik kabi kasbiy sifatlarga ega 

bo’lish; 

-  kasbdagi umumiy axloqiy me’yorlar, ya’ni shaxsga hurmat bilan qarash, 

inson huquqlarini himoya qilish, tarbiyalanuvchilarga nisbatan samimiy bo’lish, 


 

64 


psixologik uslublarni qo’llashda va suhbat jarayonida ehtiyotkor, faoliyat 

jarayonida esa qat’iyatli bo’lish va maqsadga erishish kabi tamoyillarga asoslanib 

ish ko’rish [25]. 

O’smirlik  yoshi tarbiyalanuvchilarida: axloqlilik,  halollik, rostgo’ylik, 

bilimlilik,  mehnatsevarlik,  xushmuomalalilik,  sabr-qanoatlilik,  sadoqatlilik, 

kamtarlik, adolatparvarlik, mehribonlik, burchga sodiqlik, vatanparvarlik, va’daga 

vafo qilish, rahm-shafqatlilik, mehmondo’stlik, jamoaviylik, kattalarni hurmat 

qilish, kichiklarni izzat qilish, aqllilik, hayo, g’urur, andisha, intizomlilik, 

tartiblilik,  mas’uliyatlilik,  intiluvchanlik,  qat’iyatlilik,  irodali  bo’lish, 

ko’ngilchanlik, jur’atlilik, botirlik, bosiqlik, hissiyotga berilmaslik, o’zini tutish, 

o’zini baholash, o’zini tarbiyalash. 

 O’smirinlik yoshi tarbiyalanuvchilarida: axloqlilik,  halollik,  e’tiqodlilik, 

nafsga berilmaslik, rostgo’ylik, bilimlilik, mehnatsevarlik, xushmuomalalilik, sabr-

qanoatlilik, vafodorlik, sadoqatlilik, insonparvarlik, oliyjanoblilik, muruvvatlilik, 

kamtarlik, adolatparvarlik, mehribonlik, burchga sodiqlik, vatanparvarlik, va’daga 

vafo qilish,  bag’rikenglik, oilaparvarlik,  rahm-shafqatlilik,  mehmondo’stlik, 

atrofdagilarga g’amxo’rlik qilish, jamoaviylik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni 

izzat qilish, zukkolik, hayo, g’urur, andishalilik, axloqiy poklik, intizomlilik, 

tartiblilik,  mas’uliyatlilik,  irodali  bo’lish,  intiluvchanlik,  qat’iyatlilik, 

ko’ngilchanlik, jur’atlilik, mardlik, botirlik, keng fe’llik, bosiqlik, hissiyotga 

berilmaslik, o’zini tutish, o’zini baholash, o’zini tahlil qilish, o’zini nazorat qilish, 

o’zini boshqarish, o’zini tarbiyalash. 

Yuqorida keltirilgan ijobiy xislat va salbiy illatlarga tayangan holda aytish 

mumkinki, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida ma’naviy-axloqiy 

sifatllarni tarbiyalashda ularga nafaqat o’zga shaxslar, shu bilan birga kishilar 

jamoasi (jamiyat) uchun foydali bo’lgan xatti-harakatlarni sodir etish, aksincha, 

zarar yetkazuvchi ishni qilmaslik, faoliyatni tashkil etmaslik zarurligini 

tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Jamiyat tomonidan muayyan axloqiy me’yor, 

mezonlar tan olinar ekan, uning negizida shaxs, jamoa manfaatlarini himoya qilish, 

sha’ni, qadr-qimmatini yerga urmaslik, obro’sini to’kmaslik, haq-huquqlarini 



 

65 


poymol qilmaslik talabi yotadi. Shu bois tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy 

ongining tarkib topishi, rivojlanib borishi natijasida ular jamiyatda ustuvor bo’lgan 

axloq mezonlaridan xabardor bo’lib boradilar, har bir xatti-harakatida ularga amal 

qilishni o’rganadilar. Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijtimoiy axloqiy mezon, 

me’yorlarning o’zlashtirilishi murakkab jarayon bo’lib, u: 

1)  axloqiy mezonlar asosida shakllangan tartib-qoidalardan xabardor bo’lish; 

2)  ularning mohiyatini anglash; 

3)  ma’naviy-axloqiy qoidalarga rioya qilish; 

4)  o’z xatti-harakatlarini ijtimoiy axloqiy tartib-qoidalar asosida tahlil qilish; 

5)  ma’naviy-axloqiy qoidalarga rioya etishda yo’l qo’yilgan xatolarni anglash 

va ularni tuzatish tarzida amalga oshadi. 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida tarbiyalanuvchilar ishtirokida “O’zbek 

xalq maqollarida ijtimoiy munosabatlar mazmunining aks etishi” mavzusida kichik 

tadqiqot amalga oshirildi.  

Shunday qilib, tadqiqot jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini ishlab 

chiqish tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash imkonini berdi. 

Ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar  sirasida  treninglar,  bahs-munozaralar,  kichik 

tadqiqotlar, shuningdek, bellashuvlarning o’rin olganligi tarbiyalanuvchilarning 

ijtimoiy hayotga tayyorlikni ifodalaydigan amaliy ko’nikma va malakalarga ega 

bo’lishlarini ta’minladi. 

 

2.3. Tarbiyalanuvchi o’smirilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish 

omillari 

  

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashda 

ularning ma’naviy-axloqiy xislatlarga ega bo’lishlariga alohida e’tibor qaratish 

maqsadga muvofiqdir. Zero, tarbiyalanuvchilar ham teng huquqli a’zo sifatida 

jamiyat tomonidan tan olingan axloq mezonlariga rioya etishlari lozim. Xo’sh, 

axloq mezonlari o’zi nima? Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda 

Mehribonlik  uylarining  tarbiyalarida  qanday  ma’naviy-axloqiy  xislatlarni 


 

66 


shakllantirish taqozo etiladi? Ana shu maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan 

pedagogik faoliyat mohiyatida nimalar aks etishi kerak? Quyida shu kabi savollar 

yuzasidan so’z yuritiladi.  

Insoniyatning fikrlay boshlashi, yaxshi-yomonni ajrata olishi muayyan 

jamiyatda kishili munosabatlarini tartibga soladigan axloq mezonlari, qoidalarning 

ishlab chiqilishiga zamin yaratdi. “Axloq (lotin. “moralis” – qoidaga, xulq-atvorga, 

urf-odatga taalluqli, axloqli) kishilar orasidagi munosabatlarni tartibga solishning 

o’ziga xos usuli, u yoki bu jamiyatda qabul qilingan va rioya qilinishi lozim 

bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat hamda muloqotning qonun-qoidalari, 

mezonlar” [26, 32]; “ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, muayyan jamiyatda 

yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum xatti-harakat qoidalari 

yig’indisidir”. Manbalarda, shuningdek, axloq yig’indisi har bir inson tan oladigan 

etik qadriyat; inson mavjudligining o’z-o’zini tarbiyalash, tartibga solish va 

boshqarishning o’ziga xos usuli [27] sifatida ham ta’riflanadi.  

“Axloq kishilar xulq-atvorlari, muloqotlari, munosabatlarining yozilmagan, 

lekin jamiyat tomonidan qabul qilingan hamda qo’llab-quvvatlanadigan “oltin 

qoidalar”ni ifodalab, odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, 

oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlari va shu kabilarga 

munosabatni muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon 

bo’ladi” [11, 24].  

Mazkur masala yuzasidan ma’lumot beruvchi manbalarda bildirilgan 

fikrlarni quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin: 

1)  axloq ijtimoiy shaxslararo munosabatlarni tartibga soladi; 

2)  shaxslararo munosabatlar mazmunini belgilashga xizmat qiladi; 

3)  ma’naviy-axloqiy me’yor (mezon)lar xuddi qonun, huquqiy me’yorlar kabi 

yozma ravishda tartibga solinmaydi; 

4)  axloq jamoatchilik fikri bilan boshqariladi; 

5)  shaxsning ma’naviy-axloqiy mezonlarga rioya qilishi uning milliy-ma’naviy 

qadriyatlarga munosabatini, jamiyatdagi o’rni va rolini, shuningdek, 

dunyoqarashini belgilaydi; 



 

67 


6)  axloq shaxsga xos xislatlarning muhim tomonini ifodalaydi; 

7)  shaxsning umumjamiyat tomonidan tan olingan qadriyatlarini, ya’ni 

boshqalar sub’ektlarning haq-huquqlarini tan olish, ular bilan kelishish, 

jamoada o’zini tuta bilish kabilarni o’zida aks ettiradi. 

Jamiyatda har bir shaxsning axloqqa bo’lgan munosabati ularning axloqiy 

ongga egaliklari bilan belgilanadi. Axloqiy ong o’z navbatida axloqiy xatti-

harakatlar va munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. Axloqiy his-tuyg’u, iroda, aql-

zakovat, intuitsiya, xayol va xotira kabilar axloqiy ong tarkibini tashkil qiladi.  

Tarixiy va nazariy tahlil insoniyat tomonidan asrlar davomida shaxslararo 

munosabatlarda ularning muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy-

axloqiy xislatlarni belgilab olishga nisbatan jiddiy yondashilgan. O’zbek xalqining 

tarixiy taraqqiyoti jarayonida ham bu yo’ldagi amaliy harakatlar tashkil etilgan 

hamda nazariy g’oyalar shakllantirilgan.  

Kishilik taraqqiyotining turli davrlarida axloqiy mezonlarning belgilanishi 

turlicha kechgan. Garchi turli ijtimoiy tuzumlar davrida axloqiy mezonlarning 

belgilanishiga nisbatan yondashuvlarda qisman o’ziga xoslik mavjud bo’lgan 

bo’lsa-da, biroq axloqiy xatti-harakatlarning in’ikosi sifatida ayrim mezonlar 

barcha davrlar uchun birdek ahamiyat kasb etgan. Jumladan, tabiiy borliqqa 

nisbatan oqilona yondashish, tabiatni asrab-avaylash, kishilarga yaxshilik qilish, 

ularga yomonlik qilishdan saqlanish, zimmadagi burch va majburiyatni sidqidildan 

ado etish, mas’uliyatni his qilish, shaxsiy manfaatlarni umumjamoa manfaatlaridan 

ustun qo’yish, Vatanni himoya qilish, o’zi mansub qabila, millat yoki elatning 

baxt-saodati uchun kurashish kabilar shular jumlasidandir. 

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avseto”da shaxsga xos barcha 

axloqiy xislatlar negizini ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal tashkil qiladi. Islom 

dini g’oyalariga ko’ra esa halollik, savob, iymon, nafsga berilmaslik, rostgo’ylik va 

bilimlilik barcha axloqiy xislatlarning asosi sifatida e’tirof etilgan. Aksincha, 

harom, gunoh, iymonsizlik, havoyi nafga berilish, yolg’onchilik va bilimsizlik 

barcha yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi omil deya baholangan. Islom dining 

muqaddas kitobi – “Qur’oni karim” hamda payg’ambar Muhammad a.s.v.ning 



 

68 


sunnatlari bo’lgan hadislarda axloqiylikning muhim belgilari sifatida ifodalangan 

xislatlar ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida ham izchil o’rganilgan.  

Axloq mezoni o’rganish, uning tarkibiy tuzilmasini tahlil etish masalasi 

G’arbda bo’lgani kabi SHarqda ham mutafakkirlarning e’tiborini o’ziga tortib 

kelgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, 

Unsurul-Moaliy Kaykovus,  Ahmad Yugnakiy,  Alisher Navoiy, Jaloliddin 

Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy hamda Abdulla 

Avloniylarning asarlarida ham shaxs qiyofasida aks etuvchi axloqiy xislatlar 

tartiblangan. Jumladan, Sharq mutafakkirlari (Abu Rayhon Beruniy [30], Abu Ali 

ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy [21-22]lar)ning asarlarida ma’naviy-

axloqiy xislatlar sifatida quyidagilar keltiriladi 1-jadval):  

1-jadval 



SHarq mutafakkirlarining asarlarida keltirilgan  

ijobiy ma’naviy-axloqiy sifatlar 

 

Abu Rayhon 

Beruniy 

Abu Ali ibn Sino 

Alisher Navoiy 

Abdulla Avloniy 

Axloqiylik 

To’g’rilik  

Odillik 

O’zini vazmin 

tutish 

Insof 


Kamtarlik 

Lutf 


Sobitqadamlik 

Ehtiyotkorlik 

Saxiylik 

Saxovatlilik 

Muruvvatlilik 

Halollik 

Bilimlilik Aqllilik 

Donolik 


Axloqlilik 

Jasurlik 

Mardlik 

Adolatparvarlik 

Qanoatlilik 

CHidamlilik 

Ehtiyotkorlik 

Ziyraklik 

Saxiylik 

Sadoqatlilik 

Uyatchanlik 

Sofdillik 

Aqllilik 

Farosatlilik 

Axloqiy poklik 

Sabrlilik 

Qanoatlilik 

Saxiylik 

Himmatlilik 

Muruvvatlilik 

To’g’rilik 

Rostgo’ylik 

Tavoze’lik 

Odoblilik 

Mehnatevarlik 

Vijdonlilik 

Aqllilik  

Diyonatlilik 

Sarishtalik 

G’ayratlilik 

Iymonlilik 

SHijatlilik 

Qanoatlilik 

Bilimlilik 

Sabrlilik 

Yumshoqlik 

Intizomlilik 

Vijdonlilik 

Vatanparvarlik 

Haqgo’ylik 



 

69 


Haqgo’ylik 

Mehnatsevarlik 

Ozodalik 

Tartiblilik 

Hayoli bo’lish 

Didli bo’lish 

Latofatlilik  

SHirinsuxanlik 

Adolatlilik 

Tadbirkorlik  

Olijanoblilik 

Bilimlilik 

Do’stlik 

Hamkorlik  

Rahm-shafqatlilik 

Bosiqlik 

Do’stlik 

Hamkorlik 

Xushxulqlilik 

Bilimlilik 

Mehribonlik 

Oilaparvarlik 

Mehnatsevarlik 

Barkamollik 

Zukkolik 

Qobiliyatlilik 

Insoflilik 

Saxovatlilik 

Kamtarlik 

Hayolilik 

Muruvvatlilik 

Ko’ngli ochiqlik 

Vafodorlik 

Hilmlik 


(yumshoqlik)  

Insoniylik 

Nafsga 

berilmaslik 



Adolatparvarlik 

Ijodkorlik 

Oqillik 

Iffatlilik 

Hayolilik 

Zukkolik 

Tejamkorlik 

G’ururlilik 

Oqibatlilik 

Itoatgo’ylik 

Xayrixohlik 

Munislik 

Sadoqatlilik 

Adolatparvarlik 

Muhabbatlilik 

Olijanoblilik 

Kechirimlilik 

 

Qadimgi yozma manbalar va mutafakkirlarning axloqiy qarashlariga 



tayangan holda ma’naviy-axloqiy sifatlar va ularga zid bo’lgan illatlarning tartibini 

shakllantirish mumkin (2-jadval):  

2-jadval 

Sharq mutafakkirlarining asarlarida keltirilgan ijobiy va  

salbiy ma’naviy-axloqiy sifatlarning o’zaro qiyoslanishi 

Ma’naviy-axloqiy xislatlar 

Axloqsizlikni ifodalovchi illatlar 

Axloqlilik 

Halollik 

E’tiqodlilik 

Me’da to’qligi 

Rostgo’ylik 

Bilimlilik 

Mehnatsevarlik 

Kattalarni hurmat 

qilish 


Kichiklarni izzat 

qilish 


Zukkolik 

Hayo 


Andisha 

Axloqsizlik 

Harom luqma 

yeyish 


E’tiqodsizlik 

Badnafslik berilish 

Yolg’onchilik 

Bilimsizlik 

Kichiklarni izzat 

qilmaslik 

Baxillik 

Johillik 

Zinokorlik 

Ta’magirlik 

Andishasizlik 


 

70 


Xushmuomalalilik 

Sabr-qanoatlilik 

Vafodorlik 

Sadoqatlilik 

Oliyjanoblilik 

Muruvvatlilik 

Kamtarlik 

Adolatparvarlik 

Insonparvarlik 

Mehribonlik 

Burchga sodiqlik 

Vatanparvarlik 

Va’daga vafo qilish 

Bag’rikenglik 

Rahm-shafqatlilik 

Mehmondo’stlik 

Bolajonlik 

Etim (beva)larga 

g’amxo’rlik 

Oilaparvarlik 

Jamoaviylik 

 

  



G’urur 

Axloqiy poklik 

Intizomlilik 

Tartiblilik 

Mas’uliyatlilik 

Intiluvchanlik 

Qat’iyatlilik 

Irodali bo’lish 

Ko’ngilchanlik 

Jur’atlilik 

Mardlik 

Botirlik 

Keng fe’llik 

Bosiqlik 

Hissiyotga 

berilmaslik 

O’zini tutish 

O’zini baholash 

O’zini tahlil qilish 

O’zini nazorat 

qilish 

O’zini boshqarish 



O’zini tarbiyalash 

 

Qo’rslik 



Sabrsizlik 

(qanostsizlik) 

Vafosizlik 

Hiyonat 


Manmanlik 

Xudbinlik 

Hasadgo’ylik 

G’iybatchilik 

Ochko’zlik 

Xasislik 

Nafsga berilish 

Adolatsizlik 

Qahri qattiqlik 

Vahshiylik 

Va’daga vafosizlik 

Atrofdagilarni 

yoqtirmaslik 

SHafqatsizlik 

Bolalarni 

yoqtirmaslik 

Nodonlik 

Etim (beva)larni 

kamsitish 

Hayosizlik 

Kattalarga 

hurmatsizlik 

Intizomsizlik 

Tartibsizlik 

Mas’uliyatsizlik 

Dangasalik, 

yalqovlik 

Qat’iyasizlik 

Irodasizlik 

Diydasi qattiqlik 

Jur’atsizlik 

Qo’rqoqlik 

Fe’li torlik 

Engiltaklik 

Jizzakilik 

Qaysarlik 

O’zini tuta 

olmaslik 

O’zini baholay 

olmaslik 

O’zini tahlil qila 

olmaslik 

O’zini nazorat qila 

olmaslik 

O’zini boshqara 

bilmaslik 

O’zini tarbiyalay 

olmaslik 

 


 

71 


Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni 

shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni tashkil etishdan avval ular haqida 

aniq tasavvurga ega bo’lish talab etiladi.  

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida ma’naviy-axloqiy xislatlarni 

shakllantirishda yuqoridagi jadvalda keltirilgan ijobiy xislatlarni tarbiyalash, 

aksincha, salbiy illatlarga ega bo’lishlarining oldini olish muhim ahamiyatga ega. 

 

Tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarning 

shakllanganlik darajasi (ta’kidlovchi tajriba)  

 

Daraja ko’rsatkichlari 

Yuqori 

O’rta 

Past 

Guruhlar 

Nafar 

Foiz  Nafar  Foiz 

Nafar  Foiz 

Tajriba 


1

= 25 nafar 



17,6 


33,9 


13 

48,5 


Nazorat  

2



= 29 nafar 

14,9 



31,3 


19 

53,8 


 

Jadvalning ko’rsatkichlari dastlabki o’rganish o’smirlarida ma’naviy-axloqiy 

sifatlarni shakllanish darajasi bugungi kun talablariga muvofiq yuqori emasligi 

ko’rsatdi. Bu esa shakllantiruvchi tajriba bosqichida yuqori samaradorlikka 

erishish imkonini beradigan maxsus metodikani ishlab chiqish va uni sinovdan 

o’tkazish maqsadga muvofiqligi taqozo etadi. Tadqiqotni olib borish davrida 

Mehribonlik uylari o’smirlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishdning 

barcha jihatlarini inobatga olgan holda maxsus metodika ishlab chiqildi. Mazkur 

metodikani muassasalar amaliyotiga tadbiq etish va uning samaradorligi xususida 

ishning keyingi boblarida so’z yuritiladi. 

 

 

 


 

72 


Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar 

 

1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga tizimli yondashuv ko’tilgan 

natijalarni qo’lga kiritish imkonini berdi.  

2. Tadbirlarning muayyan texnologik loyihalarga asoslanganligi ular 

samaradorligini oshirish bilan birga, tarbiyalanuvchilarning qiziqish va faolliklarini 

ta’minladi. 

3. Tadqiqot jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini ishlab chiqish 

tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash imkoniyatini yaratdi. 

4. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sirasida treninglar, bahs-munozaralar, kichik 

tadqiqotlar, shuningdek, bellashuvlarning o’rin olganligi tarbiyalanuvchilarning 

ijtimoiy hayotga tayyorlikni ifodalaydigan amaliy ko’nikma va malakalarga ega 

bo’lishlarini ta’minladi. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

73 


III BOB. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy-axloqiy 

sifatlarini shakllantirishga oid tajriba–sinov ishlarining umumiy mohiyati 

 

3.1. Tajriba-sinov ishlari metodikasining mazmuni va mexanizmi 

 

Mehribonlik  uylari  tarbiyalanuvchi o’smirlarini  ma’naviy-  axloqiy 

sifatlarini shakllantirishning ustuvor tamoyillari va nazariy g’oyalarini amaliyotga 

tatbiq etish hamda mazkur faoliyat natijasini o’rganish maqsadida sinov ishlari 

tashkil etildi. Tajriba maydonlari sifatida Farg’ona vodiysi viloyatlari Andijon va 

Namangan viloyatlarida joylashgan Mehribonlik uylari tanlandi. Tajriba maydoni 

bo’lgan Mehribonlik uylaridan sinov ishlariga jalb etilgan respondent-

tarbiyalanuvchilarning soni jami 61 nafarni tashkil etdi (3.1-jadval): 

3. 1-jadval 


Download 455 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling