MALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH
Amaliy mashg’ulot mavzusi:
Qishloq xo`jalik korxonasini o`rganish
Qishloq xo`jalik korxonasini o`rganish rejasini quyidagicha
tuzish maqsadga muvofiqdir:
Topshiriqlar va yo’riqlar (instruktaj)
1. Qishloq xo`jalik korxonasining nomi, tashkil topgan davridan buyon
qanday o`zgarish bo`lgan?
2. Qishloq xo`jalik korxonasining yaqinidagi shaxarga, sanoat markazi,
transport tarmog’i, qishloq xo`jalik korxoiasiga nisbatan geografik o`rni.
3. Qishloq xo`jalik korxonasini xududining tabiiy-geografik tavsifi.
4. Axolisining soni va milliy tarkibi. Jamoa a`zolari yoki ishchilarining
yillik xisob bo`yicha soni.
5. Xo`jalik ishchilarining joylanishi qanday? Axoli uchun zaruriy
madaniy-oqartuv muassasalari (klub, biblioteka, maktab, bolalar bog’chasi, yasli
va boshqalar), ularning ish faoliyati.
6. Xo`jalikni mexanizatsiyalash, agrotexnika va sug’orish ishlari xaqida
ma`lumotlar.
7. Xo`jalikning tashkiliy tomonlari (brigada, zveno, bo`lim va boshqalar)
qanday printsip asosida bo`lingan. Oliy va o`rta maxus ma`lumotli
mutaxassislar. Ular ishlab chiqarishning qaysi tarmog’ida band.
8. Qishloq xo`jaligi uchun yaroqli erlar va ularning joylanishi.
9. Don ekiladigan, texnika ekinlari, sabzavot va bog’ xamda tokzorlarga band
erlar. Ularning xosildorligi va xosildorlikni oshirish choralari. Sug’orish,
o`g’itlash va texnikadan foydalanish. Xo`jalikning qayta ishlash korxonalari
bilan iqtisodiy aloqasi.
10. Chorvachilikning xolati. CHorva mollarining turi bo`yicha soni va ularni
ko`paytirish choralari. CHorvaning ozuqa bazasi. Parrandachilik. CHorva va
parrandalarni joylashtirishda qanday tabiiy va iqtisodiy sharoit xisobga olingan.
CHorvachilikdan olinadigan daromad. Xo`jalikning boshqa tarmoqlari
(asalarichilik, ipakchilik,baliq xo`jaligi va boshqalar)
qanday tashkil etilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |