O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti ta`lim muassasalarining boshqaruvi i-kurs magistranti abdusodiqova Shahlo G’ayratovnaning menejment nazariyasi fanidan


Boshqaruv ilmining kelib chiqishi. Boshqaruv ilmining o'ziga xos xususiyatlari


Download 109.79 Kb.
bet5/19
Sana25.01.2023
Hajmi109.79 Kb.
#1120311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
kurs ishim yangi

1.2. Boshqaruv ilmining kelib chiqishi. Boshqaruv ilmining o'ziga xos xususiyatlari
Boshqaruvning har qanday nazariy xulosalari ko’p yillik tajribalar natijasida shakllanadi, undan so’ng hayotga tatbiq etiladi. Bu, ayniqsa, pedagogikada muhimdir. Ta’lim muassasasi rahbari tomonidan chiqarilgan noto’g’ri qaror nafaqat jamoa o’rtasidagi muhitni buzadi, balki eng asosiy maqsad, biz uchun hayotmamot masalasi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada davlat hamda jamiyat taraqqiyotiga to’g’anoq bo’ladi. SHu bois ta’lim muassasasi rahbarining o’rni, uning asosiy vazifalari, mas’uliyati haqida doimo qayg’urib mehnat qilgan, ilmiy izlanishlar olib borgan, hayotiy xulosalarga kelgan fidoiy pedagoglar tajribalarini o’rganish ham bugungi maktab direktorlari uchun foydadan xoli emas. Ilmiy usulning boshqaruv muammolariga muntazam ravishda qo'llanilishi ilmiy boshqaruvning asosi bo'lgan. Ammo boshqaruv tafakkuri maktabi yaqinda kelib chiqqan. Boshqaruv ilmi Ikkinchi jahon urushi davrida Angliyada olimlar guruhi fuqarolar mudofaasi va o't ochish pozitsiyalari inshootlarini optimal joylashtirish, kemaga qarshi bombalami portlatish chuqurligini va transport karvonlarining konvoyini optimizatsiyalash kabi murakkab harbiy masalalami yechish topshirig'ini olganda paydo bo'lgan. 50— 60-yШaгda uslubiyot yangilanib, bir qator o'ziga xos usullaiga aylanib sanoatda muammolarni echishda va har xil vaziyatlarda qaror qabul qilishda kengroq ishlatila boshladi. Bugungi kunda boshqamv ilmining model va usullari quyidagi masalalami hal qilishda ishlatiladi: shaharlarda transport oqimlarini boshqarish va aeroportlarda harakat jadvalini optimizatsiyalashda, universitetlarda sinf va auditoriyalar ish jadvallarini tuzishda, supermarket va univermaglarda g'amlangan mollami boshqarishda, mahsulotlaming yangi turlarini ishlab chiqarishda, turli xil mahsulotlaming reklamasiga xarajatlami taqsimlashda, moddiy ta’minlashni rejalashtirishda, zavodda turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar va mehnat resurslarini taqsimlashda, mavsumga beysbol bo'yicha oliy liganing o'yin jadvalini tuzishda va h.k. Boshqamv ilmining markaziy joyi tashkilot rahbarlarini tashkilotni bir butun holdagi narsa sifatida uning manfaatlari uchun tashkilot tarkibiy qismlarming o'zaro munosabatlari bilan bog'liq muammolarni
hal qilishda ilmiy asos bilan ta’minlashdan iborat. Bu hamma tashkilotlar
uchun muhimdir, lekin bu tamoyilni yirik tashkilotlarda qoMlash ixtisoslashtirishning yuqori darajasi tufayli qiyin bo'lishi mumkin. Cherchmen, Akoff va Arnofflarning tasdiqlashicha: «Tashkilotda har bir funksional birlik (bo'Iinma, bo'lim yoki sektor) umumiy ishning bir qismini bajarishga majbur. Shu har bir qism tashkilotning umumiy
maqsadlariga erishish uchun zarurdir. Biroq, mehnatning bunday taqsimlanishining natijasi har bir funksional bo'Iinma o'ziga tegishli bo'lgan maqsadlarini ishlab chiqishidan iborat. Masalan, ishlab chiqarish bo'limi, odatda, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish va ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish bilan
shug'ullanadi. Marketing bo'limi sotish hajmining birligi chiqimlarini
minimumga keltirish va u hajmni maksimumga chiqarishga harakat
qiladi. Moliya bo'limi tashkilotning sarmoya yo'naltirish siyosatini
optimizatsiya qilishga urinadi. Kadrlar bo'limi yaxshi ishchilami minimal
chiqimlarda yollash va ulami tashkilotda ushlab qolishga bor kuchini
sarflaydi. Bu maqsadlar har doim ham mohiyati bo'yicha bir-biri bilan
kelishmasdan ko'pincha bir-biriga zid bo'ladi». Qaror qabul qilishni modellash va munosib usullar bo'yicha idora xizmatlari mutaxassislari maqsadlar farq qilishi munosabati bilan mumkin bo'lgan murosalami baholashga harakat qilib qarama-qarshi maqsadlarning balansini ta’minlab beradigan alternativ qarorlarni aniqlamoqdalar. Boshqaruv ilmi nuqtayi nazaridan yondashuvni tushunish sizga idora mutaxassislari bilan muomala qilishga va tashkilot muammolarinijng unumli Bugungi kunda «boshqaruv ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli tahlil», «tizimlar haqida ilm», lekin ko'proq «operatsiyalar tadqiqoti» kabi bir-birini almashtiradigan tushunchalami uchratish mumkin. Boshqamv ilmining yondashish sifatida o'ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
— ilmiy usulning qo'llanilishi;
tizimli yondashish;
— modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul boshqamv ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U uch bosqichdan iborat yechimini aniq ifoda qilib, ular bilan ishlashga yordam beradi.

Download 109.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling