O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 310.05 Kb.
bet11/33
Sana07.01.2023
Hajmi310.05 Kb.
#1081329
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
pdffox.com boshlangich-sinf-oquvchilarni-bayon-yozishga-orgat

O’smirlarda xotiraning o’sishi. O’smirlik yoshida xotira xususiyatlari sezilarli darajada o’zgaradi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ko’proq mexanik xotira, o’smirlik yoshidagi o’quvchilarda esa mantiqiy xotira asosiy o’rin tutadi. Materiallarni umumiylashtirish va sistemaga solish, narsa va hodisalarning mohiyatini bilish natijasida, o’smir mantiqiy esda olib qolish va mantiqiy esga tushirishning afzalligini tushunib oladi. She`r, teorema va hokazolarni yodlab olmoq uchun ba`zida mexanik xotira ham kerak, albatta. Lekin bu mexanik esda olib qolish mantiqiy bog’lanishlar bilan birga bo’ladi. Masalan, o’quvchi tarixiy detallarni eslab qolmoqchi bo’lganda, bu detallarning ma`nosini tushunib, ularni ma`lum voqelik bilan bog’laydi. Geografik nomlarni eslab qolmoqchi bo’lganida, o’quvchi shu mamlakatni va u yerda yashaydigan xalqni birgalikda tasavvur qiladi. Maktab materialni taqqoslagan va sistemalashtirgan holda tushunib logik esda olib qolishga o’rgatadi.
O’quvchilar uchun tekst, she`r, teorema va boshqalarni ancha muvaffaqiyatli esda qoldirish usullarini topish nihoyatda muhimdir. O’quvchi faqat ana shunday usullarni o’zlashtirib olgandan keyingina, programma talab qilgan barcha narsani tez, muvaffaqiyatli esda qoldira oladi. Agar o’quvchilarning birortasida hali ham mexanik xotira ustunligi saqlanib qolgan bo’lsa, bu maktabning aybi bo’ladi. Bu pedagoglarning o’quvchilarni doimiy ravishda materiallarni bir-biri bilan taqqoslashga, predmetlarni o’zaro bog’lashga o’rgatmaganligining natijasidir.
Shuni ta`kidlash kerakki, matematikaga doir materiallarni o’zlashtirishda ham, boshqa fanlarni o’rganishda ham fan asoslarini bir-biri bilan bog’lash muhim ahamiyatga egadir.
Mnemik xotira - esda qoldirishni yengillatish maqsadida sun`iy ravishda qo’llanadigan usullar yig’indisi.

II bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida nazorat ishi o’tkazishning samarali shakl va metodlari


    1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bayon yozishga o’rgatish yo’llari.




      1. Download 310.05 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling